Ayiruv-chegaralov yuklamasi (-gina , -kina , -qina)
|
Erkalash-achinish shakli (-gina , -kina , -qina)
|
Egalik shakllaridan keyin qo’llanadi
|
Egalik shakllaridan oldin qo’llanadi
|
Urg’u qabul qilmaydi
|
Urg’u qabul qiladi
|
Opa+m+gina kelmadi (faqat opam)
|
Opa+gina+m kelmadi (bechora opam)
|
Ota+m+gina bu kunlarni ko’rmadi (faqat otam)
|
Ota+gina+m bu kunlarni ko’rmadi (bechora otam)
|
Zumrad+gina kelmadi (-gina urg’usiz)
|
Zumrad+gina kelmadi (-gina urg’uli)
|
5. Kuchaytiruv-ta’kid yuklamalari
Gapning ma’lum bir bo’lagi yoki butun gap ma’nosini kuchaytirib , ta’kidlab keluvchi yuklamalar kuchaytiruv-ta’kid yuklamalari hisoblanadi .
Ular quyidagilar : axir , naqadar , g’irt , ham , hatto , hattoki , nahot , nahotki , tim , jiqqa , liq , shir , qoq , g’arq, shilta , -oq(-yoq) , -u(-yu) , -da , -ku , -e , -ey(-yey)
Diqqat!!! Ajratib ko’rsatilgan yuklamalar ta’kid yuklamalari sanaladi , qolgan yuklamalar esa kuchaytiruv yuklamalaridir .
O’shanda dadam ham frontda edilar .
Yurtimiz yaqin kunlarda bundan-da go’zalroq , bunda-da farovonroq bo’lishiga ishonaman .
Nahot , axir so’nggi dam ham Farzandingni oy’lasang .
Mol o’tlaydigan , chillak o’ynaydigan yer-da .
Bu manzara ham bizning ko’ngilga yaqin-da , qadrdon .
Ajralishar ular , hattoki , Ismlarin so’ramaslar ham .
Diqqat!!! Yozuvda –u(-yu) , -da , -ku , -e , -ey(-yey) qo’shimcha-yuklamalar o’zidan oldingi so’zdan chiziqcha bilan ajratib , -oq(-yoq) qo’shimcha-yuklamalar esa o’zidan oldingi so’zga qo’shib yoziladi .
Do'stlaringiz bilan baham: |