C vitamini (4 soat) Nutqiy mavzuning maqsadi


C vitamini tanamiz uchun qanchalik muhim?


Download 181.55 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/8
Sana31.12.2022
Hajmi181.55 Kb.
#1073338
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
5. C vitamini OʻK(2)

2. C vitamini tanamiz uchun qanchalik muhim?
 
Infografikaning oʻng tomonida C vitamining qaysi tana aʼzolarining samarali 
faoliyatida muhim ekanligi haqidagi maʼlumotga oʻquvchilar eʼtiborini qaratadi. 
Oʻquvchilar ushbu maʼlumotlarni oʻzlari bilgan qoʻshimcha maʼlumotlar bilan ham 
toʻldirishlari mumkinligi aytiladi.
3. C vitaminining qaysi xususiyatini eng muhim deb hisoblaysiz? 
Javobingizni asoslang.
 
Yuqoridagi savolga berilgan javobdan kelib chiqqan holda ushbu vitaminning 
eng muhim xususiyati haqidagi fikrlar tinglanadi. Har bir oʻquvchi turli xil variantni 


keltirishi mumkin, oʻqituvchi ularning hech birini inkor etmaydi, faqat oʻz fikrini 
asoslab berishni soʻrashi kerak.
4. Sizning C vitaminiga boʻlgan kundalik ehtiyojingiz qancha?
 
Oʻquvchilar oʻz yoshlariga nisbatan infografikada keltirilgan maʼlumotlardan 
foydalangan holda savolga javob beradilar. Oʻqituvchi shu oʻrinda boshqa yoshdagi 
insonlarni ham misol tariqasida keltirishi mumkin. Ammo uning yoshini aytish 
orqali emas, masalan, oyingizning ehtiyoji, matematika oʻqituvchisining kundalik 
ehtiyoji qancha miqdorni tashkil qilishi mumkin singari qoʻshimcha savollar bilan 
murojaat etishi tavsiya etiladi.
Yozma nutq 
Infografika asosida beshta xulosa yozing. 
Infografika shaklida berilgan maʼlumotlar asosida xulosalar chiqarish 
koʻnikmasini rivojlantirish.
Namunada berilgan misol asosida infografikadan kelib chiqqan xulosalarini 
yozish soʻraladi.
Oʻqib tushunish 
Infografika asosida quyida berilgan vaziyatlarning toʻgʻri yoki notoʻgʻri 
ekanini aniqlang. Xulosangizni asoslang. 
Infografikada berilgan maʼlumotlarni tatbiq etish, ulardan foydalana olish 
bilan bogʻliq koʻnikmalarni shakllantirish ustida ish olib boriladi. 
Oʻquvchilar faqatgina infografikada berilgan maʼlumotlar asosida topshiriqni 
bajarishi kerakligi aytiladi. Infografikadan tashqaridagi bilimlarni ishga solmaslik 
kerakligi yodga solinadi. Har bir javob infografikada berilgan maʼlumotlar asosida 
tushuntirilishi kerakligi haqida ogohlantiriladi. 
1. Notoʻgʻri (Chunki petrushka va qizil qalampirning har birining tarkibida 
koʻp miqdorda C vitamini uchraydi, C vitamining organizmdagi meʼyordan oshish 
holati aynan charchoq hissini yuzaga chiqaradi. Shuning uchun ham Azizaning 
oyisi, aksincha, C vitamini uchraydigan mahsulotlarni kamroq isteʼmol qilishi 
kerak)
.
2. Notoʻgʻri (Chunki infografikada B2 vitaminiga boy mahsulotlar bilan C 
vitaminiga boy mahsulotlarni qoʻshib yeyish zararli ekanligi haqida maʼlumot 
mavjud).
3. Toʻgʻri (Chunki bitta olmaning tarkibida 50 mg.gacha C vitamini mavjud. 
Bu 12 yoshli bola uchun meʼyor sanaladi). 
4. Toʻgʻri (Chunki C vitaminiga boy mahsulotlar yaralarning tezroq bitishiga 
yordam beradi). 
5. Notoʻgʻri (Chunki Salima hali maktab oʻquvchisi, uning C vitaminiga 
boʻlgan kundalik ehtiyoji 40-50 mg.ni tashkil etadi, 100gr. naʼmatak mevasi 
tarkibida esa 470 mg. C vitamini mavjud. Bu Salima uchun juda koʻp).
Oʻqituvchi darslikda berilgan qoida hamda bir nechta misollar asosida sonlar 
bilan bogʻliq nazariy maʼlumotni tushuntiradi.

Download 181.55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling