Chakana savdoni tashkil etish va texnologiyasi
Download 0.49 Mb.
|
CHAKA SAVDO MARUZA
Uyga vazifa. Mavzuni konspektlashtirish. Asosiy tushuncha va iboralarni o‘rganish. Mustaqil o‘qish. Internetdan mavzuga oid materiallarni izlash.
11-Mavzu: Maishiy texnika tovarlarini sotish. Reja: Maishiy radioelektron apparatlar, aloqa vositalari, va boshqa texnik jihatdan murakkab boshqa maishiy tovarlarni sotish oldi jarayonlari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Respublikada sotiladigan maishiy elektr priborlarini, yangidan quriladigan binolar va inshootlarni energetika jihatidan majburiy markirovkalash va sertifikatlash tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida» 2015 yil 9 apreldagi 86-son qarori CHet elda ishlab chiqarilgan tovarlarning ishlatish bo‘yicha yo‘riqnomasi va boshqa hujjatlari xaridorga davlat tilida taqdim etish Maishiy radioelektron apparatlar, aloqa vositalari, hisoblash va ko‘paytirish texnikasi, foto va kinoapparatlar, soatlar, musiqa tovarlari, maishiy elektr jihozlari, mashina va jihozlar, texnik jihatdan murakkab boshqa maishiy tovarlar savdo zaliga yoki xaridni berish joyiga chiqarilgunga qadar savdooldi tayyorgarligidan o‘tishi kerak, u tovarni ochish, zavod moylarini, changlarni, qirindilarni tozalash; tovarni ko‘zdan kechirish; buyumning butligini, sifatini tekshirish, tovar va uning tayyorlovchisi, zarurat bo‘lganda buyumni yig‘ish va sozlash to‘g‘risidagi zarur ma’lumotlar mavjudligini tekshirishlarni o‘z ichiga oladi. Sotuvga qo‘yilgan tovarlar namunalari savdo zaliga joylashtirilishi, ularda tovarning nomi, markasi, modeli, artikuli, narxi ko‘rsatilgan yorliqlari, shuningdek uning asosiy texnik tavsiflari yozilgan qisqacha annotatsiya bo‘lishi kerak. Xaridorning talabiga ko‘ra u tovarlarning tuzilishi va ishlashi bilan tanishtirilishi, tovarlar yig‘ilgan, texnik jihatdan soz holatda namoyish qilinishi kerak. Ishlatish uchun maxsus jihozni talab qilmaydigan tovarlar ishlayotgan holatda namoyish qilinadi. Sotuvchi xaridor ishtirokida tovarning sifatini, uning butligini, unga taalluqli hujjatlarning mavjudligini, narxining to‘g‘riligini tekshiradi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Respublikada sotiladigan maishiy elektr priborlarini, yangidan quriladigan binolar va inshootlarni energetika jihatidan majburiy markirovkalash va sertifikatlash tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida» 2015 yil 9 apreldagi 86-son qarorida nazarda tutilgan, maishiy elektr priborlarga ilova qilinadigan texnik hujjatlarida, markirovkasida va etiketkalarida energiya samaradorligining klassi to‘g‘risidagi axborotlar mavjud bo‘lmagan maishiy elektr priborlarini sotish va sotish uchun saqlash taqiqlanadi. Texnik jihatdan murakkab maishiy tovarlarni xaridorga berish chog‘ida ayni bir vaqtda tovarni tayyorlovchi tomonidan qo‘yilgan buyumlar va hujjatlar komplekti (sotish sanasi va joyi ko‘rsatilgan texnik asbob yoki uning o‘rnini bosadigan hujjat, ishlatish bo‘yicha yo‘riqnoma va boshqa hujjatlar) ham beriladi. CHet elda ishlab chiqarilgan tovarlarning ishlatish bo‘yicha yo‘riqnomasi va boshqa hujjatlari xaridorga davlat tilida taqdim etiladi. Bunda ularning tarjimasi uchun xarajat xaridorlardan undirilmaydi. Xaridorga tovar bilan birga ushbu Qoidalarning 164-bandida ko‘rsatilgan ma’lumotlardan iborat bo‘lgan tovar cheki ham beriladi. Sotuvchi yoki sotuvchi funksiyasini bajaruvchi tashkilot ular bilan shartnoma bo‘yicha texnik jihatdan murakkab bo‘lgan, texnik reglamentlar yoki standartlar yoki tovarga ilova qilingan hujjatlar (texnik pasport, ishlatish bo‘yicha yo‘riqnoma) talablarga muvofiq tovarni xaridor tomonidan mustaqil ravishda yig‘ish va (yoki) ishlatishga yo‘l qo‘yilmaydigan tovarlarni xaridorning uyida yig‘ishi va (yoki) o‘rnatishi (ishlatishi) shart. Ko‘rsatib o‘tilgan ishlarni bajaruvchi tashkilotlar to‘g‘risida ma’lumotlarni sotuvchi tovarlarni sotish chog‘ida xaridorga ma’lum qilishi shart. Agar tovarni yig‘ish va (yoki) o‘rnatish qiymati uning narxiga kiritilgan bo‘lsa, u holda mazkur ishlar sotuvchi yoki tegishli tashkilot tomonidan bepul bajarilishi kerak. Nazorat savollari Maishiy radioelektron apparatlar, aloqa vositalari, va boshqa texnik jihatdan murakkab boshqa maishiy tovarlarni sotish oldi jarayonlari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Respublikada sotiladigan maishiy elektr priborlarini, yangidan quriladigan binolar va inshootlarni energetika jihatidan majburiy markirovkalash va sertifikatlash tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida» 2015 yil 9 apreldagi 86-son qarori CHet elda ishlab chiqarilgan tovarlarning ishlatish bo‘yicha yo‘riqnomasi va boshqa hujjatlari xaridorga davlat tilida taqdim etish Download 0.49 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling