C vitamini (4 soat) Nutqiy mavzuning maqsadi


Yozma nutq Berilgan jadval asosida turli yoshdagi kishilarning C vitaminiga boʻlgan


Download 181.55 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/8
Sana31.12.2022
Hajmi181.55 Kb.
#1073338
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
5. C vitamini OʻK(2)

Yozma nutq


Berilgan jadval asosida turli yoshdagi kishilarning C vitaminiga boʻlgan 
kundalik ehtiyojini taʼminlash uchun tavsiyalar yozing. Bunda yuqorida
berilgan infografika maʼlumotlari hamda miqdor va tartib sonlardan 
foydalaning. 
Ushbu topshiriqni bajarish orqali oʻquvchilar infografikada hamda keyingi 
jadvalda keltirilgan maʼlumotlarni oʻzaro bogʻlay olishi, ulardan kundalik 
vaziyatlarda foydalana olishi bilan bogʻliq koʻnikmalar shakllantiriladi. 
Oʻrganilgan qoidalar hamda maʼlumotlar yordamida tavsiyalar yoziladi. 
Bunda jadvalda berilgan maʼlumotlar bilan infografikada berilgan maʼlumotlarni 
bogʻlay olish zarurligi tushuntiriladi. Oʻqituvchi namuna asosida topshiriqni bajarish 
jarayoni haqida maʼlumot beradi.
Yozma nutq 
Uyga vazifa. Belgilash olmoshlaridan foydalanib C vitamini isteʼmoli
bilan bogʻliq 7 ta tavsiya yozing. 
Mavjud maʼlumotlar va darsda oʻrganilgan maʼlumotlar asosida tavsiyalar 
yoza olish bilan bogʻliq nutqiy koʻnikmalarni mustahkamlash. 
Ushbu topshiriqni bajarishda mavjud maʼlumotlar hamda dars davomida 
oʻrganilgan maʼlumotlardan erkin foydalanish mumkinligi aytiladi, shu asosda 
tavsiyalar yozish kerakligi aytiladi. Tavsiyalarni yozishda imkon qadar uning 
kimlarga moʻljallanganligi hamda nimada foydali ekanligi haqida batafsil maʼlumot 
berish kerakligi tushuntiriladi.
2-soat 
DARS JARAYONI 
Kirish 
Darsning tashkiliy qismidan soʻng quyidagi savollar bilan murojaat etiladi: 
1. Yoʻriqnoma deganda nimani tushunasiz? 
2. Yoʻriqnomalarda qanday maʼlumotlar aks etgan boʻladi?
3. Ular bizga nima uchun kerak deb oʻylaysiz? 
Asosiy qism 
Oʻqib tushunish 
Yoʻriqnoma matni bilan tanishing. 
 
Yoʻriqnoma shaklida berilgan matnlarni oʻqib tushunish, ulardan foydalana 
olish bilan bogʻliq koʻnikmalarni shakllantirish.
Yoʻriqnoma matni bilan tanishish aytiladi. Oʻquvchilar yoʻriqnoma matnini 
diqqat bilan oʻqiydilar. Uning qanday qismlarga iborat ekanligiga eʼtibor qaratiladi.

Download 181.55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling