C h e t e L m u s I q a t a r I x I


Download 2.35 Mb.
Pdf ko'rish
bet72/76
Sana20.11.2023
Hajmi2.35 Mb.
#1788190
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   76
Bog'liq
Chet el musiqa tarixi (R.Qodirov va b.)

List fortepianoni katta 
konsert estradasiga olib chiqdi, 
fortepiano fakturasining o ‘ziga xos xususiyatlarini saqlagan holda 
uni orkestrga yaqinlashtirdi.
List ijodida “fortepianoga xos” va “orkestrga xos” tushunchalar 
tabiiy tarzda uyg‘unlashib ketadi.
N azorat uchun savollar:
1. List fortepiano ijodining bosh tamoyili nimadan tashkil topgan?
2. Listning o‘n to'qqizta vengercha rapsodiyalarini qanday asarlar
tashkil qiladi?
3. Listning ikkinchi rapsodiyasi haqida so‘zlab bering.
4. Listning oltinchi rapsodiyasi haqida so‘zlab bering.
5. “ Darbadarlik yillari” qachon yaratilgan?
6. “Darbadarlik yillari”da dasturiylik qanday talqin etilgan?
S im fo n ik ijo d i
Simfonik musiqa List ijodida muhim o‘rinlardan birini egallaydi.
List orkestr uchun aksariyat asarlami Veymar shahrida yozdi. Bular o'n 
uchta simfonik poemalar, ikkita simfoniya (“Faust”, “Dante”), Lenau 
“Faust”idan ikki lavha (“Tungi yurish” va “Mefisto-vals”).
Veymar shahrida List ijodida bir qismli simfonik poema janri paydo 
bo‘ldi va bu janr hozirgi kunda ham yashab, rivojlanib kelmoqda. 
Listning simfonik poemalari dasturiy asarlar boMib, ularda erkin 
rivojlanish tamoyillari klassik shakllar (sonata allegrosi, variatsiyalar
rondo) bilan uyg‘unlashib ketadi. List birlamchi adabiy manbaning
www.ziyouz.com kutubxonasi


asosiy g'oyasini ochib beruvchi umumlashtirilgan dasturiylik tarafdori 
edi. Syujetli hikoya qiluvchi simfonizm ijodkori bo‘lgan Berliozdan 
farqli o‘aroq, List o 'z asarlarida san'at^asarlari, tabiat hodisalari,
obrazlar doirasi juda keng. “Vengriya” va “Qahramon haqida yig‘i” 
simfonik poemalari vatan mavzusini ochib beradi. “Bayram jaranglari”
poemasi o'ziga xos san’at madhiyasidir; “Gunnlar jangi” (nemis 
rassomi Paul Kaulbax freskalari bo'yicha) hjtmasi -tarixnin g fojiaviy 
sahifasidir. “Orfey”, “ Prometey” poemalari g'oyasi antik afsonalar bilan, 
"Gamlet” poemasi Shekspir tragediyasi bilan, “Yuksak maqsadlar” 
poemasi Shiller bilan, “Faust - simfoniya”, “Tasso” Gyote bilan, 
"Mazepa”, "Nimalar eshitilar tog'dan” Gyugo bilan bog'liq.
Simfonik poemalarda List butun asar davomida bitta mavzu yoki
i
____
.
mavzular guruhini o'tkazish uslubini qo'llaydi, bu mavzular variatsiyali 
o'zgartiriladi. Buning oqibatida xarakterining turli tomonlari bilan 
qahramonning ко ‘p qirrali obrazi yaratiladi. Ushbu uslub 
moDotematizm uslubi deb ataladi va u “Tasso” , “Mazepa”, “Prelyudlar” 
poemalarida izchil tarzda o'tkaziladi. j

- —
J
“ Prelyudlar” List tomonidan fransuz shoiri Jozef Otran she’riga 
to'rtta “Zamin”, “Shamollar”, “To'lqinlar”, “Yulduzlar” (“To'rt tabiat 
hodisasi”) erkaklar xoriga uvertyura sifatida mo'ljallangan edi.
Keyinroq, poemani yozib bo'lgandan so'ng, List poemaga mos dastumi 
izlab Lamartinining “Poetik mushohadalari”ga murojaat qildi.
Lamartini she’rlarining turli misralaridan matnli sharx yaratib, List 
poema nomini aniqladi.
"Prelyudlar”ning bosh g'oyasi A. N. Serov tomonidan quyidagicha 
aniq ifodalangan: “Bizning hayotimiz birinchi tantanali notasi o'lim
lahzasida yangrovchi o'sha noma’lum qo'shiq oldidagi qator prelyudlar
manzaralar va adabiy asarlardan olingan kayfiyatni tasvirlaydi. 

Download 2.35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   76




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling