!!! “Ko’makchilar kelishik qo’shimchalariga qaraganda ma’noni aniq , ravshan ifodalaydi”. (Hozirgi o’zbek adabiy tili ; Ulug’ Tursunov , 375-bet)
!!! “Kelishik qo’shimchalari bilan ifodalangan ma’no aniq , ko’makchilar orqali ifodalangan ma’no esa umumiyroq , noaniqroq bo’ladi . Ayniqsa bu farq yo’nalish ma’nosini bildirishda aniq seziladi . Solishtiring : Samarqandga ketdi—Samarqand tomon(ga) ketdi”. (Akademik litsey darsligi , II bosqich ; A.Nurmonov , 241-bet)
Xullas , ot , olmosh , harakat nomi , sifatdosh , shuningdek otlashgan so’zlardan keyin qo’llanib , ularni hokim(bosh) so’zga tobelantirib bog’lash uchun xizmat qiluvchi yordamchi so’zlar ko’makchi deyiladi .
Ko’makchilar o’zidan oldingi so’z bilan bitta so’roqqa javob bo’ladi , bitta sintaktik vazifa bajaradi va bur butun ohangga ega bo’ladi .
Ko’makchi asosan to’ldiruvchi va holni , qisman aniqlovchi va kesimni shakllantiradi .
Ko’makchilarning grammatik ma’nolari
Ko’makchilar yetakchi so’z , ya’ni o’zidan oldingi so’zga bog’lanib , unga turli qo’shimcha grammatik ma’nolar yuklaydi .Ularni shartli ravishda quyidagi guruhlarga ajratish mumkin .
1. O’xshatish-qiyoslash
Kabi , singari , yanglig’ , misoli , misli , qadar
Usmon Nosir ham mashhur siymolar kabi yoshligidan ko’p ijobiy xislatlarga ega bo’lgan edi .
Tog’dek og’ir quladi , Qush singari yengil tan .
U hamma qishloq bolalari kabi yoshlikdan mehnatga kirishgan bo’lsa-da , ammo o’yinga ham vaqt topar edi .
Ularning mehri-ku bamisli chiroq , Ko’ksi ham yulduzli osmon qadar keng .
Qish qo’ynidan baxt singari yoz uchib kelar .
2. Chegara
Qadar , dovur , to , tortib
Kechga qadar ishladik .
Bolalardan tortib chollargacha hasharda qatnashdi .
Sen shahanshohi jahonsan husn ichra , Ishqing ila to qiyomat zindaman .
Endi bahorga dovur kutishdan boshqa choramiz yo’q .
3. Fikr mavzusi
Haqida , to’g’risida , xususida , borasida , yuzasidan , bo’yicha , ustida
Vatan haqida she’r bitdim .
Ular imtihon to’g’risida suhbatlashishdi .
Qurilish xususida hech kim churq etmadi .
Qaytib mehmonxona borasida gap ochma .
Ekologik muammolar yuzasidan davra suhbati o’tkazildi .
Kechirasiz , fuqarolarning yozma murojaatlari bo’yicha ma’lumot kerak edi .
Yo’lchida Gulnor haqida ikki og’iz gap eshitish orzusi kuchli edi .
Saida bu haqda bundan ortiq gapirishni lozim ko’rmadi .
Gap futbol o’yini ustida ketardi .
Do'stlaringiz bilan baham: |