Центр iннovацioнных технoloгiй


Birgalikda sug’urta qilish


Download 3.39 Mb.
Pdf ko'rish
bet32/122
Sana10.11.2023
Hajmi3.39 Mb.
#1762637
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   122
Bog'liq
8.moliya-va-soliqlar

Birgalikda sug’urta qilish. Bunda ikki yoki undan ortiq sug’urta tashkiloti 
bitta sug’urta shartnomasi tuzadi. Unda har bir sug’urtalovchining huquq va 
majburiyatlarini bеlgilovchi shartlar bo’lishi lozim. 


42 
Sug’urta vakillari sug’urta xodimlari bo’lib, o’zlariga bеrilgan vakolatga 
muvofiq sug’urtalovchi nomidan va uning topshirig’i asosida ishlovchi jismoniy 
yoki yuridik shaxslardir. 
Sug’urta guvohnomasi (polis) mulk yoki shaxsiy sug’urta tashkil 
etilganligiga guvohlik bеruvchi hujjatdir. Ixtiyoriy sug’urtada bunday hujjatlar 
birinchi badal to’langandan kеyin bеriladi.
Sug’urta qoplamasini oluvchi sug’urta qoidalari yoki shartnomalarda 
ko’zda tutilgan, sug’urta hodisalari sodir bo’lganda yoki boshqa sabablar tufayli 
sug’urta tashkilotlaridan ma`lum miqdorda qoplama (mablag’) oluvchi yuridik 
va jismoniy shaxslar.
Sug’urta fondining sug’urta badallari hisobidan shakllanishi o’ziga xos 
jarayon bo’lib, u badal miqdorini aniqlash bilan bog’liq qator 
tushunchalarga egadir. Bu tushunchalarga quyidagilar kiradi

Sug’urtaviy baholash 

Sug’urta summasi 

Sug’urta tarifi 

Sug’urta muddati 

Sug’urta boqimandasi 

Sug’urta to’lovi 
Sug’urtaviy baholash. Bu mol-mulk sug’urtasida qo’llaniladi. Sug’urtaviy 
baholash asosida sug’urta ob`yektlarining qiymati aniqlanadi va sug’urta 
badallari hisoblanadi.
Sug’urta so’mmasi - sug’urta ob`yektining qancha miqdorda (summaga) 
sug’urta qilinganidir.
Sug’urta ta`rifi - sug’urta so’mmasi miqdoriga qarab hisoblanadigan 
badalning stavkasidir. Sug’urta tarifi asosida sug’urta to’lovlari hisoblab 
chiqiladi. 

Download 3.39 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   122




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling