Yuklama
So’z yoki gaplarga so’roq , ta’kid , ayirish-chegaralash , inkor , gumon , o’xshatish kabi ma’nolarni yuklovchi so’z va qo’shimchalarga yuklamalar deyiladi
So’z yoki gaplarga qo’shimcha ma’no yuklash uchun xizmat qiluvchi yordamchilar yuklama deyiladi .
Yuklamalar to’rt tomonlama tasnif qilinadi .
I. So’z yoki gapga qanday ma’no yuklashiga ko’ra turlari
Yuklamalar qanday qo’shimcha ma’no yuklashiga ko’ra quyidagi ma’no turlariga bo’linadi :
1. So’roq-taajjub yuklamalari
Gapning mazmuniga so’roq-taajjub ma’nosini yuklovchi yordamchilarga so’roq yuklamalari deyiladi . Ular quyidagilar : -mi , -chi , -a(-ya)
***Yozuvda –mi yuklamasi so’zga qo’shib , qolgan yuklamalar esa chiziqcha bilan ajratib yoziladi .
Bola-chaqa omon ekanmi ?
Nega yo’q bo’larkan ? Muattar Zokirovna-chi ? Lobarxon-chi ?
Ba’zan ko’cha-ko’yda ham bir narsalarni topib oladi-ya !
Seni yuborishyaptimi ? Seni-ya ? Ertaroq qatasan-a ?
2. Inkor yuklamalari
Gap mazmuniga inkor ma’nosini uqtiruvchi yordamchilar inkor yuklamalari sanaladi . Ular quyidagilar : na…na , sira , aslo , hech
Diqqat!!! Bunday yuklamalar qo’llanganda , gapning kesimi , asosan , inkor(bo’lishsiz) shaklda bo’ladi :
Hamid yaratmoqchi bo’lgan yangi paxta navi haqida hozircha na institut direktoriga , na do’sti Umidga hech narsa de+ma+di .
Yurmasman hech behishtni izlab , Topolmasam , chekmasman alam .
Hayratga tushmasman bu holdan sira , Dunyo , bu—quvg’indi ohudek yelar .
Hayosizda or bo’lmas , aslo vafodor bo’lmas .
To’rt mucham sog’ , do’stlarim bor havas qilgulik , Nolimayman na kelajak , na o’tmishimdan .
Ayt-chi , mard odam aslo o’lurmi ?
Ko’nglimni tutolmas na ov , na o’yin , Nimadir izlardim , bilmayman o’zim .
3. Gumon yuklamalari
Gap mazmuniga gumon ma’nosini yuklovchi yordamchilar gumon yuklamalari sanaladi .
Ular quyidagilar : -dir , -ov(-yov)
Chol sizni yo’qlab kelgandir ?
Diqqat!!! –dir gumon yuklamasi –man , -san qo’shimchalari qatorida turuvchi III shaxs qo’shimchasi –dir bilan shakldosh(omonim) sanaladi .
Men talaba+man (o’quvchi+man)
|
Biz talaba+miz (o’quvchi+miz)
|
Sen talaba+san (o’quvchi+san)
|
Siz talaba+siz(o’quvchi+siz)
|
U talaba+dir (o’quvchi+dir)
|
Ular talaba+dir(lar) (o’quvchi+dir(lar))
|
Vatanni sevmoq iymondan+dir
|
Suv hayot manbayi+dir
|
Ularni quyidagicha farqlash lozim :
Do'stlaringiz bilan baham: |