Chakana savdoni tashkil etish va texnologiyasi
-Mavzu:Qandolat maxsulotlarini qadoqlash va sotish
Download 0.49 Mb.
|
CHAKA SAVDO MARUZA
7-Mavzu:Qandolat maxsulotlarini qadoqlash va sotish
Reja: Qandolat mahsulotlari guruhlanishi Qand va shakar mahsulotlarini saqlash SHokolad mahsulotlarini saqlash Yorma bug‘doy, tariq, arpa, javdar bug‘doy, sholi, suli, makkajo‘xori va ayrim dukkakli o‘simliklar donidan tayyorlanadi. Boshoqli o‘simliklar(dukkakli o‘simliklar bundan mustasno) donining tuzilishi taxminanbir xil bo‘lib, qobiqlar (mevali va urug‘li), aleyron qatlam, unli yadro(endosperma) va murtak (zarodish) dan iborat. Suli, arpa, javdar bug‘doy, tariq va sholi donining sirti, mevali va urug‘lik qobig‘idan tashqari,po‘st (rangli — gul qobiq) bilan qoplangan.To‘yimlilik qimmati jihatidan donning qismlari bir xil emas. Qobiq,asosan, kletchatkadan iborat bo‘lib, organizmda yaxshi hazm bo‘lmaydi.Aleyron qatlam oqsilga boy bo‘lsa-da, serkletchatkadir. Donning eng qimmatli qismi un yadrosi bo‘lib, unda oqsil va kraxmal ko‘p. Bug‘doy uni (kepakli undan tashqari), odatda, mayin tortish usuli bilan olinadi. Mayin tortish usulining mohiyati shundan iboratki, unda bug‘doy doni begona aralashmalardan tozalangandan keyin yorma qilib yanchiladi, yorma yirik-maydaligiga qarab navlarga ajratilgach, yana alohida-alohida tortiladi. Un necha nav qilib tortilishiga qarab, mayin tortish bir xil navli, ikki xil navli va uch xil navli bo‘lishi mumkin. Un tur va navlarga bo‘linadi. Uning turi un olingan don ekini bilan belgilanadi. Nima maqsadga mo‘ljallanganligiga qarab, uning turlari (nonbop, makaronbop va boshqalarga) sifatiga qarab, tovar navlariga bo‘linadi. Unli qoplar tovar qo‘ygichlarda saqlanishi lozim. Shtabel (tax) larningm balandligi, yil fasliga qarab, 8—14 qopdan oshmasligi kerak. Shtabellar orasi bilan tashqi devorlar orasidagi masofa kamida 0,75 m keladigan qilib joylashtiriladi, shtabellar orasidagi yo‘l esa kamida 0,5 m bo‘lishi lozim. Un 0 dan 10°C haroratda ham, minus haroratda ham saqlanishi mumkin. Un uzoq saqlanadigan binodagi havoning nisbiy namligi 50—60%, qisqa muddat saqlansa, 65—75 % bo‘lishi lozim. Un uchun tabiiy kamayish rayonning qayerda joylashganligi va yil fasliga qarab 0,25— 0,30% nitashkil etadi. Qandolat mahsulotlari quyidagi guruhlarga bo‘linadi: meva va rezavor-meva mahsulotlari, shokolad va kakao kukuni, karamel mahsulotlari, konfetlar, draje, iris, undan tayyorlangan qandolat mahsulotlari, xolva, sharq shirinliklari, parhez va vitaminlashtirilgan qandolat mahsulotlari. Meva va rezavor-mevali mahsulotlar. Bu guruhga marmelad, pastila, murabbo, jem, povidlo, konfityur, jele va sukatlar kiradi. Pastila meva va rezavor — meva pyuresini tuxum oqsili, shakar, patoka, agar hamda har xil xushbo‘y ta’m va bo‘yoq moddalari bilan aralashtirishdan hosil bo‘ladigan mahsulotdir. Pastila unga qo‘shilgan jelelovchi massaga ko‘ra yopishqoq moddali va qaynatma bo‘ladi. Damlama pastila olma-shakar-marmelad massasiga yopishkoq moddali sharbat aralashtirmasdan tayyorlanadi. Qo‘shilgan moddalariga va ta’miga qarab, qaynatma pastila klyukvali, ryabinali, o‘rikli, olxo‘rili, limonli, mandarinli va boshqa turlarga bo‘linadi. Murabbo — mevalar, rezavorlar, dumbul yong‘oq, atirgul bargi, qovun, qovoq qand sharbatida yoki patoka qo‘shilgan qand sharbatida pishirib tayyorlanadi. Konfetlar quyidagi uch guruhga: nachinkali shokolad konfetlar, sirlanmagan konfetlar va sirlangan konfetlarga bo‘linadi. Qand quruq, yaxshi shatovarlatib turiladigan omborlarda o‘tkir hidli tovarlar hamda buyumlardan uzoqda saqlanishi zarur, chunki u namlanish va yot hidlarni o‘ziga qabul qilish xususiyatiga ega. SHakar saqlanadigan xona havosining nisbiy namligi 70% dan, chaqmoq qand saqlanadigan xonaniqi 80% dan oshmasligi kerak. Qand yuqori va past haroratda ham saqlanaverishi mumkin, ammo xona havosining harorati tashqi havo haroratidan bir muncha yuqori bo‘lishi kerak, chunki tashqi havodagi ancha iliq suv bug‘lari sovuq xonaga kirib, xona havosining nisbiy namligini keskin oshirib yuboradi. Qand solingan qoplar quruq va toza chipta, brezent yoki sholchalar bilan qoplangan maxsus o‘ringa taxlab qo‘yiladi. Agar qoplar namlansa, qandni boshqa quruq idishga bo‘shatib quyish kerak. Qand solingan qoplar va yashiklarni tashishda ularni kirlanish va namlanishdan saqlash uchun ustiga brezent yopib qo‘yiladi. Yilning fasli va savdo korxonasining joylashgan joyiga qarab, qand-shakar uchun — 0,15—0,20%; oq qand uchun — 0,20—0,25%; qand talqoni uchun 0,35% tabiiy kamayish ko‘zda tutilgan. SHokolad mahsulotlari va kakao kukuni quruq, toza, shatovarlatib turiladigan, ombor zararkunandalari hamda begona hidlardan holi xonalarda saqlanadi. SHokolad solingan yashiklar stellajlarga taxlanib, devordan kamida 0,7 m uzoqlikka qo‘yilishi kerak. SHokoladni vodoprovod va kanalizatsiya trubalari, isitish batareyalari, pechka hamda mo‘rilarga yaqin joyda saqlash mumkin emas. SHokoladni quyosh nuri ta’siridan saqlash kerak, chunki quyosh nurida u eriydi yoki o‘ziga xos yaltiroqligini yo‘qotadi. SHokolad va kakao-kukun saqlanadigan xonaning harorati keskin suratda past-baland bo‘lib turmaydigan va 18°C dan oshmaydigan, havosining nisbiy namligi ko‘pi bilan 75% bo‘lishi kerak. Belgilangan kafolatli saqlash muddati quyidagicha: oddiy va qo‘shimchasiz desertli shokoladniki olti oy, zar qog‘ozga o‘ralgan qo‘shimchalisiniki — uch oy; nachinkali shokoladniki — uch oy; tunuka bankali kakao kukuniniki bir yil, karton quticha va pachkalisiniki — olti oy, qog‘oz xaltachaga solinganiniki — uch oy, yashik va kichik bochkalarga solinganiniki — uch oy. Nazorat savollari Qandolat mahsulotlari guruhlanishi Qand va shakar mahsulotlarini saqlash SHokolad mahsulotlarini saqlash Download 0.49 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling