Byudjetlararo munosabatlar hamda qarzlar hisobi
Qoraqalpog’iston Respublikasi byudjeti va mahalliy byudjetlarga berilgan va ulardan olingan byudjet ssudalari hisobi bo’yicha quyidagicha amalga oshiriladi
Download 362.7 Kb.
|
1 2
Qoraqalpog’iston Respublikasi byudjeti va mahalliy byudjetlarga berilgan va ulardan olingan byudjet ssudalari hisobi bo’yicha quyidagicha amalga oshiriladi:
052 – “Mahalliy byudjetlarga berilgan va ulardan olingan byudjet ssudalari “ subschyoti Qoraqalpog’iston Respublikasi byudjeti va mahalliy byudjetlar doirasida o’rnatilgan tartibda yuqori mahalliy byudjetdan quyi mahalliy byudjetlarga berilgan byudjet ssudalari hamda quyi mahalliy byudjetlar tomonidan olingan byudjet ssudalari bilan bog’liq bo’lgan xo’jalik operatsiyalarining hisobini olib boorish uchun tayinlangan. Yuqorimahalliy byudjet tomonidan o’zining quyi mahalliy byudjatlariga byudjet ssudalari berilganda, bu xo’jalik operatsiyasiga yuqori mahalliy byudjet ijrosini amalga oshirayotgan moliya organida quyidagi buxgalteriya provodkasi tuziladi: Debet 052 – “Qoraqalpog’iston Respublikasi va mahalliy byudjetlarga berilgan va ulardan olingan byudjet ssudalari” subschyoti; Kredit 011 – “Mahalliy byudjet mablag’lari depozit hisobvarag’i” subschyoti. Yuqori mahalliy byudjetdan byudjet ssudalarini olgan quyi mahalliy byudjetlar ijrosini amalga oshirayotgan moliya organlarida quyidagi buxgalteriya provodkasi tuziladi. Debet 011 – “Mahalliy byudjet mablag’lari depozit hisobvarag’i” subschyoti; Kredit 052 – “Qoraqalpog’iston Respublikasi va mahalliy byudjetlarga berilgan va ulardan olingan byudjet ssudalari” subschyoti. Quyi mahalliy byudjetlar tomonidan yuqori mahalliy byudjetga undan olgan byudjet ssudalari so’mmasi qaytarib berilganda, bu xo’jalik operatsiyasiga: a) Quyi mahalliy byudjetlar ijrosini amalga oshirayotgan moliya organlarida quyidagi buxgalteriya provodkasi tuziladi: Debet 052 – “Qoraqalpog’iston Respublikasi va mahalliy byudjetlarga berilgan va ulardan olingan byudjet ssudalari” subschyoti; Kredit 011 – “Mahalliy byudjet mablag’lari depozit hisobvarag’i” subschyoti. b) Yuqori mahalliy byudjet ijrosini amalga oshirayotgan moliya organida quyidagi buxgalteriya provodkasi tuziladi: Debet 011 – “Mahalliy byudjet mablag’lari depozit hisobvarag’i” subschyoti; Kredit 052 – “Qoraqalpog’iston Respublikasi va mahalliy byudjetlarga berilgan va ulardan olingan byudjet ssudalari” subschyoti. Byudjet tizimining asosiy prinsiplaridan biri bo’lgan byudjet daromadlarining xarajatlarga teng bo’lishi ta’minlanishi kerak. Byudjetlarni tuzish va tasdiqlash jarayonida byudjetlar o’rtasida hisob-kitoblar paydo bo’ladi. Shuningdek, tasdiqlangan byudjetlarning bajarilishi jarayonida ham byudjetlar o’rtasida o’zaro hisob-kitoblar paydo bo’lishi mumkin. Demak, byudjetlararo hisob-kitoblar ikki turga bo’linadi. Byudjetlarni tuzish va tasdiqlash mobaynida, moddiy-texnika bazalari bir xil bo’lmaganligi uchun, byudjetlarning ayrimlarida daromadlari rejalashtirilayotgan xarajatlaridan ortiqcha bo’lsa, boshqalarida esa rejalashtirilayotgan xarajatlari so’mmasi rejalashtirilayotgan byudjet daromadlaridan oshib ketishi kuzatiladi. Byudjet tashkilotlari, korxonalari yoki xo‘jalik birlashmalarini respublika bo‘ysunishdan mahalliy bo‘ysunishga o‘tkazishda respublika Moliya vazirligi tegishli quyi moliya organiga 11-sonli shakldagi ma’lumotnoma-bildirishnomani yuboradi. Korxonani, tashkilotni respublika, viloyat, shahar miqyosida bir mahalliy bo‘ysunishdan ikkinchi mahalliy bo‘ysunishga o‘tkazishda, yuqori moliya organi o‘zaro hisob-kitoblarga oldingi bo‘ysunish bo‘yicha moliyalashtirish tartibida korxonani, tashkilotni o‘tkazish kunidagi summalarni o‘tkazadi. Byudjetlar bilan o‘zaro hisoblashuvlar hisobi 11-sonli shakldagi ma’lumotnoma-bildirishnomaga asosan buxgalteriya yozuvlari berilib memorial orderga yozuvlar o‘tkaziladi va boshqa byudjetlar bilan hisob-kitoblar kitobiga tushiriladi. Moliya organlarida o‘zaro hisoblashuvlar hisobi 06 "Xisob kitoblar", 07 “Berilgan va olingan mablag‘lar” nomli hisobvaraqlarda yuritiladi. Ya’ni: 061 Respublika byudjeti bilan o‘zaro hisob-kitoblar 062 Mahalliy byudjetlar bilan o‘zaro hisob-kitoblar 071 Respublika byudjetidan berilgan va olingan mablag‘lar 072 Mahalliy byudjetlardan berilgan va olingan mablag‘lar "Respublika byudjeti bilan o‘zaro hisob-kitoblar"nomli 061-sonli hisobvaraq respublika byudjeti bilan o‘zaro hisob-kitoblar bo‘yicha operatsiyalarni mahalliy moliya organlarida hisobga olib borish uchun mo‘ljallangan. "Respublika byudjeti bilan o‘zaro hisob-kitoblar"nomli 061-sonli hisobvaraq respublika byudjeti bilan o‘zaro hisob-kitoblar bo‘yicha operatsiyalarni mahalliy moliya organlarida hisobga olib borish uchun mo‘ljallangan. "Respublika byudjeti bilan o‘zaro hisob-kitoblar"nomli 061-sonli hisobvaraq Debetida: A) respublikabyudjetidano‘zarohisob-kitoblarbo‘yichaolinishilozimbo‘lgansummalar; B) o‘zaro hisob-kitoblar bo‘yicha qarzlarni to‘lash uchun respublika byudjetiga o‘tkazilgan summalar; V) o‘zaro hisob-kitoblar bo‘yicha qarzlarni to‘lashda hisobga olingan, yuqori byudjetdan olinishi lozim bo‘lgan dotatsiyalar, subvensiyalarning summalari. Kreditida: A) o‘zaro hisob-kitoblar bo‘yicha respublika byudjetiga berilishi lozim bo‘lgan summalar; B) o‘zaro hisob-kitoblar bo‘yicha qarzlarni to‘lash uchun respublika byudjetidan kelib tushgan summalar; V) o‘zaro hisob-kitoblar bo‘yicha xarajatlarni to‘lashda hisobga olingan va yuqori byudjetga o‘tkazish lozim bo‘lgan ortiqcha daromadlar summalari; G) o‘zaro hisob-kitoblar bo‘yicha mahalliy byudjetlar hisobiga to‘g‘ri keladigan summalarda hisobga olingan, respublika byudjetidan olingan byudjet ssudalarining summalari; D) respublika bo‘ysunishidan mahalliy bo‘ysunishga o‘tkazilgunga qadar korxona va tashkilotlarning respublika byudjeti bo‘yicha ochilgan byudjet mablag‘ ajratmalari summalari. 062 - "Mahalliy byudjetlar bilan hisob-kitoblar" nomli hisobvaraqda yuqori va quyi mahalliy byudjetlar o‘rtasidagi o‘zaro hisob-kitoblar bo‘yicha operatsiyalar hisobga olinadi. Mahalliy byudjetlardan berilgan va olingan mablag‘lar" nomli 072-sonli hisobvaraqda mahalliy byudjetlarga beriladigan va mahalliy byudjetlardan olinadigan mablag‘lar hisobga olinadi. 072-sonli hisobvaraqning debetida o‘zaro hisob-kitoblar bo‘yicha mahalliy byudjetlarga beriladigan summalar aks ettiriladi; 072-sonli hisobvaraqning kreditida o‘zaro hisob-kitoblar bo‘yicha mahalliy byudjetlardan olinishi lozim bo‘lgan summalar aks ettiriladi. Download 362.7 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling