Chakana savdoni tashkil etish va texnologiyasi
Mustahkamlash uchun savollar
Download 0.49 Mb.
|
CHAKA SAVDO MARUZA
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3-Mavzu: Chakana savdoda oziq-ovqat maxsulotlarini sotish. Sut va sut maxsulotlarini sotish qoidalari. Reja
Mustahkamlash uchun savollar
1. Chakana savdoda xaridorlarning talab-ehtiyojlarini o'rganish va tahlil qilishning mohiyati nimada? 2. Mollaming savdo assortimenti nima, do`kondagi mollar assortimentini shakllantirishga cjaysi omillar ta’sir ko`rsatadi? 3.Kim lomondan va nima uchun mollaming assortment ro`yxati tuziladi? 4. Do‘kondagi mollar assortimentining to‘la-to`kisligi va barqarorligini qaysi ko'rsatkichlar yordamida aniqlash mumkin? 3-Mavzu: Chakana savdoda oziq-ovqat maxsulotlarini sotish. Sut va sut maxsulotlarini sotish qoidalari. Reja: Sut. Sutning kimyoviy tarkibi. Sutning oziqlilik qiymati. Sut turlari. Sutning sifatiga qo‘yiladigan talablar Sut va sut maxsulotlarini sotish qoidalari. Oziq-ovqat tovarlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarda, oziq-ovqat mahsulotlari tarkibiga kiradigan ingredintlarning nomlari, shu jumladan oziq-ovqatga solinadigan qo‘shimcha masalliqlar; oziqlik qiymati (mahsulotning kaloriyaliligi, oqsillar, yog‘, uglevodlar, vitaminlar, mikroelementlar mavjudligi), og‘irligi va metrik birliklardagi hajmi to‘g‘risidagi ma’lumotlar; qo‘llaniladigan sohasi (bolalar, davolash-profilaktika, oziq-ovqat mahsulotlari va parhez taomlar va boshqalar uchun); tayyorlash usullari va shartlari (konsentratlar va yarim tayyor mahsulotlar uchun) va qo‘llanilishi (bolalar, davolash-profilaktika mahsulotlari va parhez taomlar uchun); muvofiqlik sertifikati yoki mahsulotning tayyorlovchi korxonalarda sertifikatsiya qilinganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar «(majburiy tartibda sertifikatlanishi shart bo‘lgan mahsulotlar uchun); saqlash shartlari (ular uchun saqlash sharoitlariga nisbatan majburiy talablar belgilangan tovarlar uchun); tayyorlangan sanasi; kasalliklarning ayrim turlarida iste’tovar qilish nojoizligi (ular to‘g‘risidagi ma’lumotda kasalliklarning ayrim turlarida iste’tovar qilish nojoizligi to‘g‘risida ma’lumot bo‘lishi kerak bo‘lgan tovarlar uchun); tamaki mahsuloti qutisi (o‘rami) old tomoni asosiy maydonining kamida qirq foizini va orqa tomonidagi asosiy maydonning kamida 40 foizini egallaydigan, shuningdek alkogolli mahsulot idishi etiketkasi asosiy maydonining kamida 40 foizini egallaydigan matnli yozuv va (yoki) rasm shaklidagi tibbiy ogohlantirish bo‘lishi kerak. Oziq-ovqat tovarlarini vitrinada quyosh nurlari va yog‘ingarchiliklarning to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta’siriga uchraydigan holatda, shuningdek tovarlarni yonma-yon saqlash tartibi buzilgan holda saqlashga va joylashtirishga yo‘l qo‘yilmaydi. Go‘sht-sut, baliq, qandolatchilik mahsulotlari (biskvit tortlar, pirojnoelar va boshqalar), yarim tayyor mahsulotlar, tayyor masalliqlar va boshqa tez buziladigan mahsulotlarni sotishga faqat sovutiladigan peshtaxtalar, vitrinalar bo‘lgan taqdirda ruxsat beriladi. Sut — asosiy oziq-ovqat mahsulotlaridan biridir. Unda kishi organizmi uchun g‘oyat muhim va zarur bo‘lgan barcha oziq moddalari mavjud. Sut tarkibida 3—4% oqsil, 3—5% yog‘, 4,5—5% sut shakari, 0,6—0,8% mineral moddalar, 87—89% suv, A, B, B12, C, D, E, PP vitaminlari bor. YOg‘i olinmagan sutda kishi organizmiga zararli bo‘lgan bakteriyalarni yo‘qotishga qodir bo‘lgan immun deb ataluvchi modda mavjud. Sut tez buziluvchan mahsulot hisoblanadi, chunki u mikroorganizmlarning rivojlanishi uchun qulay muhitdir. Ko‘pincha, sut bakteriyalar ta’sirida iriydi. Savdoga keltirilgan sigir suti termik ishlov berilishiga ko‘ra pasterizatsiya qilingan, sterilizatsiya qilingan, qaynatib, pishirilgan, tarkibiga ko‘ra esa — yog‘i olinmagan (me’yorlashtirilgan va qayta tiklangan), seryog‘, yog‘sizlantirilgan oqsil moddali, vitaminlashtirilgan, ionitli, yog‘i olinmay kofe yoki kakao qo‘shilgan bo‘ladi. Sut joylangan idishga ko‘ra: qadoqlangan — shisha yoki parafinlangan qog‘oz butilkalarga yoki polimer bilan qoplangan qog‘oz xaltachalarga quyilgan; flyagalarga quyilib plombalangan (qaynatilgandan keyin ovqatga ishlatish uchun mo‘ljallangan); termotsisternali — sut sisternalarga quyilib jo‘mrak va lyuklari plombalangan bo‘ladi. Sigir iste’tovar qilgan oziq (piyoz, sarimsoq, shuvoq va boshqalar) ning ta’mi sezilib turgan, achimsiq, mog‘or va boshqa ta’m, hidli bo‘lgan, yopishqoq konsistensiyali, nordon va boshqa kamchiliklari bo‘lgan sut savdoga chiqarilmaydi. Savdo tarmog‘ida sutni 8°C dan oshmagan haroratda saqlash kerak. Bunday sharoitda sut ko‘pi bilan 12 soat saqlanadi. Quyib sotiladigan sut uchun tabiiy kamayish me’yori — 0,05% dir. Nazorat savollari Oziq- ovqat mahsulotlarini sotishda qanday qoidalarga rioya qilish kerak? Sutning kimyoviy tarkibi. Sutning oziqlilik qiymati. Sutning sifatiga qo‘yiladigan talablarni ayting. Sut va sut maxsulotlarini sotish qoidalari. Download 0.49 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling