Chakana savdoni tashkil etish va texnologiyasi


Download 0.49 Mb.
bet18/31
Sana11.09.2023
Hajmi0.49 Mb.
#1676024
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   31
Bog'liq
CHAKA SAVDO MARUZA

Uyga vazifa. Mavzuni konspektlashtirish. Asosiy tushuncha va iboralarni o‘rganish. Mustaqil o‘qish. Internetdan mavzuga oid materiallarni izlash.

9-Mavzu: CHakana savdoda nooziq- ovkat maxsulotlarini sotish


Reja:

  1. Qimmatbaho metallardan va qimmatbaho toshlardan yasalgan buyumlar bilan chakana savdo qilish xususiyatlari

  2. Qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlardan yasalgan zargarlik hamda boshqa buyumlar almashtirish va qaytarib olish tartibi

  3. Sifatga oid nuqsonlar paydo bo‘lishi sabablari

Qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlardan yasalgan zargarlik hamda boshqa buyumlar bilan chakana savdo belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tgan xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar — yuridik shaxslar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Tovariya vazirligi huzuridagi Davlat asillik darajasini belgilash palatasi (keyingi o‘rinlarda Davlat asillik darajasini belgilash palatasi deb ataladi) chakana savdo huquqi uchun beradigan ro‘yxatdan o‘tkazish guvohnomasini majburiy tarzda olgan holda amalga oshiriladi.


Qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlardan yasalgan zargarlik hamda boshqa buyumlar ishlab chiqarish uchun litsenziyaga ega bo‘lgan zargarlik buyumlarini ishlab chiqaruvchilar — yuridik shaxslar Davlat asillik darajasini belgilash palatasi tomonidan chakana savdo qilish uchun beriladigan ro‘yxatdan o‘tkazish guvohnomasini olmasdan, o‘zlari ishlab chiqargan mahsulotlarni chakana sotish, aholidan ishlab chiqarish maqsadlarida foydalaniladigan qimmatbaho metallar parchalarini, qimmatbaho toshlar va ulardan yasalgan buyumlarni litsenziyada ko‘rsatilgan manzil bo‘yicha sotib olish huquqiga ega.
Qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlardan yasalgan zargarlik hamda boshqa buyumlar, qimmatbaho va yarim qimmatbaho toshlarning chakana savdosi ayrim turdagi tovarlar bilan chakana savdo huquqi uchun yig‘im ob’ekti hisoblanmaydi.
Qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlardan yasalgan zargarlik buyumlari hamda boshqa buyumlar, qayta ishlangan, tozalanmagan qimmatbaho va yarim qimmatbaho toshlar faqat ixtisoslashtirilgan zargarlik do‘konlari, savdo markazlari va/yoki komplekslarning bo‘limlari hamda seksiyalarida sotiladi.
Savdo zalida belgilangan tartibda metrologik nazoratdan o‘tkazilgan, birinchi yoki ikkinchi toifa aniqlikdagi (elektron yoki tahliliy) tarozilar va toshlar, uzuk o‘lchagichlar, barmoq o‘lchagichlar majburiy tartibda bo‘lishi shart.
Ixtisoslashtirilgan zargarlik do‘konlari, savdo markazlari va/yoki komplekslarning bo‘limlari hamda seksiyalarida O‘zbekiston Respublikasida belgilangan qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlardan yasalgan buyumlarning probalari to‘g‘risidagi axborot, shuningdek, qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlardan yasalgan zargarlik hamda boshqa buyumlarni tekshirish, tahlil qilish va tamg‘alash tartibini belgilaydigan normativ hujjatlardan ko‘chirmalar, asillik darajasi tamg‘alarining izlari, belgilangan namunadagi asillik darajasi belgilari izlarining tasviri, Davlat asillik darajasini belgilash palatasining chakana savdo huquqi uchun ro‘yxatdan o‘tkazish guvohnomasi, mazkur Qoidalar va xaridor uchun zarur bo‘lgan boshqa ma’lumotlar ko‘zga ko‘rinadigan joyga osib qo‘yilishi zarur.
O‘zlari ishlab chiqargan zargarlik buyumlarining chakana savdosini amalga oshiruvchi yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar (litsenziyaga ega zargarlik buyumlarini ishlab chiqaruvchilar) uchun O‘zbekiston Respublikasida belgilangan qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlardan yasalgan buyumlarning probalari to‘g‘risidagi axborot, asillik darajasi tamg‘alarining izlari, belgilangan namunadagi asillik darajasi belgilari izlarining tasviri, zargarlik buyumlarini ishlab chiqarish uchun beriladigan litsenziya, ishlab chiqaruvchining shaxsiy tamg‘asining kodi va xaridorlar uchun zarur bo‘lgan boshqa ma’lumotlar ko‘zga ko‘rinadigan joyga osib qo‘yilishi zarur.
Qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlardan yasalgan zargarlik va boshqa buyumlar faqat ularda ishlab chiqaruvchining shaxsiy tamg‘asi, Davlat asillik darajasini belgilash palatasi qo‘ygan asillik darajasi tamg‘asining belgisi yoki zargarlik buyumlarini ishlab chiqaruvchi tomonidan mustaqil ravishda qo‘yiladigan belgilangan namunadagi asillik darajasi belgisi izlari mavjud bo‘lsagina sotiladi (O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqarilgan zargarlik buyumlari uchun).
Zargarlik va boshqa buyumlarga qo‘yilgan asillik darajasining ishonchliligi uchun ularni ishlab chiqaruvchisi javobgar bo‘ladi.
CHet eldan sotish maqsadida keltirilgan xorijda ishlab chiqarilgan buyumlarda ham asillik darajasi belgisi va tamg‘a, Davlat asillik darajasini belgilash palatasining O‘zbekiston Respublikasi davlat asillik darajasi tamg‘amasining izi majburiy tartibda qo‘yilishi shart.
Gardishga solinmagan qimmatbaho toshlar qirralangan shaklda, gardishga solinmagan yarim qimmatbaho toshlar esa qayta ishlangan shaklda sotiladi.
Qirralangan olmos, zumrad, yoqut, la’l, aleksandritlar har bir shunday tosh yoki sotiladigan qimmatbaho toshlar to‘plami uchun import qiluvchining sertifikati bo‘lgan taqdirdagina sotiladi.
Sotilishi lozim bo‘lgan qirralangan qimmatbaho toshlar (0,3 karatdan ortiq) alohida o‘ramga ega bo‘lishi, shuningdek, gardishga solingan qimmatbaho tosh uchun import qiluvchining sertifikati bo‘lishi shart.
CHakana savdoga qo‘yilgan qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlardan yasalgan zargarlik va boshqa buyumlarda buyumning nomi, qimmatbaho metall turi, asillik darajasi, qo‘shimchalarning turlari va xususiyatlari, shu jumladan qimmatbaho toshning sifat hamda rangi va qiymati xususiyatlarini o‘zgartirgan ishlov berish usuli, buyumning chakana narxi ko‘rsatilgan tamg‘alangan yorliqli bo‘lishi kerak (qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlardan yasalgan zargarlik va boshqa buyumlar ulgurji sotilganda, har bir buyum uchun alohida tamg‘alangan yorliqlar bo‘lishi talab qilinmaydi).
Qimmatbaho toshlar xususiyatiga ega bo‘lgan sun’iy materiallardan qo‘shimchalar sifatida foydalanilganda, yorliqlarda ushbu tosh sun’iy tayyorlangani haqidagi axborot ko‘rsatilishi shart.
Qonun hujjatlariga muvofiq, tamg‘alanmaydigan qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlardan yasalgan zargarlik buyumlari va boshqa buyumlarning ayrim turlarida sifat sertifikati bo‘lishi zarur.
Qimmatbaho toshlar va qimmatbaho metallardan yasalgan zargarlik va boshqa buyumlar savdo zaliga qo‘yilishidan avval sotuvdan oldin tayyorgarlikdan o‘tishi zarur. Bu jarayon buyumlarni ko‘zdan kechirish va saralash, davlat asillik darajasi tamg‘asining izi yoki ishlab chiqaruvchi mustaqil ravishda qo‘ygan belgilangan namunadagi asillik darajasi belgisining (O‘zbekiston Respublikasi hududida ishlab chiqarilgan buyumlar uchun) va ishlab chiqaruvchining shaxsiy tamg‘asinining izi, plomba va yorliqlarning saqlangani, o‘lchamlari bo‘yicha saralanganligini tekshirishni o‘z ichiga oladi.
Ishlab chiqaruvchilarning rasmiy ro‘yxatdan o‘tgan shaxsiy tamg‘alari to‘g‘risidagi ma’lumotlar Davlat asillik darajasini belgilash palatasi tomonidan erkin foydalanish uchun O‘zbekiston Respublikasining ochiq ma’lumotlar portaliga joylashtiriladi.
Sotuvchi xaridorga malakali yordam ko‘rsatishi va qimmatbaho metallar hamda qimmatbaho toshlardan yasalgan buyumlarni tanlashda, yaxshi saqlashda zarur maslahat bilan ta’minlashi, xaridorni sotuvdagi mavjud namunalar bilan tanishtirishi kerak.
Xaridorning xohishiga ko‘ra, sotuvchi-xodim xaridor tanlagan qimmatbaho toshlar va metallardan yasalgan zargarlik buyumlarini do‘kon ish kunining oxirigacha bo‘lgan muddatgacha saqlab turish huquqiga ega.
Qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlardan yasalgan bezaklar alohida o‘rab joylangan bo‘lishi kerak.
Sotuvchi qo‘shimcha tovarlar sotishni tashkil etishi va xaridorga qo‘shimcha kompleks xizmatlar ko‘rsatishi mumkin (o‘yma naqsh solish, oldindan buyurtma qabul qilish, sovg‘ani etkazib berish va topshirish, chiroyli qilib o‘rab joylash va boshqa turdagi xizmatlar).
Sotuvchi xaridorga sotib olgan tovarni berishda unda davlat asillik darajasi tamg‘asining izi yoki ishlab chiqaruvchi mustaqil ravishda qo‘ygan belgilangan namunadagi asillik darajasi belgisining (O‘zbekiston Respublikasi hududida ishlab chiqarilgan buyumlar uchun) va ishlab chiqaruvchining shaxsiy tamg‘asinining izi, shuningdek, qirrali qimmatbaho toshlar uchun sertifikatni tekshirishi hamda bular haqida xaridorni xabardor qiladi.
Sotuvchi xaridorning talabiga binoan sotib olingan qimmatbaho toshlar va qimmatbaho metallardan yasalgan zargarlik va boshqa buyumlarni o‘lchashda xatoligi 0,01 grammdan oshmaydigan tarozilarda uning ishtirokida o‘lchaydi.
Sotuvchi xaridorning talabi bo‘yicha ishlab chiqaruvchilarning rasmiy ro‘yxatdan o‘tgan shaxsiy tamg‘alari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni taqdim qilishi shart.
Qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlardan yasalgan zargarlik hamda boshqa buyumlar almashtirilmaydi va qaytarib olinmaydi, ularda sotib olungunga qadar sotuvchi tomonidan qayd qilinmagan nuqsonlar (zirakka toshlar, ilgaklarning, bilakuzukka sharnirli birikmalarning bo‘sh mahkamlangani, yoriqlar, singan, tirnalgan joylar, g‘udurlar va boshqa nuqsonlar) aniqlangan, davlat asillik darajasi tamg‘asi yoki belgilangan namunadagi asillik darajasi belgisi izining zargarlik qotishmasining haqiqiy asillik darajasiga, buyum xususiyatining plombalangan yorliq ma’lumotlariga mos kelmagan holatlar bundan mustasno.
Sotilgan buyumlar, gardishga solinmagan qimmatbaho toshlar va qayta ishlov berilgan yarim qimmatbaho toshlar uchun xaridorga kassa cheki beriladi.
Qirrali qimmatbaho (0,3 karatdan ortiq) toshlar almashtirilishi va qaytarilishi mumkin emas.
Qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlardan yasalgan buyumlarda sotuvchi tomonidan qayd qilinmagan nuqsonlar aniqlangan taqdirda, xaridor ularni xarid qilingan kundan boshlab 6 oy ichida xarid narxi tegishlicha qayta hisoblangan holda, shunday buyumlarga yoki boshqa buyumlarga almashtirish huquqiga ega yoki ulardagi nuqsonlar tekin bartaraf etilishi yoxud xarid narxi mutanosib ravishda kamaytirilishi kerak.
Xaridor, shuningdek, zarari qoplangan holda oldi-sotdi shartnomasini bekor qilishga ham haqli. Xaridorning ko‘rsatib o‘tilgan talablari tovar cheki nusxasi taqdim etilgandan keyingina ko‘rib chiqiladi.
Almashtirish yoki nuqsonlarni tekinga bartaraf etish muddati buzilgan taqdirda, sotuvchi «Iste’tovarchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq jarima to‘lashi shart.
Sifatga oid nuqsonlar paydo bo‘lishi sabablari masalasida kelishmovchiliklar kelib chiqsa, sotuvchi qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlardan yasalgan buyumni xaridordan qabul qilib olishga va uni mustaqil ekspertiza o‘tkazish uchun Davlat asillik darajasini belgilash palatasiga yuborishga majbur, ekspertizadan o‘tkazish ishlari uchun to‘lov sotuvchi tomonidan to‘lanadi.
Mahsulot sifati bo‘yicha e’tirozlar Davlat asillik darajasini belgilash palatasining xulosasiga asosan asossiz bo‘lgan taqdirda, xaridor qonun hujjatlarida belgilangan tartibda sotuvchining xarajatlarini to‘liq qoplaydi.
Sotilgan qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlardan yasalgan buyumlar uchun xaridordan naqd pullar qonun hujjatlariga muvofiq axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda, nazorat-kassa mashinalari yoki to‘lov terminallari orqali qabul qilinadi hamda albatta chek beriladi.
Qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlardan yasalgan buyumlar bilan vositachilik savdosi tovarlar bilan vositachilik savdosi qoidalariga muvofiq faqat mazkur Qoidalarning 92-93-bandlarida ko‘rsatilgan va Davlat asillik darajasini belgilash palatasining guvohnomasiga ega bo‘lgan yuridik shaxslar tomonidan savdo ob’ektlarida amalga oshiriladi.
Sotuvchi qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlardan yasalgan buyumlarni sotish qoidalarini buzganligi, zargarlik buyumlarini asillik darajasini belgilash va tamg‘alash, shuningdek, kirim qilinmagan kontrafakt mahsulotlarni sotganligi uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar bo‘ladi.
Mazkur bandning buzilishi O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq javobgarlikka sabab bo‘ladi.


Nazorat savollari

  1. Qimmatbaho metallardan va qimmatbaho toshlardan yasalgan buyumlar bilan chakana savdo qilish xususiyatlari

  2. Qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlardan yasalgan zargarlik hamda boshqa buyumlar almashtirish va qaytarib olish tartibi

  3. Sifatga oid nuqsonlar paydo bo‘lishi sabablari




Download 0.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   31




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling