Byudjet tizimi qonunchilk asoslari. Byudjet tizimi byudjetlari. Byudjet daromadlari va harajatlari Reja
Download 161.86 Kb.
|
Byudjet tizimi qonunchilk asoslari. byudjet tizimi byudjetlari. Byudjet daromadlari va harajatlari
Dastlabki byudjet nazorati turli darajadagi byudjetlar loyhalarini tuzish, ko’rib chiqish, tasdiqlash; daromad va xarajatlar smetasini tuzish va tasdiqlash, byudjet amaliyotiga taalluqli qonun loyihalarini ishlab chiqish va qabul qilish jarayonida amalga oshiriladigan nazorat shaklidir. U moddiy va moliyaviy resurslarni noratsional ishlatilishining oldini olishga xizmat qiladi. Nazoratning bu shakli xo’jalik operatsiyalarining byudjet yilining boshlanishidan oldinroq qonunlar va me’yoriy xujjatlar talablari buzilishining oldini oladi. Masalan, moliya organlari har byudjet yilining birinchi choragida barcha byudjet tashkilotlarining xarajatlar smetalarining to’g’ri tuzilishi, tasdiqlanishi va o’z vaqtida molyalashtiruvchi organga etkazilishi ustidan dastlabki nazoratni o’tkazadilar3.
Joriy nazorat pul bitimlarini, moliyaviy operatsiyalami amalga oshirish chog’ida, byudjet ajratmalarini va ssudalarini ajratish paytida, ajratilayotgan byudjet mablag’larning rejaviy ko’rsatkichlarga muvofiqligini aniqlashda amalga oshiriladi. Nazoratning bu shakli moliyalashtiruvchi organlar tomonidan ajratilgan va sarflanayotgan mablag’laming o’zlashtirib olinishining, suiste’mol qilish holatlarining oldini oladi, moliyaviy intizomga rioya qilishni, pullik hisob- kitoblarning o’z vaqtida amalga oshirilishini ta’minlaydi. Bunda buxgalteriya hizmatlari faoliyati alohida ahamiyatga ega. Yaxshi yo’lga qo’yilgan joriy nazorat moliyaviy resurslarni iqtisod qilish imkonini beradi. So 'nggi moliyaviy nazorat hisobot davri va byudjet yili tugagandan so’ng amalga oshiriladi. So’nggi nazorat hisobot yilida mablag’laming ishlatilishi, rejaviy ko’rsatkichlarning bajarilishi, daromad va xarajatlar smetasining bajarilishi, byudjet limitlari va normativlariga rioya qilinganligi, buxgalteriya hisobi hamda moliyaviy hisobotlarni va yakuniy moliyaviy natijalarni tahlil va taftish qilish asosida o’tkaziladi. Ko’p hollarda so’nggi nazorat natijalari keyingi moliyaviy yil yoki davr uchun dastlabki nazoratga zamin yaratadi. Davlat byudjeti ijrosining g’aznachilik tizimi joriy etilishi bilan dastlabki va joriy moliyaviy nazoratni amalga oshirish Moliya vazirligi bilan bir qatorda, g’aznachilik organlariga ham yuklatiladi. Yakuniy nazorat Moliya vazirligining Nazorat-taftish bosh boshqarmasi va uning hududiy boshqarma va bo’limlari hamda boshqa vakolatli davlat organlari tomonidan amalga oshiriladi. Dastlabki va joriy moliyaviy nazoratni o’tkazish byudjet mablag’lari oluvchilari majburiyatlarini hisobga olishni taqozo etadi. Majburiyat - bu odatda yozma ravishda rasmiylashtirilgan, so’zsiz bajarilishi talab qilinuvchi va’da demakdir. Iqtisodiy mazmuniga ko’ra majburiyat fuqarolik huquqiy munosabati bo’lib, ma’lum bir shaxs (qarzdor) boshqa bir shaxs (kreditor) manfaati hisobiga ma’lum bir harakatlarni amalga oshirishi, ya’ni: mol-mulkni berish, ish bajarish, xizmat ko’rsatish, pul to’lash 42 yoki ma’lum harakatlardan voz kechish va boshqa shu kabilami amalga oshirilishini anglatadi4. Byudjetni ijro etish tizimida esa majburiyatlarni qabul qilish - bu byudjet tashkiloti tomonidan smeta xarajatlarida ko’zda tutilgan mablag’lar doirasida kelajakda moliyaviy xarajatlarni amalga oshirish harakatidir. Majburiyat me’yoriy-huquqiy xujjatlarga asosan majburiyat qabul qilish huquqiga ega bo’lgan shaxs tomonidan qabul qilinadi. Qabul qilinadigan majburiyatlar summasi tasdiqlangan byudjet mablag’lari me’yoridan oshib ketmasligi lozim. Majburiyatlarni hisobga olish tizimida quyidagi omillar asosiy o’rin egallaydi: majburiyatlarni qabul qilish asoslari; majburiyat qabul qilish huquqiga ega mas’ul shaxslar; majburiyatning turlari (yuridik va moliyaviy). Byudjet mablag’lari oluvchi byudjet tashkiloti rahbari yoki u tomonidan vakolat berilgan boshqa mas’ul shaxslar majburiyatlarni qabul qilish huquqiga ega bo’ladilar. Yuridik majburiyat byudjetdan mablag’ oluvchilar va ularga mol (tovarlar, ishlar, xizmatlar) etkazib beruvchilar o’rtasidagi shartnoma tegishli tartibda ro’yxatdan o’tkazilganidan keyin vujudga keladi. Yuridik majburiyatlarni hisobga olishning asosiy maqsadi byudjet nazoratining samaradorligini yanada oshirish, ya’ni xarajatlarning tasdiqlangan rejadan ortib ketishiga yo’l qo’ymaslik. O’zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 353-moddasiga muvofiq, “Ikki yoki bir necha shaxsning fuqarolik huquqlari va burchlarini vujudga keltirish, o’zgartirish yoki bekor qilish haqidagi kelishuvi shartnoma deyiladi”. Fuqarolar va yuridik shaxslar shartnoma tuzishda erkindirlar. Shartnoma bo’yicha taraf o’z burchlarini bajarganligi uchun haq olishi yoki unga boshqa muqobil to’lov to’lanishi lozim bo’lsa, bunday shartnoma haq evaziga tuzilgan shartnoma bo’ladi. Shartnoma bo’yicha bir taraf ikkinchi tarafga undan haq yoki boshqa muqobil to’lov olmasdan biron narsani berish majburiyatini olsa, bunday shartnoma tekinga tuzilgan shartnoma hisoblanadi. Agar qonun hujjatlaridan, shartnomaning mazmuni yoki mohiyatidan boshqacha hol anglashilmasa, shartnoma haq evaziga tuzilgan shartnoma hisoblanadi. Xo’jalik shartnomasi deb taraflardan biri shartlashilgan muddatda tadbirkorlik faoliyati sohasida tovarlarni berish, ishlarni bajarish yoki xizmatlar ko’rsatish majburiyatini oladigan, ikkinchi taraf esa tovarlarni, ishlarni, xizmatlarni qabul qilib olish va ularning haqini to’lash majburiyatini oladigan kelishuvga aytiladi11. Shartnomalarni tuzish va bajarish jarayoni bir qator qonun xujjatlari bilan tartibga solinadi. Jumladan, Fuqarolik Kodeksi va 1998 yil 29 avgustdagi № 670-I-sonli “Xo’jalik yurituvchi sub’ektlar faoliyatining shartnomaviy-huquqiy bazasi to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasi Qonuni shartnomaviy munosabatlarni tartibga soluvchi eng asosiy qonun hujjatlari bo’lib hisoblanadi. Qonunga ko’ra, tadbikorlik faoliyati sohasidagi shartnomaviy munosabatlarning asosiy printsiplari quyidagilardan iborat: xo’jalik shartnomalarini tuzish erkinligi; taraflarning o’zaro manfaatdorligi; shartnoma intizomiga rioya etish; taraflarning o ’ zaro mulkiy j avobgarligi. Xo’jalik shartnomasi, qoida tariqasida taraflardan birining oferta (shartnoma tuzish haqida taklif) yo’llashi va ikkinchi taraf uni aktseptlashi (taklifni qabul qilishi) yo’li bilan tuziladi. Agar taraflar o’rtasida shartnomaning barcha muhim shartlari bo’yicha kelishuvga erishilgan bo’lsa, xo’jalik shartnomasi tuzilgan deb hisoblanadi. 5 Xo’jalik shartnomalari ulami imzolashga tayyorlash jarayonida xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning yuridik xizmati yoki jalb etilgan advokatlar tomonidan qonun hujjatlariga muvofiqligi yuzasidan tekshirib ko’rilishi kerak. Shartnomalarni ularning imzolarisiz tuzishga yo’l qo’yilmaydi. Qonun hujjatlarida belgilangan eng kam ish haqi miqdorining ikki yuz baravaridan ortiq summadagi xo’jalik shartnomalari xo’jalik yurituvchi sub’ektlar yuridik xizmatining yoki jalb etilgan advokatlarning yozma xulosasidan keyingina tuziladi. Xulosada, qoida tariqasida quyidagilar ko’rsatiladi: xo’jalik shartnomasida ko’rsatilgan munosabatlar qaysi qonun hujjatlari bilan tartibga solinishi; xo’jalik shartnomasi shartlarining qonun hujjatlari talablariga mos kelish-kelmasligi; taraflarning javobgarligi me’yori va nizolarni hal etish tartibi qonun hujjatlari talablariga mos kelish-kelmasligi. Xo’jalik shartnomasi shartnoma shartlariga hamda qonun hujjatlarining talablariga muvofiq ravishda, bunday shartlar va talablar bo’lmagan hollarda esa ish muomalasi odatlariga muvofiq bajarilishi lozim. Tovarlarni etkazib berish muddatlari kechiktirib yuborilgan, to’liq etkazib berilmagan, ishlar bajarilmagan yoki xizmatlar ko’rsatilmagan hollarda, tovar etkazib beruvchi (pudratchi) sotib oluvchiga (buyurtmachiga) kechiktirilgan har bir kun uchun majburiyat bajarilmagan qismining 0,5 foizi miqdorida penya to’laydi, biroq bunda penyaning umumiy summasi etkazib berilmagan tovarlar, bajarilmagan ishlar yoki ko’rsatilmagan xizmatlar bahosining 50 foizdan oshib ketmasligi lozim. Penyani to’lash shartnoma majburiyatlarini buzgan tarafni tovarlarni etkazib berish muddatlarini kechiktirib yuborish, to’liq etkazib bermaslik, ishlarni bajarmaslik yoki xizmatlarni ko’rsatmaslik oqibatida etkazilgan zararni qoplashdan ozod etmaydi. Tashkilot tomonidan tuzilgan hamda uning bunday tashkilot o’z faoliyati xususiyatiga ko’ra o’ziga murojaat qiladigan har bir shaxsga nisbatan amalga 45 oshirishi shart bo’lgan tovarlar sotish, ishlar bajarish yoki xizmatlar ko’rsatish sohasidagi vazifalarini (chakana savdo, umumiy foydalanishdagi transportda yo’lovchi tashish, aloqa xizmati, energiya bilan ta’minlash, tibbiy xizmat, mehmonxona xizmati va sh.k.) belgilab qo’yadigan shartnoma ommaviy shartnoma deyiladi . Bunday tashkilot ommaviy shartnoma tuzishda bir shaxsni boshqa shaxsga nisbatan afzal ko’rishga haqli emas, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno. Tovarlar, ishlar va xizmatlarning bahosi, shuningdek ommaviy shartnomaning boshqa shartlari hamma iste’molchilar uchun bir xil qilib belgilanadi, qonun xujjatlarida iste’molchilarning ayrim toifalari uchun imtiyozlar berilishiga yo’l qo’yiladigan hollar bundan mustasno. Tashkilotning iste’molchiga tegishli tovarlarni berish, xizmatlar ko’rsatish, uning uchun tegishli ishlarni bajarish imkoniyati bo’la turib ommaviy shartnoma tuzishdan bosh tortishiga yo’l qo’yilmaydi. Qonunda nazarda tutilgan hollarda O’zbekiston Respublikasi Hukumati ommaviy shartnomalarni tuzish va bajarishda taraflar uchun majburiy bo’lgan qoidalar (namunaviy shartnomalar, qoidalar va h.k.) chiqarishi mumkin. Byudjet tashkilotlari bilan tovar etkazib beruvchi (ish bajaruvchi, xizmat ko’rsatuvchi)lar o’rtasida tuzilgan shartnomalarni boshqarishning huquqiy asosini O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 21.05.2005 y.da № 1475 raqami bilan ro’yxatga olingan O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirining 05.05.2005 y.dagi 63-sonli Buyrug’i bilan tasdiqlangan “Moliya organlarida byudjetdan mablag’ oluvchilar bilan tovar (ishlar, xizmatlar) etkazib beruvchilar o’rtasidagi shartnomalarni ro’yxatdan o’tkazish va ularning xarajatlari to’lovini nazorat qilish tartibi haqida vaqtinchalik Nizom” tashkil qiladi. Ushbu Nizomga ko’ra, byudjetdan mablag’ oluvchilar etkazib beruvchilar bilan shartnomalar tuzadilar, shuningdek shartnomalarga byudjetdan mablag’ 6 oluvchilaming xarajatlar smetalarida nazarda tutilgan tegishli rejali byudjet mablag’lari doirasidagina qo’shimcha va o’zgartirishlar kiritadilar. Byudjetdan mablag’ oluvchilar bilan etkazib beruvchilar o’rtasida tuziladigan shartnomalar tegishli moliya organlarida majburiy ro’yxatdan o’tkazilib, ularga tegishli raqamlar berilishi va ro’yxatdan o’tkazish sanasi ko’rsatilishi kerak. Yuqorida nomi keltirilgan Nizomga muvofiq, byudjetdan mablag’ oluvchilar mol etkazib beruvchilar bilan shartnomalar tuzadilar, shuningdek shartnomalarga byudjetdan mablag’ oluvchilarning xarajatlar smetalarida nazarda tutilgan tegishli rejali byudjet mablag’lari doirasidagina qo’shimcha va o’zgartirishlar kiritadilar. Byudjetdan mablag’ oluvchilar bilan etkazib beruvchilar o’rtasida tuziladigan shartnomalar tegishli moliya organlarida majburiy ro’yxatdan o’tkazilib, ularga tegishli raqamlar berilishi va ro’yxatdan o’tkazish sanasi ko’rsatilishi kerak. Shartnomani hisobga olish G’aznachilik organi tomonidan byudjetdan mablag’ oluvchi va etkazib beruvchining nomi hamda rekvizitlari, shuningdek shartnoma summasi, uning raqamlari va tuzish sanasi, moliya organi tomonidan Nizomga 1-son ilovaga ko’ra byudjetdan mablag’ oluvchilar bilan etkazib beruvchilar o’rtasida tuzilgan shartnomalarni ro’yxatdan o’tkazish kitobida ro’yxatdan o’tkazish raqami va sanasi ko’rsatilgan holda amalga oshiriladi. Shartnomani ro’yxatdan o’tkazish uchun byudjetdan mablag’ oluvchi moliya organiga shartnomaning bitta asl nusxasi va bitta ko’chirma nusxasini taqdim etadi. Shartnomalarga Nizomning 2-son ilovasida keltirilgan shaklda to’lovlar jadvali ilova qilinishi kerak.Moliya organi byudjetdan mablag’ oluvchi tomonidan shartnoma taqdim etilgan kundan boshlab uch ish kuni mobaynida byudjetdan mablag’ oluvchining xarajatlar smetasida nazarda tutilgan tegishli rejali byudjet mablag’lari mavjudligi masalasida shartnomada ko’rsatilgan summani tekshiradi. Agar tuzilgan shartnomaga ko’ra to’lanadigan pul mablag’lari summasi byudjetdan mablag’ oluvchining xarajatlari smetasida nazarda tutilgan rejali byudjet mablag’lari summasidan oshib ketsa, mazkur 47 shartnoma byudjetdan mablag’ oluvchiga uni moliya organi tomonidan ro’yxatdan o’tkazmasdan turib qaytariladi. Shartnomani ro’yxatdan o’tkazish byudjetdan mablag’ oluvchi tomonidan shartnoma taqdim etilgan kundan boshlab uch ish kuni mobaynida shartnoma asl nusxasi va ko’chirma nusxasining birinchi varag’iga “Ro’yxatdan o’tkazildi” yozuvini qo’yish va ro’yxatdan o’tkazish raqami va sanasi ko’rsatilgan holda amalga oshiriladi, ularni moliya organining mansabdor shaxsi o’z imzosi va moliya organining muhri izi bilan tasdiqlaydi. Ro’yxatdan o’tkazilgandan keyin ro’yxatdan o’tkazilgan shartnomaning ko’chirma nusxasi hisobga olish va saqlash uchun moliya organida qoladi. Download 161.86 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling