Cherchillning Fultondagi nutqi Chop etilgan19. 12. 2018MuallifZiyouz uz


Download 384.27 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/8
Sana09.09.2020
Hajmi384.27 Kb.
#128850
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
nutqlar

o‘rganganman. Bu – kechirimlilikdir, u menga ota-onamdan o‘tgan. Qalbim menga mudom hammani 

yaxshi ko‘r, hammaga yaxshilik sog‘in deya amr qiladi. 

 

Qadrli aka-ukalar, opa-singillar, zulmatda yorug‘lik qadri ortgani kabi jim bo‘lishga majbur etilganimizda 



ovozimizning ahamiyatini yaxshi anglaymiz. Shunga o‘xshash, biz Pokistonning shimolida, Svat vodiysida 

bo‘lganimizda qurol-yarog‘lar uyumini ko‘rib kitob va qalamning naqadar ahamiyatli ekanini yanada 

teranroq his etdik. «Qalam qilichdan qudratlidir» deydi ulug‘lar. Haq gap. Ekstremistlar kitobu qalamdan 

qo‘rqadi. Ilmning qudrati ularni cho‘chitadi. Ular ayollardan qo‘rqadi. Ayol ovozining qudrati ularni 

vahimaga soladi. Ular yaqinda Kvettada o‘n to‘rt nafar begunoh talaba qonini to‘kkanining sababi shu. 

Aynan shuning uchun ular ayol muallimlarni o‘ldirmoqda, har kuni maktablarni portlatmoqda. Chunki 

ular biz intilayotgan hodisa yuz berishidan – jamiyatda jiddiy o‘zgarishlar amalga oshirilib tenglik qaror 

topishidan qo‘rqadi. Maktabimizdagi bir boladan jurnalist «Toliblar nima uchun bolalarning ilm olishiga 

qarshi?» deb so‘ragani yodimda. Bola unga kitobini ko‘rsatib, lo‘nda qilib: «Tolib bu kitobda nima 

yozilganini bilmaydi», –  deb javob bergan edi. 

 

Ular bolalarga maktabga borgani uchungina qurol o‘qtalar ekan, Ollohning amri bilan shunday 



qilayapman deb ko‘r-ko‘rona o‘ylaydi. Terrorchilar o‘z manfaatlari yo‘lida tinchlik dini bo‘lgan muqaddas 

islom dinini niqob qilib olgan. Pokiston tinchliksevar mamlakat. Pushtunlar o‘g‘il-qizlarining ma’rifatli 

insonlar  bo‘lib voyaga yetishini orzu qiladi. Islom – tinchlik, insonparvarlik va birodarlik dini. Unda har 

bir muslim va muslimaga ilm olish farz qilib qo‘yilgan. O‘g‘ilmi-qizmi, farzandining ilm olishi uchun 

sharoit yaratish ota-onalarning burchidir. Ko‘p mamlakatlarda, ayniqsa, Pokiston va Afg‘onistonda 

terrorchilik, urush va nizolarlarning avj olgani bolalarning maktabga borishiga to‘siq bo‘lmoqda. Biz 

birodarkushlik urushlaridan juda charchadik. Ayniqsa, bema’ni ixtiloflardan ayollar va bolalar jabr 

chekmoqda. 

 

Hindistonda begunoh va nimjon bolalar non topish uchun og‘ir yumushlarni bajarishga majbur 



bo‘layapti. Nigeriyada aksar maktablar vayron etilgan. Afg‘onistonda odamlar ekstremizm vahimasidan 

jon hovuchlab yashayotir. Ona suti og‘zidan ketmagan qizlar turmushga chiqishga majbur qilinayotir. 

Qashshoqlik, savodsizlik, adolatsizlik, irqchilik hamda eng muhim huquqlardan mahrumlik erkaklar ham, 

ayollar ham birday duch kelayotgan o‘ta og‘ir muammolardandir. Bugun men ayollar va qizlar 

huquqlariga ko‘proq to‘xtalmoqchiman. Chunki ular hammadan ko‘p jabr chekmoqda. Ayollar fidoyi 

erkaklardan ularning huquqlarini himoya qilishlarini so‘ragan vaqtlar ham bo‘ldi. Endi bu ishni o‘zimiz 

qilamiz. Men odamlarga ayollar huquqlarini himoya qilishdan to‘xtang demoqchi emasman, faqat 

ayollarning o‘zlariga e’tibor qaratmoqchiman, ular o‘zlari uchun o‘zlari kurashishga o‘rganishi kerak. Ha, 

qadrli aka-ukalar, opa-singillar, bu haqda baralla gapirish vaqti yetdi. Shu bois bugun biz barcha 

mamlakatlar rahbarlarini tinchlik va taraqqiyotni ta’minlash uchun o‘z strategik siyosatlarini 

o‘zgartirishga chaqiramiz. Barcha bitimlarda ayollar va bolalar huquqlari himoyasi ifodalanishi kerak. 

Birorta ham bitim ayollar huquqlariga zid bo‘lmasligi darkor. 

 

Biz barcha davlatlarni dunyodagi har bir bola uchun bepul majburiy ta’limni kafolatlashga chaqiramiz. 



Barcha hukumatlarni terrorchilik va zo‘ravonlikka qarshi kurashishga, bolalarni shafqatsizlik va 

yovuzlikdan himoya qilishga da’vat etamiz. Mutaraqqiy mamlakatlardan rivojlanayotgan 

mamlakatlardagi qizlar uchun ta’lim olish imkoniyatini kengaytirishga ko‘maklashishni so‘raymiz. Biz 


dunyodagi barcha jamiyatlarni bag‘rikenglikka, tabaqasi, maslagi, dini, mazhabi, rangiga qarab odam 

ajratmaslikka, ayollar uchun erkinlik va tenglikni kafolatlashga chaqiramiz. Shundagina ular komillikka 

erishishi mumkin bo‘ladi. Ayollarning yarmi asosiy huquqlaridan mahrumligicha qolar ekan, davlat va 

jamiyat  muvaffaqiyatga erisha olmaydi. Biz butun dunyodagi opa-singillarimizni jasur bo‘lishga, o‘zida 

kuch topib, iqtidorlarini to‘la ro‘yobga chiqarishga chorlaymiz. 

 

Qadrli aka-ukalar, opa-singillar, biz kelajagi porloq bo‘lishi uchun har bir bola maktabda ta’lim olishi 



zarur deb hisoblaymiz. Ushbu maqsadimizga erishish yo‘lida tinmay harakat qilamiz. Bizni hech kim 

to‘xtata olmaydi. Hamisha, hamma joyda o‘z huquqlarimiz haqida gapirishdan tolmaymiz. Biz 

so‘zlarimizning kuchi va qudratiga ishonamiz, bizning so‘zlarimiz butun dunyoni o‘zgartira oladi. 

Maqsadga erishishni xohlar ekanmiz, keling, ilmu ma’rifatga oshno bo‘laylik, qo‘lni qo‘lga berib yanada 

jipslashaylik. 

 

Qadrli aka-ukalar, opa-singillar, biz millionlab odamlar qashshoqlik, adolatsizlik va bilimsizlikdan aziyat 



chekayotganini unutmasligimiz kerak. Biz millionlab bolalar maktabda o‘qish baxtidan mosuvo ekanini 

yodda tutishimiz darkor. Aka-ukalarimiz, opa-singillarimiz ertasi porloq bo‘lishini, tinch zamonda 

baxtiyor yashashni orzu qilishini har lahzada his etib turishimiz zarur. 

 

Shunday ekan, bizga ishlab pul topishga, savodsizlikka, qashshoqlik va terrorizmga qarshi shonli kurash 



olib borishga imkon bering. Bizga kitoblarimiz va qalamlarimizni bering, ular bizning eng zo‘r 

qurolimizdir. Bitta bola, bitta muallim, bitta kitob va bitta qalam dunyoni o‘zgartirishga qodir. 

Muammoning yagona yechimi ma’rifatdir. Eng avvalo ma’rifatdir. Tashakkur. 

 

Hasan Karvonli tarjimasi 



 

Indira Gandi: «Xotin-qizlar ta’limi o‘g‘il bolalar va erkaklar ta’limidan ham muhimroqdir» 

Chop etilgan26.09.2018MuallifZiyouz.uz 

 

 



 

Hindiston, Dehli, 1974 yil 23 noyabr 

 

Ko‘hna sanskrit maqolida shunday deyiladi: «Ayol bu — oila, oila esa jamiyatning asosidir». Biz o‘zimizga 



ro‘zg‘or quribgina jamiyatni barpo eta olamiz. Agar uyda har bir bolaning durkun o‘sishi va kamolga 

yetishi uchun zarur bo‘lgan mehr-muhabbat muhiti va eng kerakli narsalar, shu jumladan, shart-sharoit 

yetarli bo‘lmasa, mamlakatda ham uyg‘unlik, hamjihatlik bo‘lmaydi. Hamjihatlik bo‘lmagan joyda esa 

mamlakatning biron-bir yo‘nalishda taraqqiy etishini tasavvur qilish mumkin emas. 

 


Mana, nima uchun xotin-qizlarning ta’lim olishi o‘g‘il bolalar va erkaklar ta’limiga qaraganda muhimroq 

ekan. Biz — men «biz» deganda nafaqat Hindiston aholisini, balki butun dunyodagi odamlarni nazarda 

tutayapman — shu paytgacha xotin-qizlar ta’limiga e’tiborsizlik bilan qarab keldik. Uning keng tarqala 

boshlaganiga hali ko‘p vaqt bo‘lgani yo‘q. Albatta, siz buni eslay olmaysiz, masalan, men yosh bola 

paytim Angliyada xotin-qizlar ta’limiga endigina e’tibor qaratish boshlangan edi. Hammasi nimadan 

boshlanganini odamlar yaxshi bilardi. 

 

Hozir bizda ta’lim olish imkoniyati paydo bo‘lgan va butun mamlakatda ushbu ta’lim jamiyatning yoki 



bizning yoshlarimizning ehtiyojlariga mosmi yo yo‘qmi degan mavzuda bahs-munozaralar davom 

etmoqda. Men hamisha ta’lim sohasi tub islohotlarga muhtoj deb bilganlarning biriman. Lekin, shu bilan 

birga, men bizda ta’lim sohasidagi ahvol unchalik yomon emas deb hisoblayman. Bizdagi ta’lim tizimi 

sababli, garchi uning bugungi ahvoli unchalik qoniqarli bo‘lmasa ham, Hindistonda ajoyib erkak va 

ayollar, ayniqsa, butun dunyoda, hatto eng boy davlatlarda ham tanqislik sezilayotgan turli sohalarning 

juda ko‘p ajoyib olim va mutaxassislari yetishib chiqmoqda. Yoshlarimizning ko‘pchiligi chet davlatlarda 

rizqini terishni ixtiyor etayapti, chunki u diyorlarda mehnatga ko‘proq haq to‘lashadi, sharoiti ham 

yaxshi. 


 

Bizning qadimiy an’analarimiz va boqiy qadriyatlarimizni hozirgi zamon ilm-fani yutuqlari bilan 

uyg‘unlashtira olish zamonaviy ilmli ayolning asosiy majburiyatlaridan biri deb bilaman. Eskidan qolgan 

narsalarning hammasi birday yaxshi yoki birday yomon bo‘lmagani singari, yangi chiqqan narsalarning 

hammasi ham yaxshi bo‘lavermaydi. Bir marta va birdaniga, uzil-kesil emas, muntazamlik bilan, deyarli 

har hafta, har oy dunyoda bizning mamlakatimiz uchun foydali va yaxshi nimalar paydo bo‘layotganini 

aniqlashtirib borishimiz zarur, shuningdek, jamiyatimizning ko‘hna merosidan nimalarni ko‘z 

qorachig‘iday avaylab-asrashimiz lozimligini bilishimiz shart. Ko‘pchilik odamlar zamonaviy ko‘rinish 

uchun yangi urf bo‘lgan kiyimlarni kiyish yoki moda bo‘lgan so‘zlarni ishlatish yoxud muayyan narsalarga 

odatlanish shart deb o‘ylaydi. Ammo bularning o‘zi yetarli emas. Bular zamonaviy insonning zohiriy 

belgilari, xolos. 

 

Hindiston biz orzu qilganday jamiyatga aylanishi uchun – qadimiy an’analarimiz va tabarruk zaminimiz 



poydevor bo‘lgan zamonaviy, maqbul jamiyatga aylanishi uchun fikrlaydigan odamlarimiz, tafakkur 

qiladigan qiz-juvonlarimiz bo‘lishi kerak. Ular xorijdan keladigan hamma narsani ko‘r-ko‘rona qabul 

qilmasligi, balki ularning tagiga yetib, nimani olish mumkinu nimani olib bo‘lmasligini o‘zlari hal qilishlari 

lozim. Mana, ilm bizga nima uchun kerak! Ilm yoshlarga doimo o‘zgarib turadigan dunyoga moslashish va 

uning taraqqiyotiga hissa qo‘shish imkonini beradi. 

 

Ba’zi birovlar faqat yuqori lavozimlarni egallabgina muhim bir ishni amalga oshirishing yoki o‘z yurtingga 



xizmat qilishing mumkin deb o‘ylaydi. Biroq hammamiz yaxshi bilamizki, hatto bitta kichkinagina murvati 

ko‘ngildagidek ishlamasa, eng murakkab mexanizmlar ham keraksiz matohga aylanadi. Ko‘rayapsizmi, bu 

murvatchaning ahamiyati har qanday yirik detalnikidan kam emas. Davlatning hayoti haqida ham 

shunday deyish mumkin. Kasblarning ahamiyatsizi bo‘lmagani kabi, odamlarning kichkinasi bo‘lmaydi. 

Hammaning o‘z vazifasi bor. Er yo ayol kishi bo‘lishidan qat’i nazar, hamma o‘z ishini yaxshi bajarsa, 

butun mamlakat gullab-yashnaydi. 

 


Bizda qora ish, notoza ish degan asossiz tushunchalar bor. Masalan, ko‘cha supurish notoza ish 

hisoblanadi. Juda kam odamgina bu ishning boshidan tutadi, ko‘pchilikning bunga bo‘yni yor bermaydi. 

Holbuki, go‘ng bugungi kunda dunyodagi eng qimmat narsalardan biridir. Ko‘p davlatlar iqtisodiy inqiroz 

domiga tushishining birgina sababi shuki, ularda o‘g‘it yetishmaydi, kimyoviy o‘g‘it emas, oddiygina 

go‘ng, supurindi taqchil. Boshqacha aytganda, ilgarilari iflos sanalgan narsa bugungi kunda kamyob bo‘lib 

turibdi. 

 

Hozir ayon bo‘lmoqdaki, dunyo shunday ajoyib yaralgan ekanki, unda hamma narsaning o‘z o‘rni bor, 



hamma narsa umumiy mexanizmga tutash. Qora ishmi, kichkina narsami,  hamma narsaning o‘z vazifasi 

mavjud. 


 

Xullas, ilm sohibi sifatida ulkan ustunlikka ega bo‘lgan yurtdoshlarim, barchangiz nafaqat o‘z ishingizni, 

milliy manfaatlarimizni bir dam ham yodingizdan chiqarmagan holda bajarasiz, balki totuvlik, birdamlik, 

hamjihatlik muhitini yaratishga hissa qo‘shasiz, odamlarimiz va diyorimiz hayotiga chiroy baxsh etasiz 

deb umid qilaman. Menimcha, Hindiston xotin-qizlarining burchi, alohida vazifasi mana shu! Biz o‘z 

yurtimiz uchun juda ko‘p ish qilishni xohlaymiz, lekin hech qachon Hindiston tashqi olamdan uzilib 

qolgan deb hisoblamaganmiz. Bizning istagimiz dunyoni yana ham yaxshiroq qilishdir. Shu bois biz 

Hindistonning muammolariga global muammolar nuqtai nazaridan baho berishimiz shart. 

 

Archibald Maklish. Kitobning qudrati 



Chop etilgan16.09.2018MuallifZiyouz.uz 

 

 



 

Amerika kitobchilar assotsiatsiyasining 1942 yil 6 maydagi majlisida so‘zlangan nutq 

 

Biz bugun xotira kuni munosabati bilan yig‘ildik deb aytsak, xato bo‘lmaydi. Yaxshi bilasiz, yana to‘rt 



kundan keyin mash’um kitob yoqish fojiasi yuz berganiga o‘n yil to‘ladi — 1932 yil 10 may kuni fashistlar 

yigirma besh ming kitobni o‘tda kuydirgan edi. 

 

Men bu gaplarni sanalar tasodifan to‘g‘ri kelib qolgani yoki shu voqeaga alohida e’tibor qaratish 



uchungina aytayotganim yo‘q. O‘ninchi mayda Berlindagi gulxanda kitoblar lovullab yongan edi, oltinchi 

mayda esa Nyu-Yorkda umrini kitobga baxshida etgan odamlar tantana qilmoqda. Yo‘q, mening 

ta’kidlamoqchi bo‘lganim shuki, har ikkala voqea ham kitobning naqadar ulkan qudratga egaligini yaqqol 

ko‘rsatadi. 

 

Yanayam, aniqrog‘i, men bu ikki voqeani shuning uchun taqqoslayapmanki, ma’lum ma’noda, Berlindagi 



yong‘in kitob qanday ulkan qudratga ega ekanligini ko‘rsatuvchi eng yorqin dalil bo‘lgan edi. Holbuki, 

uning tashkilotchilari aynan shuni istamagan. Yana shuning uchun ta’kidlayapmanki, bu yong‘in ba’zi bir 

oqibatlarni ham keltirib chiqardi. 


 

Fashistlar — noto‘g‘ri yo‘ldan yurgan nodon o‘spirinlardir, ular hayotda o‘z o‘rnini topa olmagan 

qalang‘i-qasang‘ilar, o‘g‘ri, qotil, bosqinchilardan tashkil topgan to‘da, o‘z fashistcha «tartibi»ni 

o‘rnatgan galadir. Fashistlar kitob yoqishdek ushbu jirkanch sharmandagarchilikka bejiz qo‘l urmagan, 

chunki ular naqadar nodon, johil, qahru g‘azabning quli bo‘lsa ham, kitobning qudratli qurol ekanligini 

yaxshi bilishardi. Ular hur fikrli insonlar yaratgan kitob faqat hur insonlarga xizmat qilishini, ozod 

insonlarning mag‘rur tafakkurini aks ettirishini, mahv etish mushkul bo‘lgan o‘tkir va qudratli qurol 

ekanligini yaxshi tushunishgan. Ozodlikni tiz cho‘ktirishga qasd qilganlar eng avval kitobni — ozodlik  

huquqlari xaloskorini yo‘qotishi lozim ekanini anglab yetishgan. 

 

Shu bois men sizga bir savol bermoqchiman, barchamiz — o‘z hayotini kitobsiz tasavvur qila olmaydigan 



yozuvchilar va kitob savdosi vakillari, noshirlar va kutubxonachilar, olimlar va jamoat arboblari  o‘ylab 

ko‘rishi lozim bo‘lgan savol bu. Biz — kitobni tahqirlagan fashistlardan shunchalik otashin bo‘layotganlar, 

biz — kitoblar ustida ishlaydigan, ularni o‘rganadigan va ular haqida chiroyli gaplarni gapiradiganlar — 

kitobning qudratiga uni olovga tashlagan fashistlarchalik yuqori baho bera olamizmi? Biz — kitob 

yozuvchilar va ularni tarqatuvchilar, targ‘ib etuvchilar — kitobning ahamiyatini miridan-sirigacha to‘liq 

his etamizmi, uni faqat tilda emas, butun vujudimiz bilan idrok eta olamizmi, hech qursa, kitobdan 

qo‘rqqani uchungina uni olovga tashlagan nokaslar anglaganchalik anglay olamizmi? 

 

Bu shunchaki bir savol emas. Judayam jiddiy savol. Nazarimda, men uning javobini bilaman. Siz ham 



yaxshi bilasiz. Biroq yana shuni ham yaxshi bilamizki, agar iblisning advokati[1] jiddiy xohlasa, bizga juda 

yoqimsiz bo‘lgan yana bir chala javobni qulog‘imizga shipshitishi mumkin. 

 

Iblisning bilimdon advokati bizdan quturgan fashistlar jaholatini bir zumga unutishni va o‘zimizning 



keyingi o‘n yillikdagi xatti-harakatlarimizni yodga olib, to‘g‘risini aytishimizni talab qilishi ham mumkin: 

agar biz — hayotini kitobga bag‘ishlagan odamlar — kitobning buyuk ta’sir kuchiga ega ekanini, u 

insonlar va xalqlarning hayotini o‘zgartiruvchi vosita ekanini anglagan bo‘lsak, shu yillarda o‘zimizni 

kitobning ahamiyatini dildan his qilgan insonday tutdikmi yoki, aksincha, unga peshtaxtadagi tovarga, 

plastmassadan yasalgan tish cho‘tkasi, loson butilkasi va yo dori-darmonga qaraganday qaradikmi? 

 

Bunday savolga javob berish oson bo‘lmaydi. Biz, ikkiyuzlamachilik qilmasdan, 1920-yillarda ishlab 



chiqilgan va 1930-yillarda keng qo‘llangan kitob savdosi usullari tufayli sotilayotgan kitoblar soni ancha 

ko‘paydi, bozorgir kitoblar adadi esa shunday sur’atlar bilan oshdiki, tez orada ular uchun tiraj cheklovi 

degan narsa umuman yo‘qoladi deb javob berishimiz mumkin. Biroq javobimizni tinglagan iblisning 

advokati bizdan yana so‘raydi: «Aynan qanday kitoblarni sotdingiz? Ommaviy tarqatishga mo‘ljallangan 

bu kitoblar qanday tamoyilga ko‘ra tanlandi? Va nihoyat, ularning keng ko‘lamda tarqatilishidan qanday 

maqsad ko‘zlangan edi? O‘sha maqsadga erishdingizmi?». 

 

Bir narsa aniq, — deydi u bizga, — ushbu kitoblarning badiiy qimmati masalasini bir chetga qo‘yib turgan 



taqdirimizda ham (o‘ylashimcha, iblisning advokati mazkur masalani ko‘tarmasa, biz uchun ayni muddao 

bo‘lardi) ushbu kitoblarda, ularga bo‘lgan munosabatingizda siz kitoblarga mamlakat hayotiga va uning 

kelajagiga ta’sir o‘tkazuvchi qudratli qurol kabi yondashganingizni tasdiqlovchi jihatlar juda kam. Agar 

buyuk mamlakatning xalqi qachonlardir atrofida yuz berayotgan sirli o‘zgarishlarni payqamagan bo‘lsa, 

zamona zaylidagi g‘ayrioddiy o‘zgarishlardan xabarsiz qolgan bo‘lsa, amerikaliklar fashizmning tobora 


kuchayib borayotganidan g‘aflatda qolgani va bunga tayyor bo‘lmaganining sababi shu, boshqa izohga 

hojat yo‘q. Xaridorgir kitoblar ro‘yxatida Ernest Xemingueyning «Qo‘ng‘iroq kimni chorlayapti?» yoki Ed 

Teylorning «Qo‘rquv strategiyasi» yoxud «Bill Shirerning kundaligi» singari notinch dunyo haqidagi, 

xalqimiz e’tibor bilan o‘qiganida dushman Gonoluluga[2] bomba yog‘dirmasidan va Atlantika 

qirg‘oqlarini halok bo‘lganlarning jasadlari bosib ketmasidan burun unga mamlakatga xavf-xatar buluti 

soya solayotganini anglash imkonini beruvchi atigi bir nechta kitob bor edi, xolos. Ammo sotuvga 

chiqarilgan kitoblarning aksariyatini jahon tarixining oxirgi o‘n yilligida hammamiz uchun o‘lim xavfi 

yuzaga kelishi haqida zarracha ham tushuncha bermaydigan asarlar tashkil qilardi. Ularni o‘qigan 

odamlar Ispaniyada fashistlar uyushtirgan to‘ntarish fashistlarning olamshumul yurishi boshlanganining 

alomati ekanini, u bizning ham erkinliklarimizga, hayotimizga xavf solishini; Chexoslovakiyaning[3] 

okkupatsiya qilinishi faqat Sudet viloyatining fashizm tomonidan bosib olinishini emas, balki boshqa, 

Germaniyadan ancha uzoq mamlakatlarni ham, shu jumladan, bizning diyorni ham zabt etishga urinishni 

anglatishini xayoliga ham keltirgan emas. 

 

Amerika yozuvchilari, garchi o‘shanda ulardan tashqari juda kam odam Ispaniyadagi voqealar haqida 



haqiqatni aytishga jur’at qilgan bo‘lsa-da, frankochilarning kirdikorlarini o‘z nomi bilan to‘ntarish deb 

atab, mamlakatimizda fashizmga qarshi ilk va jasur kurashchilar sifatida maydonga chiqqan edi. Shuni 

aytib, yana amerikalik noshirlarning aksariyati antifashistik kitoblarni chop etish uchun bor kuch va 

mablag‘ini ayamagani; xalqni xavfdan ogoh etishni vatanparvarlik burchi deb bilgan yozuvchilarning 

asarlari qo‘lma-qo‘l bo‘lib ketgan holatlar ham bo‘lgani singari dalillarni qalashtirib tashlab, ushbu 

xayoliy munozarani davom ettirishga hojat yo‘q. Bularning hammasini, yana ko‘p dalillarni iblisning 

advokatiga e’tiroz sifatida keltirish mumkin. Ammo, tan olaylik, umuman olganda biz kitob yordamida 

erishishimiz kerak bo‘lgan maqsadlarni ro‘yobga chiqarish uchun kitobning imkoniyatlaridan samarali 

foydalandik deya olmaymiz. 

 

Amerikada oxirgi yigirma yil mobaynida bu borada qilingan ishlar qoniqarli emas desam, barchangiz 



fikrimga qo‘shilsangiz kerak. Tariximizni yodga olganda ustma-ust qilingan xatolarni tahlil qila turib, 

Bataan[4]  taslim bo‘lgan o‘sha fojiali kundan, Korrexidor qo‘ldan ketgan o‘sha fojiaali kundan xayolan 

fojiiylikda ulardan qolishmaydigan, o‘zimizning mas’uliyatsizligimiz va kaltabinligimiz tufayli oldingi 

urushda qo‘lga kiritgan hamma narsamizdan mosuvo bo‘lgan kunlarga o‘tishimizga to‘g‘ri keladi. Endi 

ortga bir nazar tashlasak, tariximizning oxirgi chorak asri jinoyatkorona loqaydlikdan muqarrar baxtsizlik 

sari yo‘l bo‘lib ko‘rinadi — baayni Yevropada yuz bergan fojia singari, albatta bosib o‘tilishi lozim bo‘lgan, 

mash’um va dahshatli yo‘lday tuyuladi, buni hech kim inkor etmasa kerak. Oramizda bugun 

hammamizning boshimizga tushgan ko‘rgulik uchun javobgar bo‘lmagan, ayniqsa hayoti kitob bilan 

bog‘liq bo‘lgani uchun ham elning boshiga tushgan ko‘rgulik uchun javobgar bo‘lmagan odam yoki 

jamoat yo‘q, bu fikrimga ham barchangiz qo‘shilsangiz kerak. 

 

Ammo endi shunchaki o‘tmishni kavlashtirish va yo‘l qo‘yilgan xatolar uchun pushaymon qilish yetarli 



emas, umumiy mas’uliyat hissi o‘zining alohida, aynan unga yuklatilgan burchini anglab yetgan har bir 

kishining shaxsiy mas’uliyatiga aylanishiga erishish shart. Bu tuyg‘u bizni harakatga undamog‘i lozim. 

Masalan, kino sanoati haqida gap ketganda uning vakillari bir, ikki yo besh yil ilgari kinoning yagona 

vazifasi tomoshabinning ko‘nglini yozishdir, kinoteatrlarning elektr chiroqlari bilan charog‘on 

ostonalaridan uzoqlarda nima bo‘lsa bo‘lar deb ishontirganlarning boshiga ta’na toshlarini yog‘dirishi 

yetarli emas. Endilikda kino sanoati ko‘plab haqiqatlarning ko‘ziga tik boqishi va o‘zi uchun zarur 

xulosalarni chiqarib olishi darkor. Ushbu haqiqatlarning eng asosiysi shuki, kinofilmlar mamlakatimiz 

hayotiga kuchli ta’sir ko‘rsatadi, kartina muallifi xohlaydimi-yo‘qmi, bu bir kunmas-bir kun o‘z mevasini 

beradi. Chunki chalg‘ituvchi yoki hayot haqida yolg‘on tasavvur uyg‘otuvchi kartinalar ham 


tomoshabinlarga haqqoniy, hayotni oynadagidek aks ettiruvchi kartinalar singari kuchli ta’sir qiladi-yu, 

oxir-oqibat illyuziyaga, o‘z-o‘zini aldashga olib keladi. Kino sanoati tan olishi kerak: uning shunchaki 

xalqning dimog‘ini chog‘ qilishga intilayotgani va ijtimoiy qarashlarni shakllantirishga hech qanday 

aloqasi yo‘qligini bahona qilib Amerikada yuzaga kelgan ijtimoiy fikr uchun javobgarlikni o‘zidan soqit 

qilishga urinishi asossiz va nojo‘ya urinishdir. E’tirof etish lozimki, Amerika xalqi hozirgi zamon qanday 

xususiyatlarga egaligi va dunyoga qanday xavf-xatarlar soya solishi mumkinligini ilgariroq, ancha ilgariroq 

anglab yetmagani uchun kino sanoati radio, matbuot, kitobchilik, kollejlar, maktablar, biz hammamiz 

kabi shak-shubhasiz javobgardir. 

 

Ilgarilari kino sanoati ko‘ngilochar kino bilan odamlarga ta’sir o‘tkazuvchi kino o‘rtasida farq borligini 



da’vo qilgan bo‘lsa-da, tafovut mavjud emas. Dunyoni haqqoniy tasvirlashga urinish tomoshabinga 

qanday ta’sir qilsa, uni aslidagidan boshqacha tasvirlashga urinish ham o‘shanday ta’sir qiladi; bizning 

fojiali, xavf-xatarga to‘la zamonamizda odamlar duch kelayotgan haqiqiy muammolar ko‘rsatilmaydigan, 

biroq sizga son-sanoqsiz kelishgan oyoqchalardan hamda hammasida bir xil tabassum jilvalanadigan 

chehralardan bahra olish taklif qilinadigan, haqiqatdan ancha uzoq Hollivud lentalari qanday «targ‘ibot 

filmlari» bo‘lsa, «Bir shingil qahr»[5] va «Ispan diyori»[6] shunday «targ‘ibot filmlari» hisoblanadi, 


Download 384.27 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling