Cherchillning Fultondagi nutqi Chop etilgan19. 12. 2018MuallifZiyouz uz


Download 384.27 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/8
Sana09.09.2020
Hajmi384.27 Kb.
#128850
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
nutqlar



batamom chetga surib qo‘yish kerak emas. Yevropadagi ushbu qudratli ikki asosiy irq o‘rtasidagi nizolar 

tufayli ilgari qancha qirg‘inbarotlar bo‘lgan, ko‘z o‘ngimizda jahon urushlari bo‘lib o‘tdi. Umrimiz 

mobaynida ikki marta Qo‘shma Shtatlar o‘z xohishi va an’analariga xilof ravishda, yaqqol ko‘rinib turgan 

dalillarga qarshi o‘laroq dahshatli xunrezliklar va yo‘qotishlarga qaramay haq ishning g‘alabasini 

ta’minlash uchun yengib bo‘lmaydigan kuchlar tomonidan ushbu urushlarga jalb etildi. Ikki marta 

Qo‘shma Shtatlar o‘zining millionlab yoshlarini Atlantika okeanining naryog‘idagi urushga jo‘natishga 

majbur bo‘ldi. Biroq hozirgi vaqtda har qanday mamlakat, mag‘ribu mashriqning qayerida 

joylashganidan qat’i nazar, urush balosiga yo‘liqishi mumkin. Biz shubhasiz Birlashgan Millatlar Tashkiloti 

doirasida, uning nizomiga muvofiq Yevropani yalpi tinchitishdek ulug‘ maqsad yo‘lida harakat qilishimiz 

kerak. Bu, mening fikrimcha, nihoyatda muhim ahamiyatga ega siyosatdir. 

 

Evropani ko‘ndalangiga ajratib qo‘ygan «temir parda»ning boshqa tarafida xavotirlanish uchun boshqa 



sabablar bor. Italiyada kommunistik partiyaning faoliyati kommunistlar ta’limini olgan marshal Titoning 

Adriatika markazidagi Italiyaning sobiq hududiga qilayotgan da’vosini qo‘llab-quvvatlash zarurati tufayli 

tang ahvolga solib qo‘yilgan. Shunga qaramay Italiyadagi vaziyat noaniqligicha qolmoqda. Bundan 

tashqari, tiklangan Yevropani qudratli Frantsiyasiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Umr bo‘yi men dunyoda 

qudratli Frantsiya mavjud bo‘lishining tarafdori bo‘lib keldim, hatto eng og‘ir kunlarda ham uning 

kelajagi porloq bo‘lishiga ishonganman. Bunga hozir ham ishonaman. Lekin Rossiya chegaralaridan olisda 



joylashgan ko‘pgina mamlakatlarda kommunistik beshinchi kolonnalar tuzilgan. Ular batamom 

hamjihatlikda, kommunistik markazdan olinadigan ko‘rsatmalarga to‘la bo‘ysungan holda ish qiladilar. 

Kommunistik partiyalar yoki beshinchi kolonnalarning xristian tsivilizatsiyasiga solayotgan xavf-xatari va 

tahdidi tobora kuchayib bormoqda, kommunizm hali go‘daklik pallasida bo‘lgan Britaniya hamdo‘stligi va 

Qo‘shma Shtatlar bundan mustasno. Bularning bari tinchlik va demokratiya uchun qo‘lda qurol bilan 

yelkama-elka kurashib birgalikda erishilgan g‘alabadan so‘ng ko‘p vaqt o‘tmay aytishga to‘g‘ri kelayotgan 

noxush faktlardir. Ammo hali vaqt borida ularni payqamaslik o‘taketgan kaltafahmlik bo‘lur edi. Uzoq 

Sharqdagi, ayniqsa Manchjuriyadagi vaziyat ham kishida xavotir uyg‘otadi. Yaltada erishilgan kelishuv, 

unga men ham doxilman, Rossiya uchun nihoyatda maqbul bitim bo‘lgan edi. Ammo u hech kim urush 

1945 yilning yozida yo kuzida tugaydi deb ayta olmaydigan va Yaponiya bilan bo‘ladigan urush 

Germaniyaga qarshi urush tugaganidan so‘ng 18 oy ichida kechishi kutilayotgan bir paytda tuzilgan edi. 

Siz Uzoq Sharqda bo‘layotgan ishlardan juda yaxshi xabardorsiz va Xitoyning sodiq do‘sti hisoblanasizki, 

mening u yerdagi ahvol haqida gapirib o‘tirishimga hojat yo‘q. 

 

Men sizga G‘arbda ham, Sharqda ham butun dunyoni qoplayotgan ko‘lankani tasvirlab berishga o‘zimni 



burchliman deb bildim. Versal shartnomasi tuzilayotganda men vazir hamda Buyukbritaniyaning 

Versaldagi delegatsiyasiga rahbarlik qilayotgan janob Lloyd Jorjning yaqin do‘sti edim. U yerda erishilgan 

shartlashuvlarning ko‘piga qo‘shilmagan bo‘lsam ham menda o‘sha davrdagi vaziyat haqida yorqin 

taassurot qolgan edi. Uni hozirgisi bilan taqqoslash men uchun juda og‘ir. U davr qalblarni boshqa urush 

bo‘lmaydi va Millatlar ligasi har narsaga qodir kuchli tashkilotga aylanadi degan ulkan orzu-umidlar va 

cheksiz ishonch hissi qamrab olgan davr edi. Bugun men dunyomizning horg‘in chehrasida shunday 

ishonch va orzu-umidlarni ko‘rmayapman ham, sezmayapman ham. 

 

Ikkinchi tomondan, men yangi urush muqarrar, buning ustiga u yaqin orada boshlanadi degan fikrni 



xayolimdan quvaman. Shuning uchun quvamanki, taqdirimiz o‘z qo‘limizda ekanligiga, urushning oldini 

ola olishimizga ishonaman. Qulay fursat va imkoniyat tug‘ilgan ekan, ushbu masala bo‘yicha fikr 

bildirishni o‘z burchim deb bilaman. Men Rossiya urushni xohlashiga ishonmayman. U nimani 

xohlayotgan bo‘lsa, bu urushning hamda o‘z qudrati va ta’limotini keng yoyishning natijalaridir. Ammo 

biz bu yerda bugun, hali vaqt borida urushning abadiy oldini olish va barcha mamlakatlarda iloji boricha 

tezroq erkinlik va demokratiya qaror topishi uchun shart-sharoit yaratish haqida o‘ylashimiz shart. Agar 

qiyinchilik va xavf-xatarlarni ko‘rib ko‘rmaslikka olsak yoki nima bo‘lar ekan deb kutib o‘tirsak yoxud 

yarashtirish siyosatini yuritsak, ular o‘z-o‘zidan yo‘q bo‘lib ketmaydi. Biz ularni hal qilishga erishishimiz 

kerak, bu qancha ko‘p vaqtni olsa shuncha qiyin kechadi va oldimizdagi xavf-xatarlar yanada dahshatli 

tus oladi. Urush davridagi ittifoqchilarimiz bo‘lmish rus do‘stlarimizning xatti-harakatlarini kuzatib 

shunday xulosaga keldimki, ular hech nimani kuch-qudratni qadrlaganchalik qadrlamaydilar va hech 

nimaga harbiy zaiflikka qaraganchalik nopisandlik bilan qaramaydilar. Shu sababga ko‘ra endilikda 

kuchlar tengligiga asoslangan eski doktrina yaroqsizdir. Biz ozgina qo‘limiz ustun-ku degan fikrdan kelib 

chiqib harakat qilishni o‘zimizga ep ko‘ra olmaymiz, chunki bu kuchni sinab ko‘rish vasvasasini keltirib 

chiqaradi. Agar g‘arb davlatlari birgalikda Birlashgan Millatlar Tashkiloti nizomi printsiplariga qat’iy 

sodiqligicha qolsalar, ularning ushbu printsiplar rivojiga ko‘rsatadigan ta’siri juda katta bo‘ladi va hech 

kim ularning barqarorligiga putur yetkaza olmaydi. Biroq ular tarqoq bo‘lishsa yoki o‘z burchini bajara 

olishmasa va ushbu hal qiluvchi yillarni o‘tkazib yuborishsa, unda rostdan ham hammamiz falokatga 

yo‘liqamiz. 

 

O‘tgan safar, voqealarning xuddi shunday rivojlanishini kuzata turib, men bor ovozim bilan 



vatandoshlarimni va butun dunyoni xavfdan ogohlantirmoqchi bo‘ldim, ammo hech kim gaplarimga 

quloq solishni istamadi. 1933 yilgacha, hatto 1935 yilgacha ham Germaniyani boshiga tushajak dahshatli 



qismatdan asrab qolish mumkin edi, shunda Gitler insoniyat boshiga baxtsizligu kulfatlar yog‘dira 

olmagan bo‘lardi. O‘z vaqtida chora ko‘rilganda kechagina tugagan, yer yuzining katta qismini vayronaga 

aylantirgan urushning osongina oldini olish mumkin edi, tarixda hali bunaqasi bo‘lmagan. Aminmanki, 

bitta ham o‘q otmasdan uning oldini olsa bo‘lardi, Germaniya esa bugun qudratli, gullab-yashnayotgan 

va obro‘yli mamlakatga aylanardi; ammo o‘shanda meni eshitishni istamadilar va dahshatli girdob bizni 

birin-ketin o‘z domiga tortib ketdi. Biz bu hol takrorlanishiga yo‘l qo‘ymasligimiz kerak. Hozir bunga faqat 

bugun, 1946 yilda, Birlashgan Millatlar Tashkilotining umumiy rahbarligida hamma masalalar bo‘yicha 

Rossiya bilan til topishib, hamjihat bo‘lib, ushbu ezgu tushunchani inglizzabon dunyoning butun kuch-

qudrati va u bilan bog‘liq barcha-barchaga suyangan holda uzoq yillar mobaynida himoya qilib erishish 

mumkin. Toki hech kim Britaniya imperiyasi va hamdo‘stligining buyuk kuchiga nopisandlik bilan 

qaramasin. Bizning orolimizda 46 million kishi oziq-ovqatdan qiynalayotganini, 6 yillik urushning cheksiz 

mashaqqatlaridan so‘ng bizda sanoatimiz va eksport savdosini tiklashda qiyinchiliklar mavjudligini ko‘rib 

turgan bo‘lsangiz ham bizni bu yo‘qchiliklarni urush mashaqqatlarini sharaf bilan yengib o‘tganimizdek 

yengib o‘tolmaydi deb, yoki bizni yarim asrdan so‘ng yer yuzining hamma hududlarida yashovchi va 

an’analarimizni, turmush tarzimizni hamda siz bilan biz amal qiladigan umumbashariy qadriyatlarni 

himoya qilish ishida yakdil bo‘lgan 70-80 millionlik xalqqa aylanmaydi deb o‘ylamang. Agar Britaniya 

hamdo‘stligi va Qo‘shma Shtatlar aholisi havoda, dengizda, ilm-fan va iqtisodiyotda chinakam hamkor 

bo‘lib, birgalikda harakat qilsalar, kuchlar nisbatining jizzakilikka yoki avantyurizmga undaydigan xavotirli 

o‘zgarishiga yo‘l qo‘ymaydilar. Aksincha, xavfsizlikka bo‘lgan ishonch to‘kis bo‘ladi. Agar biz Birlashgan 

Millatlar Tashkiloti nizomiga vijdonan amal qilsak va birovlarning yerlari va boyliklariga da’vo qilmasdan, 

odamlarning maslaklari ustidan asossiz nazorat o‘rnatishga intilmasdan, xotirjamlik va ziyraklik bilan 

olg‘a qadam bossak, agar Britaniyaning barcha ma’naviy va moddiy kuchlari sizlarniki bilan 

qardoshlarcha ittifoqqa birlashsa, nafaqat biz uchun, balki hamma uchun, nafaqat hozir, balki kelgusida 

ham kelajak sari keng yo‘l ochiladi. 

 

Hasan Karvonli tarjimas 



 

Nelson Mandela: “Dardu alamlar ariydigan vaqt keldi” 

Chop etilgan05.12.2018MuallifZiyouz.uz 

 

 



 

Nelson Mandela — Janubiy Afrika Respublikasining qora tanli birinchi prezidenti (1994 yil 10 maydan 

1999 yil 14 iyungacha), aparteid (afrikaanscha «apartheid» —  «alohida», ya’ni alohida yashash, alohida 

ishlash, alohida o‘qish va h.k., JARda 1948 yildan 1994 yilgacha hukmron Milliy partiya yuritgan irqiy 

ayirmachilik siyosati) davrida inson huquqlari uchun kurashgan, buning uchun 27 yil umrini qamoqda 

o‘tkazgan. 1993 yili tinchlik uchun kurash sohasida Nobel mukofotiga sazovor bo‘lgan. Nelson Mandela 

ushbu nutqini 1994 yil 10 may kuni Pretoriyada, mamlakat prezidenti vazifasini bajarishga kirishish 

marosimida so‘zlagan. 

 

* * * 


 

Muhtaram mehmonlar, birodarlar, do‘stlar! 



 

Bugun biz – shu yerda jam bo‘lganlar, shuningdek, mamlakatimiz yoki dunyoning boshqa joylarida 

yashayotgan barchamiz g‘alaba nashidasini surmoqdamiz va endigina tug‘ilgan ozodlikdan ko‘p narsa 

umidvormiz. 

 

Bani bashar zoti faxrlanadigan jamiyatni juda uzoq davom etgan insoniy dardu alamlarimiz uzra bino 



qilamiz. 

 

Oddiy janubiy afrikaliklarning har kungi ishlari Janubiy Afrika Respublikasining zamonaviy qiyofasini 



yaratishi lozim, bu esa bashariyatning adolatga, inson qalbining olijanobligiga bo‘lgan ishonchini 

mustahkamlaydi va ko‘nglimizda hammamiz go‘zal va soz umr kechiramiz, degan umid chechagini 

yashnatadi. 

 

Bu orzu-niyatlarning barchasini biz o‘zimiz uchun ham, bugun shu yerda hozir bo‘lgan dunyo xalqlari 



vakillari uchun ham ro‘yobga chiqarishimiz zarur bo‘ladi. 

 

Mening vatandoshlarim! Sizning har biringiz jon tomiringiz bilan Pretoriyadagi palisandrlar va 



savannalardagi mimozalar kabi mana shu go‘zal yurt tuprog‘iga chambarchas bog‘lanib ketganingizga 

sira shubha qilmayman. 

 

Kim bo‘lishimizdan qat’i nazar, ona zamin tuprog‘iga bosgan har bir qadamimiz ko‘nglimizni tog‘day 



ko‘tarayotganini his qilamiz, go‘yoki, fasllar almashinishi bilan birga odamlarning kayfiyati ham 

o‘zgargani kabi. 

 

Mamlakatimiz falokatli ziddiyatlar girdobida jaholat komiga tobora cho‘mib, halokatli mafkura va 



irqchilik, irqiy jabr-zulm paydo bo‘lgan zamin sifatida jahon xalqlari tomonidan chetga surib, yakkalab 

qo‘yilgan zamonlarda, hamma bizdan yuz burganini ko‘rganimizda qalbimizda tubsiz og‘riq paydo 

bo‘lgan edi. U bizning Vatan bilan ham qalban, ham jisman birligimiz tufayli paydo bo‘lgan og‘riq edi. 

 

Biz, Janubiy Afrika Respublikasi xalqi, insoniyat bizni yana o‘z bag‘riga olganidan mamnunmiz, holbuki, 



yaqin-yaqinlargacha yurtimizga o‘gay ko‘z bilan qarashar edi, bugun esa bizga jahon xalqlarini o‘z 

zaminimizda mehmon qilishdek shoyon imkoniyatlar eshigi ochildi. 

 

Dardu alamlar ariydigan vaqt keldi. 



 

Bizni ajratib turadigan jarlikni bartaraf etadigan vaqt keldi. 

 

Bizning davrimiz — yo‘qni bor qiladigan davr. 



 

Biz, nihoyat, siyosiy erkinlikka erishdik. Biz xalqimizni qashshoqlik, yo‘qsillik, tengsizlik va kamsitishning 

boshqa turlari azobidan xalos etamiz, deb o‘zimizga o‘zimiz so‘z beramiz. 

 

Biz, tinchlik omonat bo‘lib turgan bir sharoitda, erkinlik sari oxirgi qadamlarni qo‘ya oldik. Biz to‘liq, 



mustahkam, haqiqiy tinchlikni qaror toptirishni o‘z burchimiz deb bilamiz. 

 

Biz millionlab hamyurtlarimiz qalbida umid uyg‘otish uchun g‘alaba qildik. Endi esa turli millat 



vakillaridan tashkil topgan, o‘zaro ahil-inoq bo‘lgan, dunyo xalqlari bilan bahamjihat yashaydigan jamiyat 

qurish haqida bitim tuzamiz. Bu jamiyatda oqlar ham, qoralar ham — barcha janubiy afrikaliklar 

bexavotir, hech bir hadiksiz, o‘zining insoniy qadr-qimmati, insoniy huquqi hurmat qilinishiga qat’iy 

ishonch bilan yashay oladi. 

 

Zarurat yuzasidan hamda mamlakatimizni yangilashning ramzi sifatida yangi Milliy birlik muvaqqat 



hukumati ayni paytda hibsda saqlanayotgan grajdanlarimizning turli toifalarini avf etish masalasini ko‘rib 

chiqadi. 

 

Biz ushbu kunni bizni ozod ko‘rish uchun o‘z hayotini qurbon bergan shu yurt, shu mamlakatning, butun 



dunyoning qahramonlarga bag‘ishlaymiz. 

 

Orzular ro‘yobga chiqdi. Ularning ajri-mukofoti erkinlikdir. 



 

Siz – Janubiy Afrika Respublikasi xalqi – yaxlit, demokratik, irqchilikka qarshi bo‘lgan mamlakatning 

birinchi prezidenti sifatida Bizga ko‘rsatgan hurmat va ehtiromingizni tavoze va ko‘tarinki ruh bilan qabul 

qilamiz. 

 

Biz erk va ozodlikka olib boradigan oson yo‘l bo‘lmasligini tushunamiz. 



 

Oramizda hech kim yolg‘iz o‘zi bu yo‘lda muvaffaqiyatga erisha olmasligini ham yaxshi bilamiz. 

 

Shu bois milliy totuvlikka erishish, millatning qaddini tiklash, yangi dunyo barpo etish uchun barchamiz 



birlashmog‘imiz kerak. 

 

Toki, adolat quyoshidan hamma birday bahra olsin. 



 

Toki, hamma tinch-totuv yashasin. 

 


Toki, hammaning o‘z ishi, non-tuzi, yer-suvi bo‘lsin. 

 

Toki, insonlik sha’niga munosib bo‘lishi uchun har kimning tani, ong-shuuri, qalbi ozod bo‘lsin. 



 

Bundan buyon hech qachon, hech zamonda, hech bir sharoitda go‘zal va maftunkor yurtimizda odam 

odamni xo‘rlamaydi, ezmaydi, mamlakatimiz esa hech qachon odam odamni tahqirlashi tufayli dunyo 

nazaridan qolgan bee’tibor davlat bo‘lmaydi. 

 

Toki, erkinligimiz abadiy bo‘lsin. 



 

Inson erishgan bunday ulug‘vor muvaffaqiyat hech qachon zavol topmasligi kerak! 

 

Afrikani xudoning o‘zi panohida asrasin! 



 

Tashakkur. 

 

Hasan Karvonli tarjimasi 



 

Maxatxir Muhammad: “Bu ish qo‘limizdan keladi!” 

Chop etilgan21.11.2018MuallifZiyouz.uz 

 

 



 

Islom konferentsiyasi tashkilotining oliy darajadagi 10-sessiyasi ochilish marosimidagi nutqi 

 

2003 yil 16 oktyabr 



 

Alhamdulilloh, Allohga shukurlar bo‘lsin, biz – Allohning marhamati bilan Islom konferentsiyasi 

tashkilotiga a’zo mamlakatlar rahbarlari – maslahatlashish va umid qilamanki, islomning va butun 

dunyodagi musulmon ummatining kelajak rejasini ishlab chiqish uchun bugun shu yerga to‘plandik. 

 

Hukumatimiz hamda turli millat va e’tiqodga mansub Malayziya grajdanlari nomidan Islom 



konferentsiyasi tashkilotining Malayziya ma’muriy poytaxti bo‘lmish Putrajayada o‘tkazilayotgan ushbu 

oliy darajadagi 10-sessiyasida hozir bo‘lgan barcha mehmonlarga xush kelibsiz deyman. 



 

Ushbu sessiyani o‘z hududida o‘tkazish, shuningdek Islom konferentsiyasi tashkiloti raisligini zimmasiga 

olish Malayziya uchun haqiqatan ham ulkan sharaf. Ishonch bildirishgani uchun men tashkilot a’zolaridan 

minnatdorman. 

 

Mezbon davlat sifatida Malayziya bugungi sessiyada Islom konferentsiyasi tashkilotiga a’zo davlatlar 



yuksak darajada ishtirok etayotganidan mamnundir. Bu – bizning o‘z ishimizga bo‘lgan ishonchimiz 

naqadar mustahkamligini, tashkilotimiz unga sodiqligini, barchamizning mushtarak irodamiz va 

musulmon ummati taqdiridagi rolimizni kuchaytirish yo‘lidagi qat’iyatimizni yaqqol namoyon etadi. 

 

Men, shuningdek, o‘z yurtida ko‘p sonli musulmonlar istiqomat qiluvchi mamlakatlarning rahbarlari va 



vakillarini ham bugungi uchrashuvda kuzatuvchi sifatida ishtirok etish istagini bildirgani uchun 

qutlamoqchiman. Musulmon yo musulmon emasligidan qat’i nazar, ularning uchrashuvimizda ishtirok 

etishi islom va musulmonlarni tushunishga xizmat qiladi, shu tariqa islom – qoloqlik va terror dini degan 

qarashning noto‘g‘riligini ko‘rsatishga yordam beradi. 

 

Hozir butun dunyoning ko‘zi bizda. Shubhasiz, 1,3 milliard nufusli musulmonlar – yer yuzi aholisining 



oltidan bir qismi – zulm, istibdod va xo‘rlikdan azob chekayotgan birodarlarimiz va opa-singillarimizni 

ozod qilish u yoqda tursin, bizning islom va musulmonlar shon-sharafini tiklashga intilishimiz va 

qodirligimizga shubha qilishi mumkin bo‘lgani holda, bizdan va ushbu uchrashuvimizdan ko‘p narsa umid 

qilib turibdi. 

 

Men bizning kamsitilish va ezilishimizga misollarni qalashtirib tashlamoqchi, dushmanlarimiz va 



ezuvchilarimizni tag‘in qoralamoqchi emasman. Bunday qilish behuda so‘zlamoqdan boshqa narsa 

bo‘lmas edi, chunki dushmanlarni ayblayvergan bilan ularning bizga munosabati o‘zgarib qolmaydi. Agar 

o‘z qadr-qimmatimiz va islom dinining sha’nini tiklashni xohlasak, aynan biz bir qarorga kelib, aynan biz 

harakat boshlamog‘imiz kerak. 

 

Keling, shundan boshlaymiz: barcha musulmon mamlakatlar hukumatlari jipslashib, hamma masalalarda 



bo‘lmasa ham, hech bo‘lmaganda ba’zi asosiy masalalarda, masalan, Falastin masalasida mushtarak 

nuqtai nazarga ega bo‘lishimiz shart. Biz hammamiz musulmonmiz. Hammamizga jabr-zulm qilishmoqda. 

Hammamizni tahqirlashmoqda. Ammo biz — dindosh birodarlarimiz orasidan Alloh azizu mukarram qilib 

mamlakatlar boshqaruvini ravo ko‘rganlar — islom talab qilganidek birlik va birodarligimizni namoyon 

qilish uchun hech qachon maqomimizga yarasha birgalikda harakat qilishga urinib ham ko‘rmadik. 

 

Lekin nafaqat bizning hukumatlar, balki musulmon ummatining o‘zi ham tarqoqdir va ummat hamon 



bo‘linishda davom etmoqda. Oxirgi 1400 yil mobaynida islom shorihlari, ulamolar payg‘ambarimiz 

Muhammad sallollohu alayhi vasallam keltirgan yagona islom dinini shunchalik turli-tuman talqin 

qilishdiki, hozir biz ko‘pincha bir-biriga zid keladigan ming xil dinga egamiz, shu ixtiloflarni deb bir-birimiz 

bilan urushmagan, bir-birimizni o‘ldirmagan kunimiz yo‘q. 

 


Biz yagona ummatimizning juda ko‘p mazhab va tariqatlarga bo‘linib ketishiga yo‘l qo‘yganmiz, ularning 

har biri o‘zini haqiqiy musulmon qilib ko‘rsatishga tirishib, boshqalarni – butun ummatni adashganga 

chiqarmoqda. Biz dushmanlarimiz va g‘animlarimizni kimning haqiqiy musulmon yoki haqiqiy musulmon 

emasligi haqidagi masala mutlaqo qiziqtirmasligini sira anglamaymiz. Ularning tushunchasiga ko‘ra 

hammamiz terrorizmni targ‘ib qiluvchi din va payg‘ambarga ergashuvchi musulmonlarmiz, barchamiz 

ularning ashaddiy dushmanimiz. Biz sunniy yo shia, alaviy yo druzligimiz yoki yana kim deb 

atalishimizdan qat’i nazar, ular bizga hujum qilaverishadi, bizni o‘ldiraverishadi, tuprog‘imizga bostirib 

kiraverishadi, hukumatlarimizni ag‘daraverishadi. Biz esa bir-birimizga hujum qilib, bir-birimizni 

kuchsizlantirib, ba’zan esa ularning amrini bajo keltirib musulmon birodarlarimizga tajovuz qilishda 

o‘zimizni ularning ishonchli vakiliday tutib, dushmanlarimizga yordam beramiz. Biz o‘z hukumatlarimizni 

kuch bilan ag‘darishga intilamiz, shu tariqa o‘z mamlakatimizni zaiflashtiramiz va xarob qilamiz. 

 

Biz islomning birlashing, bir-biringiz bilan birodar bo‘ling degan talabini islom mamlakatlarining 



hukumatlari va islom ummati mutlaqo mensimaymiz va e’tiborsiz qoldirishda davom etayapmiz. 

 

Ammo islom ta’limotidan biz e’tiborsiz qoldirayotgan narsalar shu bilan tugamaydi. Bizga «iqro», ya’ni 



o‘qi, bilim ol deb nasihat qilingan edi. Ilk musulmonlar shu o‘gitga rioya etib, qadimgi yunon olimlari va 

islomgacha yashab o‘tgan barcha olimlarning asarlarini tarjima qilib, o‘rganishgan. Shu usulda musulmon 

olimlari o‘z tadqiqotlari bilan fan xazinasiga hissa qo‘shgan. 

 

Ilk musulmonlar orasidan buyuk matematik va tadqiqotchilar, olimlar, vrachlar, astronomlar va boshqa 



allomalar yetishib chiqdi. Ular o‘z dini bo‘lmish islomni o‘rganish va hayotga joriy etish bilan birga 

zamonasidagi barcha fan sohalarida ham muvaffaqiyat qozonishdi. Natijada musulmonlar o‘z yerlarining 

boyliklaridan foydalanishga, tashqi savdodan foyda olishga, mudofaa qobiliyatini mustahkamlashga, o‘z 

xalqlarini himoya qilishga muvaffaq bo‘ldi va islomga muvofiq hayot kechirish imkoniyatini yaratdi. O‘rta 

asrlar Yevropasi xurofot va qoloqlik botqog‘ida yotgan bir paytda ma’rifatli musulmonlar hurmatga loyiq 

va qudratli, dunyoning qolgan qismi bilan raqobatlashishga va o‘z ummatini tashqi agressiyalardan 

himoya qilishga qodir buyuk islom tsivilizatsiyasini barpo etib bo‘lgan edi. Yevropaliklar o‘z ilmiy 

merosiga ega bo‘lish uchun musulmon olimlarga qulluq qilib, shogird tushishga majbur bo‘lgan. 

 

Musulmonlarning islom diyori va ummatni himoya qilish uchun qo‘shinlarni jang maydonlariga boshlab 



kirgan Uchinchi Abdurahmon, al-Mansur, Salohiddin Ayyubiy singari buyuk rahnamolari bor edi. 

 

Biroq islom tsivilizatsiyasi taraqqiyotining yarim yo‘lida islomni yangicha talqin qiluvchilar paydo bo‘ldiki, 



ular ma’rifat deganda faqat ilohiyotni o‘rganishni tushunib, shuni targ‘ib qila boshladi. Tabiiy fanlar, 

tibbiyot va boshqa ilmlarni o‘rganishga e’tibor susaydi. 

 

Musulmon jamiyatida ma’naviy-ma’rifiy tanazzul boshlandi. Tanazzul tufayli islom tsivilizatsiyasi 



zaiflashib, inqiroz boshlandi. Agar Usmoniylar imperiyasi lashkari aralashmasa edi, islom tsivilizatsiyasi 

Grenada qo‘ldan ketgan 1492 yildayoq yo‘q bo‘lib ketar edi. 

 


Biroq Usmoniylar imperiyasining ilk muvaffaqiyatlari ma’naviy tiklanish bilan birga kechdi deb bo‘lmaydi. 

Buning o‘rniga musulmonlar «tor shim va soyabonli kepka kiyish islomga to‘g‘ri keladimi?», «bosma 

mashinadan foydalanish joizmi?», «machitlarni yoritish uchun elektr chiroqdan foydalansa bo‘ladimi?» 

kabi arzimas masalalar ustidagi tortishuvlarga o‘ralashib qoldi. Dunyoda sanoat inqilobi yuz berganida 

ular uxlab yotar edi. Inqiroz inglizlar va frantsuzlar odamlarni turk hukmronligiga qarshi qayrab, 


Download 384.27 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling