16. Moslik , tenglik
Yarasha , qarab
Har kimga ehtiyojiga yarasha berilgan .
Obro’yingga yarasha ish qil , bola !
Qobiliyatiga yarasha ish bilan shug’ullansin .
Ularga qilayotgan ishiga qarab haq beriladi .
17. Holat , tarz , vaziyat
Bilan , holda , yo’sinda
Yuksak qoyalardan shiddat bilan qo’zg’algan burgut suruvdagi qo’zichoqni ildi-yu ketdi .
Mehr bilan silkib qo’l , Derlar :Tilaymiz oq yo’l”.
Ikkalsi bir-biriga nafrat bilan qaradi .
Sadriddin chaqqonlik bilan chelakni ilib oldi .
Safarmurod o’tirgan holda biz bilan salomlashdi .
Diqqat!!! Ayrim ko’makchilar bir necha xil grammatik ma’no ifodalaydi . Masalan , bilan sof ko’makchisi shunday xususiyatga ega :
1. birgalik : Testni do’stim bilan ishladim
2. payt : Dehqonlar yozi bilan tinim bilmadi
3. tarz(holat) : Ovqatni ishtaha bilan yedi
4. vosita : Qishloqqa avtobus bilan qaytdik
5. sabab : Seni gaping bilan shu holga tushdim
6. mavjudlik : Azizbek poytaxtdan katta mol-dunyo bilan qaytayotgan emish
7. to’siqsizlik : Quyosh chiqqani bilan havo sovuq edi
Diqqat!!! Sababli , tufayli , uchun ko’makchilari maqsad ma’nosini ifodalashi aytilgan(ona tili 7 , 64-bet ; N.Mahmudov , 2009-yil) , ammo sababli va tufayli ko’makchilari faqat sabab ma’nosini ifodalaydi .
Uchun ko’makchisi sabab , maqsad , atalganlik , yo’nalganlik , xoslik ma’nosiga ega(ona tili 7 , 32-bet ; H.Ne’matov , 2004-yil) .
1) atalganlik : Kitoblarni ukam uchun oldim
2) maqsad : Mehmonlar bilan ko’rishmoq uchun o’rnimdan turdim
3) sabab : Ravshan yoshligi va tajribasizligi uchun osongina bandi bo’ldi
4) xoslik : Haligacha majlis uchun klubimiz yo’q
Diqqat!!! Ko’makchilar yetakchi so’zga bog’lanib , unga turli qo’shimcha grammatik ma’nolarni yuklaydi . Jumladan , sababli , tufayli , uchun maqsad ma’nosini(?) ; tomon , qarab , sari , bo’ylab yo’nalish ma’nosini ; haqida , to’g’risida ko’makchilari mavzu ma’nosini ; kabi , singari ko’makchilari o’xshatish , qiyoslash ma’nosini ; qadar ko’makchisi chegara ma’nosini ifodalaydi .
Do'stlaringiz bilan baham: |