Kirish
Darsning tashkiliy qismi oʻtkaziladi, bugungi darsda limon va uning isteʼmoli
bilan bogʻliq yoʻriqnoma matni yozish haqida maʼlumot beriladi.
Asosiy qism
Yozma nutq
Berilgan matnni oʻqing. Shu matn asosida limon isteʼmol qilishga
doir yoʻriqnoma yozing.
Yoʻriqnoma
matni yozish, berilgan mavzuga oid koʻrsatmalarni
muayyan
qismlar va kichik sarlavhalar ostida berish bilan bogʻliq nutqiy koʻnikmalarni
mustahkamlash.
Berilgan matn oʻqib chiqiladi. Unda berilgan maʼlumotlar
hamda
oʻquvchilarning oʻzlarida mavjud boʻlgan bilimlar asosida yoʻriqnoma
matnini
yozish soʻraladi. Yoʻriqnomada boʻlishi kerak boʻlgan eng muhim qismlar haqida
eslatib oʻtiladi, shu asosda topshiriq bajariladi.
Oʻqituvchi oʻquvchilarning yozma ishlarini nazorat qilib turadi, ularga kerakli
koʻrsatmalarni beradi. Yozilgan ishlar tahlil qilinadi, ularga munosabat bildiriladi va
baholanadi.
Quyidagi parchada ajratib koʻrsatilgan soʻzlarning asosini aniqlang.
Ularni namunadagidek tahlil qilib, yozing.
Shakldosh soʻzlar va ular maʼnolari ustida ishlash.
Matndan olingan parchada ajratib koʻrsatilgan soʻzlar qanday asosdan hosil
boʻlganligi aniqlanadi, ular shakldosh soʻz ekanligi, har bir soʻzning birdan ortiq
maʼnosi borligi aytiladi. Ushbu maʼnolar aniqlanadi va namunadagidek yoziladi.
Uyga vazifa. Oila aʼzolaringizdan limonning kundalik hayotdagi maishiy
ahamiyati (tozalikni saqlashda, dogʻlarni ketkazishda va h.k.) haqida soʻrang.
Oʻrganganlaringizni eslatma sifatida yozib oling.
Nutqiy mavzu doirasidagi maʼlumotlarni matn koʻrinishida yoza olish.
Eslatmalarni qanday shaklda yozib olish foydali ekanligi haqida oʻylab
koʻrish kerakligi aytiladi.