Chakana savdoni tashkil etish va texnologiyasi
Download 0.49 Mb.
|
CHAKA SAVDO MARUZA
Uyga vazifa. Mavzuni konspektlashtirish. Asosiy tushuncha va iboralarni o‘rganish. Mustaqil o‘qish. Internetdan mavzuga oid materiallarni izlash
8-Mavzu: Meva va sabzavotlarni qadoqlash va sotish Reja: CHakana savdo korxonalari meva-sabzavot mahsulotlarini sotishni yo‘lga qo‘yish Ho‘l, quritilgan, qayta ishlangan meva-sabzavot tovarlarini saqlash sharoitlari CHakana savdo korxonalari meva-sabzavot mahsulotlari va kartoshka ko‘plab keltiriladigan davrda tumanlar, shaharlar hokimliklari va sanitariya nazorati organlarining ruxsati bilan lotoklar, telejkalarda sotishni, shuningdek dehqon bozorlari, guzarlar, yarmarkalar va ushbu maqsadlar uchun ajratilgan boshqa joylarda mayda ulgurji savdoning keng tarmog‘ini tashkil etadilar. Mayda chakana savdo tarmog‘i meva-sabzavot va boshqa qo‘shimcha tovarlar bilan o‘zlari tarkibiga kiradigan, ushbu mahsulotlar bilan savdo qiladigan korxonalar va tashkilotlar tomonidan ta’minlanadi. Meva-sabzavot bilan savdo qiluvchi korxonalar va tashkilotlar qo‘shimcha ravishda qadoqlangan boshqa oziq-ovqat tovarlari: ziravor, ketchuplar, dorivorlar, asal, o‘simlik moyi, tuz, oziq-ovqat mahsulotlariga qo‘shiladigan 10 foizdan ortiq bo‘lmagan konsentratsiyali sirka kislotasi, meva-sabzavot sharbatlari va chanqovbosdi ichimliklar ham sotishi mumkin. Ish sharoitlariga qarab meva-sabzavot tovarlari bilan savdo qiluvchi korxonalar va tashkilotlar xo‘jalik tovarlari: kartoshka-sabzavot tozalagich, sharbatsiqqich, qopqoqlash mashinalari, har xil idishlar, tiqin va o‘rash materiallari, kichik mexanizatsiya vositalari, bog‘-poliz anjomlari, polietilen plyonka, meva-sabzavot ekinlari va boshqa qishloq xo‘jaligi ekinlarining urug‘lari va ko‘chatlarini sotishi mumkin. Sotuvga qo‘yiladigan meva-sabzavot tovarlari sortlarga ajratilgan bo‘lishi va sifatiga ko‘ra texnik reglamentlar yoki standartlar talablariga muvofiq bo‘lishi kerak. Saralash sifatiga salbiy ta’sir ko‘rsatadigan olmaning ayrim dumbul navlari («Oq olma», «Astraxan oq olmasi», «Rozmarin»), rezavor mevalar (qulupnay, malina (xo‘jag‘at), smorodina (qorag‘at), danakli mevalar (olcha, gilos, olxo‘ri, o‘rik) va uzum uchun bundan istisno qilishga yo‘l qo‘yiladi. Agar yaroqsizlik va chiqit miqdori olmalar uchun 5 foizdan, danakli mevalar va uzum uchun 10 foizdan ortiq bo‘lmasa, ko‘rsatib o‘tilgan mahsulotlar sortlarga ajratilmasdan sotuvga qo‘yilishi mumkin. Meva-sabzavot tovarlari tayyorlash (qabul qilish), saqlash, qayta ishlash, sotish (savdo) joylariga tovarni mexanik shikastlanishdan saqlashni ta’minlovchi idishda va o‘ramda keltiriladi. Meva-sabzavot tovarlarining nosoz, iflos va o‘ziga xos hid kelib turadigan idishda va transport vositalarida idishsiz tashilishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Meva-sabzavot tovarlari transportning ochiq turlari bilan tashilganda ularning ustiga brezent yoki o‘rash materiali yopilgan bo‘lishi kerak. Idish ehtiyotkorlik bilan, maxsus asboblar yordamida ochilishi kerak. Savdo korxonasi va tashkilotiga keltiriladigan barcha meva-sabzavot idishi uning saqlanishini ta’minlaydigan hamda ayniqsa zararli moddalar bilan ifloslanishiga yo‘l qo‘ymaydigan sharoitlarda saqlanishi kerak. Idishni savdo zalida, tamburda va savdo korxonalarining old tomonida saqlash taqiqlanadi. Idishni saqlash uchun maxsus bino yoki atrofi o‘ralgan bostirmali maydon ajratiladi. Ho‘l, quritilgan, qayta ishlangan meva-sabzavot tovarlari buning uchun maxsus ajratilgan, tabiiy yorug‘lik tushmaydigan, yaxshi shatovarlatiladigan, sovutiladigan joylarda idishga solingan holda saqlanadi. Tovarning har bir turi saqlash joylarida alohida joylashtiriladi. Mahsulot solingan yashiklar, lotoklar, savatlar 1,5-2 metr balandlikdagi so‘rilarga qo‘yiladi. Tovarlar konteynerlarda saqlanganda ularning poldan balandligi bino shipining balandligiga va ko‘tarish mexanizmlari jihozlanganligiga bog‘liq bo‘ladi. Ho‘l meva, sabzavot va kartoshkani saqlash uchun quyidagi sharoitlar ta’minlanishi kerak:
Download 0.49 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling