Chi so’z turkumlari yordamchi so’z turkumlari


Ko’makchilarning kelib chiqishiga ko’ra turlari


Download 46.38 Kb.
bet15/25
Sana28.12.2022
Hajmi46.38 Kb.
#1023638
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   25
Bog'liq
yordamchi so`zlar. ma`ruza matni

Ko’makchilarning kelib chiqishiga ko’ra turlari
1. Sof(asl) ko’makchilar
Atash ma’nosini batamom yo’qotgan , faqat grammatik ma’no ifodalaydigan , ko’makchi vazifasidagina qo’llanadigan , o’zi birikkan so’zni boshqa so’zga tobelantirib bog’lash uchun xizmat qiladigan ko’makchilar sof ko’makchilar deyiladi .
Sof ko’makchilar urg’u olmaydi . Urg’u ko’makchi bilan birga kelgan mustaqil so’zning ko’pincha oxirgi bo’g’iniga tushadi . Shuning uchun ko’makchi ohang tomonidan o’zidan oldingi so’z bilan bir butunlikni tashkil etadi , lekin yozuvda ajratib yoziladi : Temur tig’i yetmagan joyni , Qalam bilan oldi Alisher . (A.Oripov)
Bilan , sari , sayin , uchun , kabi , qadar , singari , uzra , tufayli , haqida , yanglig’ , oid , doir , dovur kabi ko’makchilar sof ko’makchilar sanaladi .
***Ba’zan bilan , uchun ko’makchilari badiiy uslubda –la , -chun shaklida qo’llanadi va chiziqcha bilan ajratib yoziladi .


2. Vazifadosh ko’makchilar
Sof ko’makchilar bilan bir qatorda ayrim so’zlar ko’makchi vazifasida qo’llanadi va ular vazifadosh ko’makchilar sanaladi .
Mustaqil so’zlar ma’lum bir o’rinda atash ma’nosini yo’qotib , ko’makchi vazifasida qo’llanishi mumkin . Bunday vaqtda ular ma’lum bir so’roqqa javob bo’lmaydi , mustaqil holda gap bo’lagi vazifasida kelmaydi ; o’zidan oldingi so’z bilan bitta so’roqqa javob bo’ladi , bitta sintaktik vazifa bajaradi va ohang jihatidan bir butun bo’ladi .
Ost , yon , ust , old , oldin , orqa , orqali , tepa , ro’para , tomon , bo’ylab , qarab , ko’ra , deya , deb , atab , oldida , qaramay , qaraganda , sababli , ichida , to’g’risida , avval, keyin , so’ng , burun , oxir , tag , yon , uch , ich , o’rta , ora , bosh , qosh , qariyb , boshlab , ko’ra , qatori , o’xshab , badaliga , vajidan , evaziga , bobida , tortib kabi so’zlar vazifadosh ko’makchilar sanaladi .
***Vazifadosh ko’makchilar qaysi so’z turkumi asosida yuzaga kelishiga ko’ra bir necha guruhga bo’linadi :
1. Ko’makchi vazifasida qo’llanuvchi otlar :tomon , misoli , bo’yi , ost , ust , tag , yon , old , orqa , yon , ich , ora;
2. Ko’makchi vazifasida qo’llanuvchi sifatlar : boshqa , bo’lak , o’zga , sababli , to’g’risida , muvofiq , qarshi ;
3. Ko’makchi vazifasida qo’llanuvchi ravishlar : so’ng , keyin , oldin , ilgari , avval , burun , beri , nari , asosan
4. Ko’makchi vazifasida qo’llanuvchi fe’llar : qaraganda , qaramasdan ; qarab , qaramay , ko’ra , bo’ylab , yarasha , qarata , boshlab , tortib .


Download 46.38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling