Cherchillning Fultondagi nutqi Chop etilgan19. 12. 2018MuallifZiyouz uz


Download 384.27 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/8
Sana09.09.2020
Hajmi384.27 Kb.
#128850
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
nutqlar

qo‘zg‘olonga oyoqlantirib, musulmonlarning eng so‘nggi buyuk davlati — Usmoniylar imperiyasini 

ag‘darib, uning yerlarini mustamlaka qilib olguncha davom etdi. Holbuki, ular odamlarni isyonga undar 

ekan, o‘z mustaqil davlatlaringizni qurish imkoniga ega bo‘lasizlar deb yolg‘on va’da berishar edi. Ikkinchi 

jahon urushidan keyingina ushbu mustamlakalar mustaqillikka erishdi. 

 

Yangi milliy davlatlarga qo‘shib biz g‘arbcha demokratik tizimni ham qabul qildik. Bo‘linishimizga bu ham 



qo‘shimcha turtki bo‘ldi, chunki demokratiya yo‘lida tuzgan ko‘pgina siyosiy partiya va guruhlarimiz o‘z 

maqsadi yo‘lida islomiy shiorlardan foydalandi, boshqa partiyalarning islomiy partiya deb atalish 

huquqini rad qildi va hukumat tarkibiga kirishga muvaffaq bo‘lolmasa, demokratik saylov natijasini tan 

olishdan bo‘yin tovladi. Zo‘ravonlik yo‘lini tutib, beqarorlik paydo qildi, natijada musulmon davlatlari 

battar zaiflashdi. 

 

Necha asrlar davom etgan shunday voqealar tufayli ummat va islom tsivilizatsiyasi shu qadar 



kuchsizlandiki, yevropaliklar mustamlaka qilmagan va ularga tobe bo‘lmagan bironta ham musulmon 

davlati qolmadi. Biroq erishilgan mustaqillik ham musulmonlarning kuchayishiga yordam bermadi. 

Doimiy notinchlik girdobida qolgan davlatlar zaif bo‘lib, yomon idora qilinishdan aziyat chekardi. 

Yevropaliklar musulmonlarning yerlari bilan ko‘ngliga kelgan ishni qilishi mumkin edi. Ular yahudiylar 

masalasini hal qilish uchun Isroil davlatini tuzish maqsadida musulmonlar yerining bir qismini tortib 

olganiga ajablanmasa ham bo‘ladi. Bo‘linib ketgan musulmonlar Balfurning kirdikorlari va sionistik 

jinoyatlarning oldini olish uchun aytarli hech nima qila olmadi. 

 

Shunga qaramay ayrimlar bizni turmushimiz g‘animlarnikidan yaxshiroq ekaniga ishontirmoqchi 



bo‘lishadi. Ba’zilar islom bizni kambag‘al bo‘lishga buyurgan, azob-uqubat chekishga moyillik ham 

musulmonlarga xos deb ishonadi. «Bu dunyo biz uchun emas. Narigi dunyoda bizni huzur-halovat kutib 

turibdi. Bizning ishimiz — muayyan tartib-taomillarga rioya qilish, muayyan kiyimlarni kiyish va muayyan 

tashqi ko‘rinishga ega bo‘lishdir. Bizning zaifligimiz, qoloqligimiz va jabr-zulm chekayotgan 

birodarlarimizu opa-singillarimizga yordam berishga noqobilligimiz Ollohning irodasi bilandir, u dunyoda 

jannatga noil bo‘lish uchun bu dunyoda mana shu uqubatlarni boshdan kechirishimiz kerak. Biz 

peshonamizga yozilgan taqdirga rozi bo‘lishimiz shart. Nimadir qilishga zarurat yo‘q. Ollohning irodasiga 

qarshi hech nima qila olmaymiz» deyishadi. 

 

Ammo bularning hammasi Ollohning irodasi, biz hech nima qilmasligimiz kerak degan gap to‘g‘rimi? 



Olloh «Ra’d» surasining 11-oyatida bizga «Albatta, Alloh biror qavm o‘zlaridagi narsani (ne’matlarga 

nisbatan munosabatni) o‘zgartirmagunlaricha, ulardagi narsani (holatni yomon holatga) o‘zgartirmas» 

deb nasihat qiladi. 

 

Biz hozir qanday ezilayotgan bo‘lsak, ilk musulmonlar ham shunday ezilgan edi. Ammo ular islom 



ta’limotiga muvofiq o‘zlariga o‘zlari yordam bermoq uchun astoydil va jiddu-jahd bilan harakat 

qilganlaridan so‘ng Olloh ularga dushmanlarini tor-mor qilish va qudratli islom tsivilizatsiyasini barpo 

etishda yordam berdi. Qo‘limizda Olloh bergan shuncha imkoniyat, boylik bo‘la turib biz nima qildik? 

 

Bizning kuchimiz – son jihatidan ko‘pligimizda. Biz 1,3 milliard nafarmiz. Butun dunyodagi neft 



zaxiralarining katta qismi bizniki. Son-sanoqsiz boyliklarimiz bor. Biz johiliyat davrida islomga kirgan 

arablarchalik bilimsiz emasmiz. Jahon iqtisodiyoti va moliya tizimi qanday ishlashini bilamiz. Jahondagi 

180 ta mamlakatning 50 tasi bizning qo‘limizda. Bizning ovozlarimiz xalqaro tashkilotlarni bor yoki yo‘q 

qilishi mumkin. Lekin biz johiliyat davrida islomga kirib, payg‘ambarni rahnamo deb qabul qilgan 

kamsonli arablardan ham ojizu notavon ko‘rinamiz. Nega? Bu Ollohning irodasimi yoki dinimizni noto‘g‘ri 

tushunib, uning to‘g‘ri yo‘l-yo‘riqlariga rioya qilmaganimiz, shuningdek, qilayotgan noto‘g‘ri 

ishlarimizning natijasimi? 

 

Dinimiz bizga o‘z ummatingni himoya qil deb nasihat qiladi. Afsuski, biz mudofaa qobiliyatini oshirishga 



emas, payg‘ambar davridagi qurollarga e’tibor qaratamiz. Bu qurollar va otlar endi bizni himoya qila 

olmaydi. O‘zimizni mudofaa qilish uchun endi bizga o‘qotar qurollar va raketalar, bombalar va 

samolyotlar, tanklar va harbiy kemalar kerak. Biroq narigi dunyoda bizga zarracha foyda bermaydi deb 

tabiiy fanlar va matematikani o‘rganishga loqayd qaraganimiz tufayli bugun mudofaa uchun suv ila 

havodek zarur bo‘lgan qurol-yarog‘larni mustaqil ishlab chiqarishga qodir emasmiz. Qurol-yarog‘larni 

g‘animlar va dushmanlarimizdan sotib olishga majburmiz. Qur’onni yuzaki tushunish va kerakli 

narsalarga e’tibor qaratmaslik natijasida, mana, qanday ahvolga tushib qoldik; Qur’on va 

payg‘ambarimiz sunnatining mohiyatiga emas, hijriy birinchi asrda qo‘llangan shakl, usul va vositalarga 

mahkam yopishib olishning oqibati bu. Islomning boshqa o‘gitlari xususida ham shunday deyish mumkin. 

Bizni Olloh o‘gitlarining mohiyati emas, zohiri ko‘proq qiziqtiradi va biz payg‘ambar sunnatiga zohiran 

amal qilamiz. 

 

Ehtimol, biz hijriy birinchi asrdagi islomiy turmush tarzini eng to‘g‘ri deb hisoblaganimiz uchun o‘sha 



turmush tarzini, o‘sha davrni tiklashni xohlagandirmiz. Biroq bunday qilishimizga imkon berishmaydi. 

Bizning g‘animlarimiz va dushmanlarimiz ustimizdan hukmronlik qilish uchun qoloqligimiz va 

zaifligimizdan foydalanishmoqda. Islom faqat eramizning yettinchi asri uchun emas, barcha zamonlar 

uchun tushirilgan. Zamonlar esa o‘zgardi. Xohlaymizmi, yo‘qmi, biz ham o‘zgarishimiz kerak, dinimizni 

o‘zgartirish yo‘li bilan emas, uning yo‘l-yo‘riqlarini hijriy birinchi asrdagidan tubdan farq qiluvchi yangi 

muhitda qo‘llash yo‘li bilan o‘zgarishimiz shart. Islom noto‘g‘ri din emas, ammo ulamo talqinlarida 

xatolar bo‘lishi ehtimoldan xoli emas, chunki ular nihoyatda bilimdon bo‘lishlari mumkin, lekin 

payg‘ambar emaslar. Biz islomning fundamental ta’limotiga qaytib, haqiqatan ham payg‘ambar 

o‘rgatgan dinga e’tiqod qilayapmizmi-yo‘qmi, aynan o‘sha dinning ko‘rsatmalarini bajarayapmizmi-

yo‘qmi deb o‘zimizdan so‘rab ko‘rishimiz darkor. Illo, e’tiqodlarimiz bir-biridan shunchalik farq qilib 

turgan holatda hammamiz chin va haqiqiy islom diniga e’tiqod qilayapmiz deb aytishimiz qiyin. 

 

Bugungi kunda butun musulmon ummatiga nafrat bilan qarashadi. U malomatga qolgan. Dinimizni 



kamsitishadi. Muqaddas joylarimizni bulg‘ashadi. Mamlakatlarimiz bosib olingan. Odamlarimizni 

o‘ldirishmoqda, ochlik bilan qiynashmoqda. 

 


Davlatlarimizning hech biri to‘liq mustaqil emas. Sitamgarlarimiz bizni o‘z xohishlari yo‘lida majburlab, 

o‘zimizni qanday tutishni, o‘z yerlarimizni qanday boshqarishni va hatto qanday o‘ylashni o‘rgatish 

maqsadida bizga tazyiq o‘tkazmoqda. 

 

Bugungi kunda agar ular mamlakatimizga bostirib kirmoqchi, vatandoshlarimizni o‘ldirmoqchi, shahar va 



qishloqlarimizni vayron qilmoqchi bo‘lsa, bunga qarshi aytarli hech nima qilolmaymiz. Nahotki, shu holga 

tushishimizga islom dini sababchi bo‘lsa? Balki o‘zimiz diniy burchlarimizni bajara olmayotgandirmiz? 

 

Qo‘limizdan keladigan birgina ish g‘azab o‘tida yonish bo‘lib qolayotir. G‘azablangan kishilar esa to‘g‘ri 



fikrlay olmaydi. Shu sababli ayrimlar voqelikka kaltabin qaramoqda. Bundaylar hujum uyushtirib, 

g‘ayridin bo‘ladimi, dindoshi bo‘ladimi, duch kelgan odamni o‘ldirib, o‘zlaricha o‘ch olmoqchi 

bo‘lishayapti. Ularning hukumatlari bundaylarni to‘xtatish uchun hech narsa qilolmayotir. Dushman esa 

javob zarbasini berib, hukumatlarni siquvga olmoqda. Hukumatlarning g‘animlarga yon berish va ular 

shartini qabul qilishdan boshqa chorasi qolmayapti. 

 

Buni ko‘rib vatandoshlar va ummat yanayam g‘azablanib, o‘z hukumatlariga qarshi oyoqlanmoqda. 



Muammoni tinch yo‘l bilan hal qilish yo‘lidagi har qanday urinish qarshilikka uchrayapti: dushmanning 

jig‘iga tegish va muammoni osoyishta hal qilishga xalaqit berish maqsadida yangidan palapartish 

hujumlar uyushtirilayotir. Ammo bu hujumlar hech nimani hal qilmaydi. Musulmonlarga nisbatan zulm 

yanada kuchayadi, xolos. 

 

Musulmon mamlakatlari va xalqlarini ilojsizlik hissi qiynamoqda. Ular hech bir to‘g‘ri ish qila 



olmasliklarini fahmlab turibdi. Ular vaziyat bundan ham battar bo‘lishi mumkin deb hisoblamoqda. 

Musulmonlar har doim g‘arbning istibdodi va hukmronligi ostida bo‘ladi, har doim kambag‘al, qoloq va 

zaifligicha qoladi deb o‘ylaydi. Ayrimlar esa, yuqorida aytib o‘tganimdek, bularning bari — Ollohning 

irodasi, musulmonlarga bu dunyoda qashshoqlikda jabru-sitam chekib yashab o‘tish buyurilgan deb 

ishonadi. 

 

O‘zimizni himoya qilish uchun nimadir qilishimiz zarur, biroq qo‘limizdan hech ish kelmaydi degan gap 



to‘g‘rimi? 1,3 milliardlik ummat son jihatidan ancha kam dushmanning kamsitish va zulmiga qarshi hech 

narsa qilolmasligi to‘g‘rimi? Nahotki, ko‘r-ko‘rona g‘azablanishdan boshqa chora qolmagan bo‘lsa? 

Nahotki, yoshlarni o‘zini o‘zi portlatib, odamlarni o‘ldirishga chorlash va shu tariqa o‘z xalqining juda 

ko‘p vakillari g‘anim tomonidan o‘ldirilishiga sababchi bo‘lishdan boshqa yo‘l yo‘q bo‘lsa? 

 

1,3 milliard musulmon bir necha million nafar dushmandan yengilishi mumkin emas. Qandaydir bir yo‘li 



bo‘lishi kerak. Biz mulohaza qilish, ojiz va kuchli taraflarimizga baho berish, qarshi hujumimizni 

rejalashtirish va uning strategiyasini ishlab chiqish uchun to‘xtab, o‘zimizni bosib olsakkina o‘sha yo‘lni 

topamiz. Musulmon sifatida biz Qur’on va payg‘ambarimizning sunnatidan yo‘l-yo‘riq izlashimiz lozim. 

Shak-shubhasiz, payg‘ambarimizning 23 yillik kurashi qanday yo‘l tutish borasida bizga ibrat bo‘la oladi. 

 

Bilamizki, payg‘ambarimiz va ilk sahobalar qurayshiylarning ta’qibiga duchor bo‘lishgan. U javob 



zarbalarini berganmidi? Yo‘q. U strategik chekinishga tayyor edi. U ilk sahobalarini xristian mamlakatiga 

jo‘natdi, o‘zi esa keyinroq Madinaga ko‘chib o‘tdi. U yerda tarafdorlar yig‘ib, mudofaa qobiliyatini 

mustahkamladi va ummatining xavfsizligini ta’minladi. Hudaybiya urushida do‘stlari va sahobalari qarshi 

chiqsa ham dushmanning musulmonlar uchun o‘ng‘aysiz bo‘lgan shartlarini qabul qildi. Sulh tuzilgandan 

keyin o‘z kuchlarini birlashtirdi va oxir-oqibat Makkaga kirishga va unda ham islomni e’lon qilishga 

muvaffaq bo‘ldi. Hatto shundan keyin ham u qasos olishga intilmadi. Oqibatda Makka ahli islomni qabul 

qildi, ularning ko‘pchiligi esa musulmonlarning ashaddiy himoyachilariga aylandi. 

 

Payg‘ambar kurashining qisqacha tarixi shunday. Biz uning sunnatiga amal qilish kerakligi haqida ko‘p 



gapiramiz, ko‘plab misollar, hadislar keltiramiz. Lekin amalda birortasiga ham rioya qilmaymiz. 

 

Agar Olloh bergan aqlimizni ishlatib o‘ylab ko‘rsak, noto‘g‘ri ish qilayotganimizni tushunamiz. Dushman 



bizga ziyon yetkazgani uchun unga ham ziyon yetkazish istagimizni hisobga olmaganda, biz hech qanday 

maqsadsiz kurashmoqdamiz. Dushman yon beradi deb nodonlarcha fikrlaymiz. Behuda qurbonlar 

beramiz va shu bilan dushmanning javob zarbalari va haqoratlari yanada kuchayishiga erishamiz, xolos. 

 

To‘xtab, yaxshilab o‘ylab olish vaqti allaqachon yetdi. Ammo bu vaqtni bekorga yo‘qotishni anglatmaydi. 



Yarim asrdan ziyod Falastin uchun kurashib nimaga erishdik? Hech nimaga. Ahvolimiz oldingidan ham 

yomonlashdi. Agarda to‘xtab, yaxshilab o‘ylab olganimizda edi, uzil-kesil g‘alabaga erishish imkonini 

beruvchi reja, strategiyani ishlab chiqishimiz mumkin bo‘lardi. To‘xtash va xotirjam mulohaza qilish 

vaqtni bekorga yo‘qotishni bildirmaydi. Vaziyatga xotirjamlik bilan baho berish uchun biz strategik 

jihatdan yon berishimiz kerak. 

 

Haqiqatda biz juda qudratlimiz. 1,3 milliard kishini shunchaki yer yuzidan yo‘qotib bo‘lmaydi. 



Yevropaliklar 12 million yahudiyning 6 millionini o‘ldirgan edi. Biroq bugun yahudiylar dunyoni qanday 

xohlasa shunday boshqarmoqda. Ular boshqalarni o‘zlari uchun urushish va o‘lishga majbur qilayapti. 

 

Ehtimol, bu bizning qo‘limizdan kelmas. Balki biz 1,3 milliard musulmonning hammasini ham birlashtira 



olmasmiz. Balki barcha musulmon hukumatlarini birgalikda harakat qilishga majburlay olmasmiz. Biroq 

hatto ummatning uchdan birini va musulmon davlatlarining uchdan bir qismini birlashtira olsak ham 

nimadir qilishga qurbimiz yetadi. Eslang, payg‘ambarimiz Madinaga otlanganida izdoshlari juda kam edi. 

Ammo u ansorlar bilan muhojirlarni birlashtira oldi va oxir-oqibatda islomni muhofaza qilish uchun 

yetarli kuchga ega bo‘ldi. 

 

Biz qisman birligimizdan tashqari qo‘limizdagi boyliklarning ham hisobini olishimiz kerak. Men yuqorida 



odamlarimiz soni, neft boyliklarimiz haqida gapirib o‘tdim. Hozirgi zamonda biz harbiy jihatdan 

zaifligimizning o‘rnini bosishga yetarli bo‘lgan ulkan siyosiy, iqtisodiy va moliyaviy qudratga egamiz. 

 

Biz shuningdek nomusulmonlarning hammasi ham bizga qarshi emasligini bilamiz. Ba’zilari biz bilan juda 



yaxshi munosabatda. Ayrimlari hatto bizning dushmanlarimizni o‘z dushmanlari deb bilishadi. Hatto 

yahudiylar orasida ham Isroil qilayotgan ishni qo‘llamaydiganlar ko‘p. 

 


Biz hammani o‘zimizga qarshi qilib qo‘yishimiz kerak emas. Ularning aqli va qalblarini zabt etishimiz 

shart. Ularni yordam so‘rab emas, o‘z manfaatimiz uchun kurashda namoyon qiladigan fazilatlarimiz 

bilan og‘dirib olishimiz zarur. Islomga to‘g‘ri kelmaydigan harakatlar bilan odamlarni o‘zimizdan bezdirib, 

dushman tomonga og‘ib ketishiga, shu tariqa g‘animlarimiz kuchayishiga yo‘l qo‘ymasligimiz shart. 

Sulton Salohiddinni, u salibchilarga, xususan Angliya qiroli Richardga qarshi qanday kurashganini eslang. 

Payg‘ambarimiz islom dushmanlariga ham ko‘rsatgan g‘amxo‘rlikni yodga olaylik. Biz ham xuddi shunday 

qilishimiz kerak. Biz uchun aynan kurashdagi g‘alaba muhim, g‘azab bilan qarshi hujumlar uyushtirish va 

o‘ch olish emas. 

 

Faqat qurollanish sohasida emas, barcha jabhada qudratimizni oshirib borishimiz lozim. Mamlakatlarimiz 



barqaror, hukumatlar salohiyatli, iqtisodiy va moliyaviy jihatdan baquvvat, sanoat rivojlangan va 

texnologik jihatdan ilg‘or bo‘lishi shart. Buning uchun vaqt kerak bo‘lsa ham shunga erishishimiz zarur, 

shunda vaqtni bekorga ketkazmagan bo‘lamiz. Dinimiz bizni sabrli bo‘lishga buyurgan. Shubhasiz, sabrli 

bo‘lish – ulug‘ fazilat. 

 

Biroq ummatning himoyasi, qarshi hujum o‘z uyimizda tartib o‘rnatish bilanoq boshlanmasligi lozim. 



Hatto hozir ham biz g‘animlarga qarshi qo‘yish mumkin bo‘lgan salmoqli mol-mulk va vositalarga egamiz. 

Faqat ularni baholashimiz va dushman amalga oshirayotgan xunrezliklarga barham berish uchun ulardan 

qanday foydalanishni bilishimiz kerak, xolos. Agar yaxshilab mulohaza qilish, reja tuzish, strategiya ishlab 

chiqish va eng zarur birinchi qadamlarni qo‘yish uchun to‘xtab olsak, buni bemalol uddalasak bo‘ladi. 

Hatto shu qadamlarning o‘ziyoq ijobiy natija berishi mumkin. 

 

Bilamizki, johiliyat davrida arablar bor-yo‘g‘i turli qabilalarning vakillari bo‘lgani uchungina o‘zaro 



adovatlashib, bir-birlarining qonini to‘kar edi. Payg‘ambar ularga islomiy birodarlikni targ‘ib qildi va ular 

bir-birlariga bo‘lgan nafratni yengishga, birlashishga va buyuk musulmon tsivilizatsiyasini barpo etishda 

bir-birlariga yordam berishga muvaffaq bo‘ldi. Johiliyat davridagi qoloq arablar qilolgan ish biz, hozirgi 

musulmonlarning qo‘lidan kelmaydimi? Biz ham nimadir qila olamiz, o‘zimizning buyuk tsivilizatsiyamizni 

qayta tiklay olmasak ham, hech bo‘lmaganda ummat xavfsizligini ta’minlay olamiz. 

 

Buni amalga oshirish uchun bizdan xalqlarimizga xos turli-tuman xususiyatlardan voz kechish talab 



qilinmaydi. Bizga faqat umumiy manfaatlar yo‘lida, faqat Falastin muammosi singari umumiy 

muammolar ustida birgalikda harakat qila olishimiz uchun sulhga chaqirishning o‘zi kifoya. 

 

Har qanday jangda, har qanday urushda hech narsa jamoaviy harakatlardan ham muhimroq ahamiyatga 



ega bo‘lmaydi. Talab qilinadigan birgina narsa muayyan darajadagi intizomga rioya qilishdir. 

Payg‘ambarimiz Uhud jangida askarlarining bir qismi safni tark etgani uchun mag‘lubiyatga uchragan edi. 

Biz buni bilamizu shunga qaramay intizomga rioya qilishni, nomuntazam va muvofiqlashtirilmagan 

harakatlardan o‘zimizni tiyishni xohlamaymiz. Biz botir bo‘lishimiz kerak, lekin bemulohaza emas. Biz 

narigi dunyodagi ajrlar haqidagina emas, bu dunyodagi missiyamizning natijalari haqida ham 

qayg‘urishimiz lozim. 

 


Qur’on bizga agar dushmaningiz sizga yarashishni taklif qilsa, uning taklifini qabul qiling deb o‘rgatadi. 

Ha, taklif etilayotgan shartlar biz uchun nomaqbul. Ammo biz muzokaraga borishimiz shart. 

Payg‘ambarimiz Hudaybiyada shunday qilgan va oxir-oqibatda g‘alaba qozongan edi. 

 

Tushunaman, ushbu g‘oyalarning hammasi ham keng tarqalmaydi. Qahru g‘azabini bosolmaganlar gap 



nimadaligini anglamay turiboq ularni rad qilishdan xursand bo‘ladi. Ular hatto kim ushbu yo‘lni qo‘llab-

quvvatlasa uning og‘ziga urishni xohlashadi. Ularga qolsa yangidan-yangi yigit-qizlar o‘zlarini qurbon 

qilishda davom etaverishsa. Lekin bularning barchasi nimaga olib keladi? Albatta g‘alabaga emas. Oxirgi 

50 yil mobaynida Falastindagi janglarda hech qanday natijaga erishmadik. Qaytanga vaziyatni 

yomonlashtirdik xolos. 

 

Ehtimol dushman bu takliflarni ma’qullar va biz targ‘ibotchilar g‘anim foydasiga ishlayapti degan 



xulosaga kelarmiz. Lekin o‘ylab ko‘ring. Biz aqlli odamlarga qarshi kurashayapmiz. Ular 2000 yillik 

qirg‘indan qarshi hujumlar tufayli emas, aql bilan ish yuritishlari sababli omon qolishgan. Ular sotsializm, 

kommunizm, inson huquqlari va demokratiya g‘oyalarini o‘ylab topib, hayotga shunday muvaffaqiyat 

bilan joriy etishdiki, ularni ta’qib qilish qonunga xilof bo‘lib qoldi, chunki ular boshqalar bilan teng 

huquqqa ega bo‘lishdi. Bularning hammasidan foydalanib hozirgi vaqtda ular eng qudratli davlatlar 

ustidan nazoratni o‘z qo‘llariga oldi va kichkinagina to‘da shu tariqa dunyoga hukmronlik qila boshladi. 

Biz faqatgina musht bilan ularga qarshi kurasholmaymiz, aqlimizni ham ishlatishimiz kerak. 

 

O‘zlarining qudratli ekanligi va ochiq-oydin ko‘rinib turgan muvaffaqiyatlari tufayli ular kekkayib ketgan. 



Barcha g‘azabnok kishilar singari kekkayganlar ham albatta xato qiladi, mulohaza qilishni unutadi. 

 

Ular allaqachon xatoga yo‘l qo‘ya boshladi. Bundan keyin xatolari yanada ko‘payadi. Biz uchun – hozir 



ham, kelajakda ham – alohida imkoniyatlar paydo bo‘ladi. Ulardan albatta foydalanishimiz shart. 

 

Ammo buning uchun to‘g‘ri harakat qilishimiz darkor. Ritorika yaxshi narsa. U bizga nisbatan qilingan 



adolatsizliklarni ko‘rsatish va, ehtimol, odamlarni ozroq bo‘lsa ham o‘zimizga moyil qilish va qo‘llab-

quvvatlashiga erishishga yordam beradi. U bizning ruhimizni ko‘tarishi, irodamizni, qat’iyatimizni 

mustahkamlashi mumkin, bu bizga dushmanning ko‘ziga tik qarashimiz uchun kerak. 

 

Biz nusrat so‘rab Olloh taologa sig‘inishimiz lozim, chunki g‘alaba qozonamizmi yoki mag‘lub bo‘lamizmi, 



oxir-oqibatda aynan u hal qiladi. Niyatimizga yetish uchun uning marhamati va yordamiga muhtojmiz. 

 

Biroq uning bizni qo‘llab, g‘alaba in’om qilish-qilmasligi o‘zimizning nima qilishimiz va qanday harakat 



boshlashimizga bog‘liq. Tag‘in «Ra’d» surasini(ng 11-oyatini) yodga olamiz. 

 

So‘zimning boshida aytib o‘tganimdek, hozir butun dunyoning ko‘zi bizda, butun musulmon ummati 



islom davlatlari rahbarlarining ushbu konferentsiyasini umid bilan kuzatib turibdi. Ular bizdan qahru 

g‘azabimizni quruq gap yo ishoralar bilan to‘kib solishimizni ham, Ollohning marhamatiga noil bo‘lish 

uchun unga iltijo qilishimizni ham kutayotgani yo‘q. Ular bizdan nimadir qilishimizni, ishga kirishishimizni 


kutishmoqda. Biz, musulmon millatlarning rahbarlari, ularga qo‘limizdan hech nima kelmaydi deya 

olmaymiz. Hatto dinimizdagi va ummatimizdagi tarqoqlik bilan to‘qnash kelayotgan bo‘lsak ham ularga 

biz birlasha olmaymiz deya olmaymiz. 

 

Bilamiz, bu ish qo‘limizdan keladi. Biz amalga oshira oladigan ko‘p ishlar bor. Ixtiyorimizda ulkan 



resurslar mavjud. Bizdan talab qilinadigani – intilish, xolos. Musulmon sifatida dinimiz ko‘rsatayotgan 

yo‘l-yo‘riqlar uchun shukur qilishimiz, bizdan talab qilinayotgan ishni qat’iyat va iroda bilan bajarishimiz 

lozim. Hokimiyatdan o‘z maqsadimiz yo‘lida foydalanishimiz uchungina Olloh bizni odamlarga rahbar 

qilib qo‘ygani yo‘q. Qo‘limizdagi hokimiyatdan xalqimiz, ummatimiz, islom manfaati yo‘lida aql bilan, 

hamjihatlik bilan foydalanishimiz shart. Shunda, inshoolloh, g‘alaba qozonamiz. 

 

Men Ollohdan Islom konferentsiyasi tashkiloti Malayziyaning Putrajaya shahrida o‘tkazayotgan ushbu 



10-konferentsiyasi bizga yangi kuch-g‘ayrat baxsh etishini, qudratli, marhamatli, rahmli Ollohning o‘zi 

ushbu anjumanimizni xayrli qilishini so‘rab qolaman. 

 

Hasan Karvonli tarjimasi 



 

Mahatma Gandi: “Hindistonning boshqa najot yo‘li yo‘q” 

Chop etilgan07.11.2018MuallifZiyouz.uz 

 

 



 

Hindiston milliy ozodlik harakatining rahnamolaridan biri Mohandas Karamchand (Mahatma) Gandi 

1869 yil 2 oktyabrda Gujarat knyazligining Porbandar shahrida tug‘ilgan. Angliyada yuridik ta’lim olgach, 

1893 yilgacha Bombeyda (hozirgi Mumbayda) advokatlik qiladi, 1893 — 1914-yillarda Janubiy Afrikada 

Gujarat savdo firmasining yuriskonsulti vazifasida ishlaydi. 

 

1915 yilda Hindistonga qaytib, Hindiston milliy kongressi (HMK) partiyasi bilan yaqinlashadi, 1921 yildan 



partiyaga rahbarlik qiladi, biroq ozodlik kurashini olib borish usullari borasida HMKning boshqa 

yetakchilari bilan kelisholmasdan 1934 yilda partiyani tark etadi. 1948 yil 30 yanvarda Dehlidagi ibodat 

marosimida mutaassib hind tomonidan o‘ldirilgan. 

 

1916 yil 4 fevralda Banorasdagi Hind universitetining ochilish marosimida so‘zlangan ushbu nutq 



Gandining hindlar o‘z taqdiri va o‘z yurtining egasi bo‘lishi kerak degan printsipini aks ettiradi. 

 

Mahatma Gandi tomonidan yaratilgan kuch ishlatmasdan kurashish falsafasi — satyagraha (sanskritcha 


Download 384.27 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling