0
‘z
xalqin in g fikr
va tuyg
4
ularini, zamor iing yuksak ideallarini aks ettirar
ekan,
Shopen xalq san’atining ko4p a. lik tajribasi hamda klassiklaming
realistik
an’analariga tayanadi.
В x fikridagi qat’iyat va mantiq,
motsartona shakllardagi go4zallik \ ?. tugallangganlik, Betxovendagi
dra m a tiz m
va simfonik rivojlanish
achi uning uchun har doim jonli
www.ziyouz.com kutubxonasi
namunalar edi. Yangi tarixiy sharoitda Shopen ulaming buyuk
davomchisi bo‘la oldi.
Shopenning Parijdagi hayoti baxtli kechmagan bo‘lsa-da,
uning ijod qilishi uchun qulay bo‘Idi. Uning iste’dodi shu yerda
kamolga yetdi. Shopen asarlarining nashri endi to'siqlarga uchramas,
undan dars olish esa katta sharaf, uning chalgan asarlarini eshitish esa
kamdan-kam hamda saralangan odamlargagina nasib etadigan nodir baxt
edi. Bastakor hayotining so'nggi yillari ayanchli kechadi. Uning do'sti
Yan Matushinskiy, undan keyin esa jon dildan yaxshi ko'rgan otasi
vafot etishadi. Jorj Sand bilan bo'lgan bahs va ayriliqlar uni mutlaqo
yakkalab qo'yadi. Shopen taqdiming bunday qattiq dashnomlaridan
o'zini chetga ololmaydi. Buning ustiga Shopenni erta bolaligidan qiynab
kelayotgan o'pka shamollashining xuruji kuchayadi. Oxirgi ikki yil
davomida bastakor deyarli hech narsa yozmaydi.
O'zining og'ir moddiy ahvolini tuzatish uchun u angliyalik
do'stlari taklifini qabul qilgan holda Londonga yo'l oladi. Oxirgi kuchini
to'plab, kasal holida u yerda konkertlar uyushtiradi, darslar beradi.
Hayajonli kutib olishlar dastlab uni xursand qiladi, unga tetiklik
Do'stlaringiz bilan baham: |