Chi so’z turkumlari yordamchi so’z turkumlari


Download 46.38 Kb.
bet12/25
Sana28.12.2022
Hajmi46.38 Kb.
#1023638
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   25
Bog'liq
yordamchi so`zlar. ma`ruza matni

4. Yo’nalish
Sari , qarab , tomon , bo’ylab , yoqalab
Kela berdilar bari , Kattakon chonor sari .
Komila to’ppa-to’g’ri idoraga qarab ketdi .
Otasidan bir kun olib pul , Kitob do’kon sari soldi yo’l . Ketayotsa yo’lida o’g’lon , Uchrab qoldi muzqaymoq do’kon .
Ariq yoqalab ancha yurishga to’g’ri keldi .
Daryo bo’ylab ikki-uch soat yurilgach adirlikka chiqiladi .
5. Sabab
Uchun , tufayli , sababli , bois , deb , deya
A’zimjon qilmishi uchun uzr so’radi .
Yurtim , seni faqat boyliklaring-chun , Sevgan farzand bo’lsa kechirma aslo .
Qor yog’gani tufayli kecha oydin edi .
Soliq vaqtida to’lanmagani bois penya undirishdi .
Seni deb shuncha yo’l bosib keldim .
Tinchlik sababli yurt obod bo’lmoqda .
Arzimagan o’tinnini deya janjal qilish yaxshi emas .
6. Vosita
Bilan , orqali , vositasida , yordamida , ila
Muxbirimiz telefon orqali xabar berdi .
Qalam-la men to’qiyman qo’shiq , U insonga , elga xizmatim .
Nigora yaxshi xulqi , chiroyli muomalasi bilan ham obro’ga erishishi mumkin edi-ku !
Usmon she’rlarida jimjimadorlik ko’rinmas , fikr-tuyg’u sodda til orqali harorat bilan bayon qilinar edi .
Hassasi yordamida eshikni ochdi .
Qo’shiq ila ovunadi dil , Qo’shiq ila yashnaydi ko’ngil .
Ma’lumotlarni fleshka vositasida xavfsiz yetkazish mumkin .
7. Maqsad
Uchun , deb , deya
Uni bizning maktabga tajriba uchun olib kelishgandi .
Ba’zilar ovqatlanish uchun yashaydilar , men esa yashash uchun ovqatlanaman .
Biroz dam olay deb endi cho’zilgan edim , eshik taqqillab qoldi .
Diydoringni ko’ray deya keldim , chirog’im !
8. Taqqoslash
Ko’ra , qaraganda
Bugun havo kechagiga qaraganda salqin bo’ldi .
Opasiga qaraganda zehni o’tkirroq ekan .
Poyezdda ketish avtobusdan ko’ra qulay va xavfsiz .
9. Asoslanish , moslik
Muvofiq , ko’ra , binoan
Rejaga muvofiq ish tuting .
Huquqbuzarlar qonunga ko’ra jazolanadi .
Guvohlarning ko’rsatmasiga binoan siz aybdor deb topildingiz .

Download 46.38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling