Chi so’z turkumlari yordamchi so’z turkumlari
Download 46.38 Kb.
|
yordamchi so`zlar. ma`ruza matni
- Bu sahifa navigatsiya:
- 8. Taqqoslash
4. Yo’nalish
Sari , qarab , tomon , bo’ylab , yoqalab Kela berdilar bari , Kattakon chonor sari . Komila to’ppa-to’g’ri idoraga qarab ketdi . Otasidan bir kun olib pul , Kitob do’kon sari soldi yo’l . Ketayotsa yo’lida o’g’lon , Uchrab qoldi muzqaymoq do’kon . Ariq yoqalab ancha yurishga to’g’ri keldi . Daryo bo’ylab ikki-uch soat yurilgach adirlikka chiqiladi . 5. Sabab Uchun , tufayli , sababli , bois , deb , deya A’zimjon qilmishi uchun uzr so’radi . Yurtim , seni faqat boyliklaring-chun , Sevgan farzand bo’lsa kechirma aslo . Qor yog’gani tufayli kecha oydin edi . Soliq vaqtida to’lanmagani bois penya undirishdi . Seni deb shuncha yo’l bosib keldim . Tinchlik sababli yurt obod bo’lmoqda . Arzimagan o’tinnini deya janjal qilish yaxshi emas . 6. Vosita Bilan , orqali , vositasida , yordamida , ila Muxbirimiz telefon orqali xabar berdi . Qalam-la men to’qiyman qo’shiq , U insonga , elga xizmatim . Nigora yaxshi xulqi , chiroyli muomalasi bilan ham obro’ga erishishi mumkin edi-ku ! Usmon she’rlarida jimjimadorlik ko’rinmas , fikr-tuyg’u sodda til orqali harorat bilan bayon qilinar edi . Hassasi yordamida eshikni ochdi . Qo’shiq ila ovunadi dil , Qo’shiq ila yashnaydi ko’ngil . Ma’lumotlarni fleshka vositasida xavfsiz yetkazish mumkin . 7. Maqsad Uchun , deb , deya Uni bizning maktabga tajriba uchun olib kelishgandi . Ba’zilar ovqatlanish uchun yashaydilar , men esa yashash uchun ovqatlanaman . Biroz dam olay deb endi cho’zilgan edim , eshik taqqillab qoldi . Diydoringni ko’ray deya keldim , chirog’im ! 8. Taqqoslash Ko’ra , qaraganda Bugun havo kechagiga qaraganda salqin bo’ldi . Opasiga qaraganda zehni o’tkirroq ekan . Poyezdda ketish avtobusdan ko’ra qulay va xavfsiz . 9. Asoslanish , moslik Muvofiq , ko’ra , binoan Rejaga muvofiq ish tuting . Huquqbuzarlar qonunga ko’ra jazolanadi . Guvohlarning ko’rsatmasiga binoan siz aybdor deb topildingiz . Download 46.38 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling