Chi so’z turkumlari yordamchi so’z turkumlari


II. Bog’lovchilar va ularning uslubiy xususiyatlari


Download 46.38 Kb.
bet24/25
Sana28.12.2022
Hajmi46.38 Kb.
#1023638
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   25
Bog'liq
yordamchi so`zlar. ma`ruza matni

II. Bog’lovchilar va ularning uslubiy xususiyatlari
Mehnat qilish eng yaxshi odat ,chunki mehnat bizga berur saodat.
Hammasini tinglardim, ammo o'xshashini topmasdim aslo.
Omon so 'zlar va Zaynab qalbi tol bargiday dir-dir qaltirar. (H. Olimjon)
Keltirilgan gaplarning birinchisida ammo yordamchisi o'zaro zid ma'noli bo'lgan tinglardim gap..Jxillagi bilan o'xshashini topmasdim bo'lagini; ikkinchi gapda va bir paytda roy berayotgan voqea haqida axborot beruvchi ikki gapni o'zaro bog'lash uchun qo'llangan.
Ikki va undan ortiq gap bo'lagi yoki gaplarni o'zaro bog'lab keluvchi yordamchi so'zlarga bog'lovchilar deyiladi.
Gap bo'lagi va gaplarni qanday bog'lashlariga ko'ra bog'lovchilar
ikki turli bo'ladi:
a) teng bog'lovchilar;
b) ergashtiruvchi bog'lovchilar.
O'zaro teng munosabatda bo'lgan gap bo'laklari, gaplarni bog'lash uchun ishlatiladigan bog'lovchilar teng bog'lovchilar hisoblanadi. Teng bog'lovchilarga va, hamda, ammo, lekin, biroq, yo, yoki, yoxud, yo... yo, goh... goh singari bog'lovchilar kiradi.
O'zaro tobe munosabatda bo'lgan gap bo'lagi va gaplarni bog'lash uchun ishlatiladigan bog'lovchilarga ergashtiruvchi bog'lovchilar deyiladi. Sunday bog'lovchilarga chunki, sababli, tufayli, shuning uchun, shu bois (sabab, sababli), ya'ni, -ki singari so'zlar kiradi.
Teng bog'lovchilar ham, ergashtiruvchi bog'lovchilar ham o'z ichida bir necha ma'no guruhlariga bo'linadi. Buni quyidagi jadvalda ko'ring:

Bog'lovchi turlari




Bog'lovchi­larning turlari



Vazifasi



Bog'lovchilar



Teng bog'lov­chilar



1



Biriktiruv bog'lovchilari



Uyushiq bo'lak va
bog'langan qo'shma gap qismlarini bog'lab, biriktiruv munosabatini ifodalaydi.



va, hamda , bog'­lovchi vazifasida kelgan bilan ko'­makchisi, ham yuklamasi




2



Zidlov bog'­lovchilari



O'zaro zid ma'noli uyushiq bo'laklarni va qo'shma gap
qismla­rini bog'laydi.



ammo, lekin, biroq, lek, vale




3



Ayiruv bog'­lovchilari



Uyushiq bo'lak va qo'shma gap qism­larini bog'lab, ayiruv va galma-gallik munosabatini bildiradi.



yo, yoki, yoxud, yoinki yo...yo, goh…goh , dam…dam,
ba'zan... ba'zan



Ergashtiruvchi bog'lovchilar



1



Aniqlov bog'­lovchilari



Ajratilgan bo'laklarni ajratilmish bo'lakka, ergash gapni bosh gapga bog'lab aniqlov munosabatini bildiradi.



ya'ni, -ki (-kim)




2



Sabab bog'­lovchilari



Sabab ergash gapni bog'lab, ular o'rtasidagi sabab-natija mu-nosabatini ifodalaydi.



chunki, shuning uchun, shu sa­bab (dan), shu sababli, shu tufayli




3



Shart bog'­lovchilari



Shart, to'siqsiz holi
hamda ergash gaplarni hokim bo'lakyoki bosh gaplarga bog'­lab, ular o'rtasidagi shart va to'siqsizlik munosabatini ifoda­laydi.



agar, basharti, mabodo, garchi




4.



Chog'ishtiruv bog'lovchilari



Gap bo'laklari va gaplarni o'zaro bog'­lab, ular o'rtasidagi bog'lanishda qiyoslash ma'nosini ifoda­laydi.



go'yo, go'yoki, xuddi



Yuqorida keltirilgan bog'lovchilarning har bir ma'no turiga bir necha bog'lovchilar mansub.
Har qaysi guruhga mansub bo'lgan bog'lovchilar bir-biridan uslubiy xoslanishga egaligi bilan farq qiladi.
Biriktiruvchi bog'lovchi sifatida oddiy so'zlashuv uslubida ko'proq bilan (minan) ko'makchisi ishlatiladi.
Va, ham, hamda yordamchilari esa yozma nutq uslublari uchun xoslangan.
Zidlov bog'lovchisi sifatida so'zlashuv uslubi uchun ammo, lekin bog'lovchilarining birikkan holida ammo-lekin (ammolek) shakli ko'proq ishlatiladi.
Lekin bog'lovchisining lek, vale (valekin) shakllari ham badiiy uslub uchun xoslangan.
Ayiruv bog'lovchilaridan yoxud, yoinki yozma nutq uslubi (publitsistik, badiiy uslub)dagina qo'llaniladi.

Download 46.38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling