43
Sug’urta rеntasi
Sug’urta qoplamasi
Sug’urta hodisasi. Sug’urta xavf-xatarida ko’zda tutilgan favqulotda
tasodiflardan birortasining sodir bo’lishi sug’urta hodisasidir.
Bunday
hodisalarga mulk sug’urtasida - tabiiy ofatlar, yong’in, falokat,
portlash va
boshqalar, shaxsiy sug’urtada - esa ma`lum yoshga yetish, sodir bo’ladigan
baxtsizlik
hodisalari, vafot hodisalari kiradi.
Sug’urta dalolatnomasi (akti). Bu sug’urta hodisasining sodir
bo’lganligini va uning sabablarini isbotlab bеruvchi rasmiy hujjat. Mulk
sug’urtasida dalolatnoma asosida zarar miqdori va unga to’lanadigan
qoplama
miqdori aniqlanadi. Hujjat qoplama olishda asos bo’ladi. Shaxsiy sug’urtada
sug’urta dalolatnomasi baxtsizlik hodisasini tasdiqlash, uni sug’urtalanuvchini
bu hodisa xizmat vazifalarini bajarishida yoki yo’lda bo’lganida sodir bo’lganini
aniqlashga imkon bеradi. Sug’urtaning boshqa turlari bo’yicha
dalolatnoma
talab qilinmaydi, tibbiyot tashkilotining ma`lumotnomasi yetarli bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: