Chakana savdoni tashkil etish va texnologiyasi


Download 0.49 Mb.
bet9/31
Sana11.09.2023
Hajmi0.49 Mb.
#1676024
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   31
Bog'liq
CHAKA SAVDO MARUZA

Uyga vazifa. Mavzuni konspektlashtirish. Asosiy tushuncha va iboralarni o‘rganish. Mustaqil o‘qish. Internetdan mavzuga oid materiallarni izlash.
4-Mavzu:Lazzatli mahsulotlarning turlari,spirtli ichimliklar va sotish qoidalari


Reja:

  1. Lazzatli mahsulotlarning turlari

  2. Alkogolli mahsulotlar bilan chakana savdo qilish tartibi

  3. Alkogolli mahsulotlar sotilishi taqiqlangan xolatlar



Choy. Choy yoqimli ta’mi va xushbo‘yligi, shuningdek, sog‘lomlashtiruvchi hamda parxez xususiyatlari tufayli juda keng tarqalgan
ichimlik hisoblanadi. Choyning sifati ko‘k choy bargining kimyoviy
tarkibiga bog‘liq.Tayyor choyning sifatiga,shuningdek, ko‘k bargga ishlov berish usuli ham ta’sir qiladi. Ishlov berish usuliga ko‘ra bayxa (sochma) va presslangan choy (taxta choy va tosh choy)larga bo‘linadi. Rangiga ko‘ra choy famil hamda ko‘k; o‘stirilgan joyigako‘ra— gruzin, ozarbayjon, krasnodar, hind, seylon choyi vaboshqaturlarga bo‘linadi.
Kofe. Kofe tropik iqlimdagi mamlakatlarda o‘sadigan kofe daraxti
mevasining urug‘dan olinadi. Kofe daraxtining mevasi olcha kattaligida
bo‘lib, ikkita, ba’zan bitta urug‘ soladi. Kofe terib olingandan keyin
etidan tozalanadi, silliqlanadi, sifatiga qarab navlarga ajratiladi va
qoplarga joylab uzoq muddat saqlanadi.
Alkogolli mahsulotlar bilan chakana savdo qilish belgilangan tartibga muvofiq berilgan alkogolli mahsulotlar bilan chakana savdo huquqi uchun ruxsatnoma asosida va ushbu maqsadlar uchun himoyalangan fiskal xotiraga ega bo‘lgan nazorat-kassa mashinalaridan, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda esa onlayn nazorat-kassa mashinalari yoki virtual kassalardan, shuningdek bank plastik kartochkalaridan to‘lovlarni qabul qilish bo‘yicha hisob-kitob terminallaridan majburiy tartibda foydalangan holda amalga oshiriladi.
Sifatiga ko‘ra texnik reglamentlar yoki standartlarning majburiy talablariga muvofiq bo‘lgan, belgilangan namunadagi aksiz markalari bilan markalangan (pivodan tashqari) alkogol va tamaki mahsulotlari sotilishi kerak.
Alkogol va tamaki mahsulotlarining, shu jumladan import alkogol va tamaki mahsulotlarining sotuvchisi mahsulotlarning har bir nomi bo‘yicha tayyorlovchi yoki etkazib beruvchining imzosi bilan tasdiqlangan hamda hisobga olish va ro‘yxatdan o‘tkazish raqamlari, uning amal qilish muddati va sertifikatni bergan organ ko‘rsatilgan holda mahsulotning har bir nomi bo‘yicha muvofiqlik sertifikati mavjudligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar mavjud bo‘lgan tovar-transport hujjatlariga ega bo‘lishi kerak.
Muvofiqlik sertifikati xaridorning talabiga ko‘ra sotuvchi tomonidan taqdim etilishi kerak. Sertifikatsiyalangan mahsulot belgilangan tartibda muvofiqlik belgisi bilan markalanadi.
Alkogolli mahsulotlar bilan chakana savdo qilish faqat alkogolli mahsulotlarni saqlash va sotishning sanitariya normalari va qoidalariga muvofiq bo‘lgan omborxonalari va asbob-uskunalari bo‘lgan (shu jumladan nazorat-kassa mashinalarini, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda esa onlayn nazorat-kassa mashinalari yoki virtual kassalarni va bank plastik kartochkalaridan to‘lovlarni qabul qilish bo‘yicha hisob-kitob terminallarini qo‘llanish, moddiy boyliklarning to‘liq saqlanishini ta’minlash sharoitlariga ega bo‘lgan), alohida kirish joyi hamda shaharlarda — kamida 25 kvadrat metrli, qishloq joylarda — kamida 15 kvadrat metrli (faqat alkogolli mahsulotlar sotish uchun mo‘ljallangan) savdo zali, uzoq tog‘li joylarda — alohida savdo bo‘limi mavjud bo‘lgan turg‘un savdo shoxobchalarida amalga oshirilishi mumkin.
Mulkchilik shakllaridan qat’i nazar, chakana savdo ob’ektlari tomonidan alkogolli mahsulotlarni sotish vaqti Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari huzuridagi maxsus komissiyalar tomonidan, alkogolli mahsulotlar sotish shartlariga muvofiq belgilanadi.
Alkogol va tamaki mahsulotlarini:

  • bolalar o‘yinchoqlari, konfetlar yoki bolalar assortimenti boshqa tovarlari ko‘rinishida;

  • sotish joylarida alkogolli ichimliklar yigirma yoshga to‘lmagan shaxslarga sotilmasligi, shuningdek alkogolli mahsulotlar va tamaki mahsulotlarining inson sog‘lig‘iga salbiy ta’siri to‘g‘risida ogohlantiruvchi yozuvlar bo‘lmaganda;

  • alkogolli mahsulot idishida yoki tamaki mahsuloti qutisida (o‘ramida) alkogolli mahsulotlar va tamaki mahsulotlarini iste’tovar qilishning inson sog‘lig‘iga salbiy ta’siri to‘g‘risidagi matn va (yoki) rasm shaklidagi tibbiy ogohlantirish mavjud bo‘lmaganda;

  • 20 yoshga to‘lmagan shaxslarga;

  • muvofiqlik sertifikatisiz;

  • yaroqlilik muddati o‘tib ketgan holda;

  • aksiz markalari bilan markalanmagan holda (pivodan tashqari) yoki qalbaki aksiz markalari bilan;

  • ishlab chiqarilgan korxonani aniqlash imkonini beradigan darajada aniq markalanmagan holda;

  • alkogolli mahsulotlar tayyorlashga litsenziyasi bo‘lmagan mahalliy ishlab chiqaruvchi tomonidan tayyorlanganda;

  • alkogol va tamaki mahsulotlarini etkazib berish huquqiga ega bo‘lmagan yoki bojxona tartibga solishi, savdo belgilari va firma nomlaridan foydalanish sohasidagi qonun hujjatlarida, boshqa normativ-huquqiy hujjatlarda belgilangan qoidalarni buzgan holda etkazib bergan etkazib beruvchilardan sotib olinganda;

  • alkogolli mahsulotlarni saqlash va sotish uchun sanitariya normalari va qoidalariga muvofiq bo‘lmagan xona va joylarda;

  • ta’lim, sport va diniy muassasalardan kamida besh yuz metr radiusda joylashgan savdo korxonalarida;

  • tamaki mahsulotlariga nisbatan – donalab, qutisiz (o‘ramsiz);

  • savdo avtomatlari orqali;

  • jamoat transporti bekatlarida, shu jumladan metropoliten bekatlarida, jamoat joylarida va dam olish joylarida, davolash-profilaktika va sport-sog‘lomlashtirish muassasalari hududida, ushbu muassasalar va ishlab chiqarish korxonalarining oshxonalarida, aeroportlarga, temir yo‘l vokzallari va avtostansiyalarga tutashib ketgan joylarda joylashgan savdo korxonalarida;

  • etiketkalarsiz, iflos (ichki yoki tashqi tomoni), singan (og‘zi uchgan, yorilgan), tiqini uchgan, umumiy ko‘rinishi tiniq bo‘lmagan, chet narsalar aralashgan, cho‘kindili butilkalarda (vinolar to‘plamidan tashqari);

  • alkogolli mahsulotlarga qonun hujjatlarida belgilangan eng past chakana narxdan past narxlarda (pivodan tashqari) sotish taqiqlanadi.

Alkogolli mahsulotlarni va tamaki mahsulotlarini sotayotgan sotuvchi ko‘rinishi yigirma yoshdan kichik ko‘ringan xaridordan uning yoshini tasdiqlovchi hujjatni ko‘rsatishni talab qilishi, hujjat mavjud bo‘lmagan taqdirda esa alkogolli mahsulotlarni va tamaki mahsulotlarini sotishni rad etishi shart.


Alkogol va tamaki mahsulotlari mahsulotning tegishli turi bo‘yicha normativ hujjatlar talablariga muvofiq holda saqlanishi kerak. Uzum, meva vinolari, konyaklar, shampan quyilgan, po‘stloq tiqinli butilkalar tiqinlarning qurib qolmasligi va havo kirmasligi uchun omborxonalarda yotiq holatda, boshqacha tiqinli butilkalar esa tik holatda saqlanadi.
Sotuvchi alkogol va tamaki mahsulotlarini savdo zaliga qo‘yishdan oldin tashqi belgilariga qarab ularning sifatini tekshirib ko‘rishga majburdir. Alkogolli mahsulotlarni sotish chog‘ida sotuvchi sotuvdagi mavjud tovar namunalariga mahsulot nomi yozilgan, ularning idishi va qadoqlash qiymati qo‘shilgan narxlari ko‘rsatilgan narxnomalarni birkitib qo‘yadi.
Sotuvchi-xodimlarning ish o‘rinlari (alkogolli mahsulotlarni quyib sotuvchi shaxslar uchun) tegishli savdo uskunasi, davlat tekshiruvidan o‘tgan o‘lchov menzurkalari va o‘lchov krujkalari bilan jihozlangan va alkogolli mahsulotlarni 20 yoshga to‘lmagan shaxslarga sotishga yo‘l qo‘yilmasligi, alkogolli mahsulotlarning inson sog‘lig‘iga salbiy ta’siri to‘g‘risidagi ogohlantiruvchi yozuvga ega bo‘lishi kerak. Xaridor kamchiliklari bo‘lgan alkogol va tamaki mahsulotlari sotib olgan taqdirda sotuvchi xaridor talabiga ko‘ra ularni sifatli tovarga almashtirib berishga yoki, agar mazkur kamchiliklar tovarning yaroqlilik muddati doirasida aniqlangan bo‘lsa, xaridorga uning to‘lagan summasini qaytarib berishga majburdir.
Sotuvchi aybi bilan belgilangan yaroqlilik muddati doirasida kamchiliklari bo‘lgan alkogol va tamaki mahsulotlarini sotish oqibatida iste’tovarchi hayoti va salomatligiga etkazilgan zarar amaldagi qonunchilikka muvofiq qoplanishi kerak.
Tashkiliy-huquqiy shakllaridan qat’i nazar, chakana savdo korxonalarining sotuvchi-xodimlari, rahbarlari va boshqa mansabdor shaxslari aholiga alkogol va tamaki mahsulotlari sotish tartibini buzganlik yoki yomon sifatli alkogol va tamaki mahsulotlari sotganlik, shuningdek ularni saqlash tartibini buzganlik uchun amaldagi qonunchilikka muvofiq javob beradilar. Pivo alkogolli mahsulot hisoblanadi (alkogolsizlari bundan mustasno).


Nazorat savollari

  1. Alkogolli mahsulotlar bilan chakana savdo qilish tartibi

  2. Alkogolli mahsulotlar sotilishi taqiqlangan xolatlar

  3. Alkogolli mahsulotlarni saqlash sharoitlari




Download 0.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   31




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling