Byudjet tizimi qonunchilk asoslari. Byudjet tizimi byudjetlari. Byudjet daromadlari va harajatlari Reja


бюджет маблағлари олувчилар ва бошқа жавобгар шахсларнинг имзо ва муҳрларини солиштириш


Download 161.86 Kb.
bet11/19
Sana23.02.2023
Hajmi161.86 Kb.
#1224110
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   19
Bog'liq
Byudjet tizimi qonunchilk asoslari. byudjet tizimi byudjetlari. Byudjet daromadlari va harajatlari

бюджет маблағлари олувчилар
ва бошқа жавобгар шахсларнинг
имзо ва муҳрларини
солиштириш


юридик мажбуриятнинг
рўйхатдан ўтиш рақами
мавжудлигини текшириш


бюджет маблағлари мавжудлигини назорат қилиш

Молиявий мажбуриятларни рўйхатга олишдаги назорат

бюджет таснифидан тўғри фойдаланилганлигини назорат қилиш

кредиторнинг реквизитлари аниқлигини назорат қилиш

ҳисоб-китобларнинг
тўғрилигини назорат қилиш

2.3-rasm. Moliyaviy majburiyatlarni ro’yxatga olish chog’ida G’aznachilik
tomonidan amalga oshiriladigan nazorat11

Moliyaviy majburiyatlarni ro’yxatga olish chog’ida G’aznachilik tomonidan amalga oshiriladigan nazorat quyidagilarni o’z ichiga oladi (2.3- rasm):

  • byudjet mablag’lari oluvchilar va boshqa javobgar shaxslarning imzo va muhrlarini solishtirish;

  • yuridik majburiyatning ro’yxatdan o’tish raqami mavjudligini tekshirish;

  • byudjet tasnifidan to’g’ri foydalanilganligini nazorat qilish;

  • hisob-kitoblarning to’g’riligini nazorat qilish;

  • kreditorning rekvizitlari aniqligini nazorat qilish;

  • byudjet mablag’lari mavjudligini nazorat qilish.

Etkazib beriladigan tovar (ishlar, xizmatlar) uchun xarajatlarni to’lash bo’yicha to’lovlarni, shu jumladan bo’nak to’lovlarini amalga oshirish uchun byudjetdan mablag’ oluvchilar moliya organiga belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan to’lov topshiriqnomalarini quyidagi tarzda taqdim etadilar:

  1. byudjetdan mablag’ oluvchi va etkazib beruvchiga bitta bank muassasasida xizmat ko’rsatilsa, to’rt nusxada. To’lov topshiriqnomalarining birinchi va to’rtinchi nusxalari byudjetdan mablag’ oluvchining tegishli mansabdor shaxslari tomonidan imzolanadi va byudjetdan mablag’ oluvchining muhri izi bilan tasdiqlanadi;

  2. byudjetdan mablag’ oluvchi va etkazib beruvchiga turli bank muassasalarida xizmat ko’rsatilsa, uch nusxada. To’lov topshiriqnomalarining birinchi va uchinchi nusxalari byudjetdan mablag’ oluvchining tegishli mansabdor shaxslari tomonidan imzolanadi va byudjetdan mablag’ oluvchining muhri izi bilan tasdiqlanadi.

Byudjetdan mablag’ oluvchilar o’z xarajatlarini to’lash uchun moliya organiga mablag’larni o’z bank hisobraqamlaridan o’tkazish uchun to’lov topshiriqnomalari, hisobvaraq-fakturalar yoki tovar (ishlar, xizmatlar) etkazib berilganligini va byudjetdan mablag’ oluvchining etkazib beruvchidan qarzi mavjudligini tasdiqlaydigan boshqa hujjatlar, shuningdek byudjetdan mablag’ oluvchi zimmasiga etkazib beruvchiga bo’nak to’lovini o’tkazish majburiyatini yuklaydigan hujjatlarni taqdim etadilar. Bo’nak to’lovi hisobiga mablag’larni to’lash uchun byudjetdan mablag’ oluvchi byudjetdan mablag’ oluvchi zimmasiga etkazib beruvchiga bo’nak to’lovini o’tkazish majburiyatini yuklaydigan hujjatlarga binoan to’lov topshiriqnomasini taqdim etadi.
Byudjetdan mablag’ oluvchilar tomonidan taqdim etilgan to’lov hujjatlari va ularga ilova eilingan hujjatlarni tekshirish, shuningdek to’lov topshiriqnomalarini ijro uchun xizmat ko’rsatuvchi bankka topshirishni moliya organlari, qoidaga ko’ra ular taqdim etilgan kunda amalga oshiradilar.
Byudjetdan mablag’ oluvchilar taqdim etgan hujjatlar “Vaqtinchalik nizom” talablariga muvofiq kelsa, moliya organi to’lov topshiriqnomasi birinchi va to’rtinchi (yoki uchinchi) nusxalarining orqa tomoniga “Tekshirildi” yozuvini qo’yish yo’li bilan to’lov topshiriqnomalariga tegishli belgilarni qayd etadi, ularni moliya organining mansabdor shaxsi o’z imzosi va moliya organi muhri bilan tasdiqlaydi.
64
Byudjetdan mablag’ oluvchilar taqdim etgan to’lov va boshqa hujjatlar Nizom talablariga muvofiq kelmasa, moliya organi ularni byudjetdan mablag’ oluvchiga qaytarib, to’lov topshiriqnomalarining orqa tomoniga ularga belgi qo’ymasdan, muvofiq emaslik sabablarini ko’rsatadi.
Moliya organi belgilar qayd etilgan to’lov topshiriqnomalari asosida ikki nusxada Byudjetdan mablag’ oluvchilar to’lov topshiriqnomalarining reestrini tuzib, unda mazkur bitiruv malakaviy ishning 1-ilovasida ko’rsatilgan shaklda byudjetdan mablag’ oluvchilarning nomlari, ular bankhisobraqamlarining raqamlari, shuningdek to’lanadigan to’lov topshiriqnomalari raqamlari, sana va summalarini ko’rsatadi.
Bunda Reestrlarni moliya organi byudjetdan mablag’ oluvchilarga xizmat ko’rsatadigan har bir bank bo’yicha alohida tuzadi.
Byudjetdan mablag’ oluvchilar to’lov topshiriqnomalarining barcha nusxalari va Byudjetdan mablag’ oluvchilar to’lov topshiriqnomalari reestrining ikki nusxasini moliya organi byudjetdan mablag’ oluvchilarga xizmat ko’rsatadigan tegishli bankka topshiradi.
Xizmat ko’rsatuvchi bank tomonidan to’lov topshiriqnomalari Reestrlar ma’lumotlari bilan solishtirilganidan va moliya organining byudjetdan mablag’ oluvchilarning to’lov topshiriqnomalarida belgisi mavjudligini tekshirganidan so’ng, Reestrning birinchi nusxasi tegishli to’lov topshiriqnomalari bilan birga bankda qoladi, Reestrning bank shtampi va bank mas’ul xodimining imzosi qo’yilgan ikkinchi nusxasi esa moliya organiga qaytariladi.
To’lov topshiriqnomasi ijrosidan keyin xizmat ko’rsatuvchi bank to’lov topshiriqnomalarining hamma nusxalariga va Reestrning tegishli satrlarida ijro etilgan to’lov topshiriqnomalari qarshisiga to’lov to’g’risida shtamp qo’yadi.
To’lovdan so’ng:
a) xizmat ko’rsatuvchi bankka to’lov topshiriqnomalarining to’rt nusxasi taqdim etilgan taqdirda:
-birinchi nusxasi Reestr bilan birga bankning kun hujjatlariga tikiladi;
65
-ikkinchi nusxasi etkazib beruvchining shaxsiy hisobvarag’idan ko’chirmaga ilova qilinadi;
-uchinchi nusxasi byudjetdan mablag’ oluvchining shaxsiy hisobvarag’idan ko’chirmaga ilova eilinadi va ke-yin byudjetdan mablag’ oluvchiga topshirish uchun moliya organiga topshiriladi;
-to’rtinchi nusxasi moliya organiga topshiriladi.
Byudjetdan mablag’ oluvchining bank hisobraqamidan bank ko’chirmasi, shuningdek to’lov topshiriqnomasining uchinchi va to’rtinchi nusxalari olinganidan keyin moliya organi byudjetdan mablag’ oluvchiga unga to’lov topshiriqnomasining uchinchi nusxasini ilova qilgan holda bank ko’chirmasini topshiradi. Bank ko’chirmasi nusxasi va to’lov topshiriqnomasining to’rtinchi nusxasi moliya organida qoladi;
b) xizmat ko’rsatuvchi bankka to’lov topshiriqnomasining uch nusxasi taqdim etilgan taqdirda:
birinchi nusxasi Reestr bilan birga bankning kun hujjatlariga tikiladi;
ikkinchi nusxasi byudjetdan mablag’ oluvchining shaxsiy hisobraqamidan ko’chirmaga ilova qilinadi va keyin byudjetdan mablag’ oluvchiga topshirish uchun moliya organiga topshiriladi;
topshiriqnomaning uchinchi nusxasi moliya organiga topshiriladi.
Byudjetdan mablag’ oluvchining bank hisobraqamidan bank ko’chirmasi, shuningdek to’lov topshiriqnomasining ikkinchi va uchinchi nusxalari olinganidan ke-yin moliya organi byudjetdan mablag’ oluvchiga unga to’lov topshiriqnomasining ikkinchi nusxasini ilova qilgan holda bank ko’chirmasini topshiradi. Bank ko’chirmasi nusxasi va to’lov topshiriqnomasining uchinchi nusxasi moliya organida qoladi.
Xulosa qilib aytganda, g’aznachilikni joriy etish davlat moliyasini boshqarishning mavjud tizimini yanada takomillashtirishga ko’maklashadi. G’aznachilikdan o’z vaqtida va muhim axborot olinishi tufayli Moliya Vazirligi tomonidan moliya tizimi hamda iqtisodiyotdagi qisqa muddatli kundalik holatlarni tezkor aniqlashga yordam bergan holda, byudjetning ta’sirchan rolini
66
kuchaytiradi. Bunday tizimda byudjet bozorga doir ma’lumotlarga va yuzaga keladigan muammolarga monand ravishda munosabatda bo’lish, nomaqbul holatlarning oldini olish imkoniyatiga ega bo’ladi. Bundan tashqari, davlat byudjetini samarali nazorat qilish va uning taqchilligini boshqarish ta’minlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi davlat budjetining daromadlari tizimi o‘z ichiga qo‘yidagi daromad turlarini qamrab oladi:

  • soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar;

  • davlat aktivlarini joylashtirish, foydalanishga berish va sotishdan olingan daromadlar;

  • meros, hadya huquqi bo‘yicha davlat mulkiga o‘tgan pul mablag‘lari;

  • yuridik va jismoniy shaxslardan, shuningdek chet davlatlardan tushadigan qaytarilmaydigan pul tushumlari;

  • rezident-yuridik shaxslarga berilgan budjet ssudalarini va chet davlatlarga ajratilgan kreditlarni to‘lash hisobidan to‘lovlar;

  • qonun hujjatlariga muvofiq boshqa daromadlar hisobidan shakllantiriladi.


Download 161.86 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling