Chi so’z turkumlari yordamchi so’z turkumlari
Diqqat!!! Tomon ko’makchisi bosh va jo’nalish kelishigi shaklidagi ismlarga qo’shiladi . Diqqat!!!
Download 46.38 Kb.
|
yordamchi so`zlar. ma`ruza matni
- Bu sahifa navigatsiya:
- Diqqat!!!
- -la va –chun
- Jo’nalish kelishigi
- O’rin-payt kelishigi
Diqqat!!! Tomon ko’makchisi bosh va jo’nalish kelishigi shaklidagi ismlarga qo’shiladi .
Diqqat!!! Bilan , uchun , kabi , singari , sari , tufayli ko’makchilari qaratqich kelishigi shaklidagi olmoshlar bilan ham qo’llana oladi : sening bilan , uning uchun , uning kabi , sening singari , sening sari , mening tufayli . Diqqat!!! Ko’ra ko’makchisi chiqish kelishigi shaklidagi ismlar bilan qo’llansa taqqoslash ma’nosini , jo’nalish kelishigi shaklidagi ismlar bilan qo’llansa , asoslanish ma’nosini ifodalaydi . Diqqat!!! Ko’makchilar tushum va o’rin-payt kelishigi shaklidagi ismlar bilan birga qo’llanmaydi . Ko’makchilar xuddi yuklamalar kabi urg’u olmaydi . Urg’u ko’makchidan oldin qo’llangan so’zning asosan oxirgi , ba’zan boshqa bo’g’inlariga tushadi . Ko’makchilar ko’p hollarda boshqaruvli aloqa(boshqaruvli so’z birikmasi)ni yuzaga chiqaradi Ko’makchilar o’zidan oldingi so’zdan ajratib yoziladi . Ko’tarinki , tantanali va badiiy uslubda bilan va uchun ko’makchilari qisqarib , -la va –chun shaklida qo’llansa , chiziqcha bilan ajratib yoziladi. Ko’makchilar va qo’shimchalar ma’nodoshligi 1. –dek(-day) qo’shimchalari narsa-hodisa , belgi-xususiyatga o’xshatishni ifodalaydi va shu ma’noda kabi , singari , yanglig’ ko’makchilari bilan ma’nodoshlikni hosil qiladi . Mehringizning tafti quyosh+dek(kabi) qaynoq 2. Jo’nalish kelishigi qo’shimchasi yo’nalish ma’nosida tomon , bo’ylab , qarab , sari ko’makchilari bilan ma’nodoshdir . Maktab+ga(tomon) ketishdi 3. Jo’nalish kelishigi qo’shimchasi atalganlik ma’nosida uchun , deb , deya ko’makchilari bilan ma’nodoshdir Ukam+ga(uchun) kitob olib keldim 4. Jo’nalish kelishigi qo’shimchasi sabab ma’nosida uchun , sababli , tufayli , bois ko’makchilari bilan ma’nodoshdir Kelganingiz+ga(uchun) xursand bo’ldik 5. Tushum kelishigi qo’shimchasi fikr mavzusi ma’nosida haqida , to’g’risida , xususida ko’makchilari bilan ma’nodoshdir Kecha bo’lgan voqea+ni(haqida) gapirib berdim 6. –gacha qo’shimchasi makon va zamonda chegara ma’nosida qadar , dovur , to ko’makchilari bilan ma’nodoshdir Yoz+gacha(qadar) qurilish tugaydi 7. O’rin-payt kelishigi qo’shimchasi vosita ma’nosida bilan , orqali , ila , -la ko’makchilari bilan ma’nodoshdir Qishloqqa avtobus+da(bilan) ketadigan bo’ldim 8. O’rin-payt kelishigi qo’shimchasi o’rin ma’nosida uzra ko’makchisi bilan ma’nodoshdir Qulupnay pushtalari+da(uzra) suv yaltiraydi 9. Chiqish kelishigi qo’shimchasi sabab ma’nosida sababli , tufayli , uchun ko’makchilari bilan ma’nodoshdir Uyalgani+dan(tufayli) qizarib ketdi va yerga qaradi 10. Chiqish kelishigi qo’shimchasi fikr mavzusi ma’nosida haqida , to’g’risida , xususida ko’makchilari bilan ma’nodoshdir Ekologik muammolar+dan(haqida) bahs bo’ldi 11. Chiqish kelishigi qo’shimchasi vosita ma’nosida orqali , bilan ko’makchilari bilan ma’nodoshdir . Ma’lumotlarni internet+dan(orqali) uzataman 12. Jo’nalish kelishigi qo’shimchasi maqsad ma’nosida uchun , deb , deya ko’makchilari bilan ma’nodoshdir . Ziyorat qilish+ga(uchun) qabriston sari ketdi Download 46.38 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling