Chi so’z turkumlari yordamchi so’z turkumlari


) –dir bog’lamasi urg’u oladi , -dir yuklamasi urg’u olmaydi ; 2)


Download 46.38 Kb.
bet20/25
Sana28.12.2022
Hajmi46.38 Kb.
#1023638
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   25
Bog'liq
yordamchi so`zlar. ma`ruza matni

1) –dir bog’lamasi urg’u oladi , -dir yuklamasi urg’u olmaydi ;
2) –dir bog’lamasi sanalmoq , hisoblanmoq , bo’lmoq bog’lamalari bilan erkin almashadi , -dir yuklamasi esa bo’lsa kerak birligi bilan erkin almashadi ;
3) –dir bog’lamasi faqat III shaxsda ifodalanadi , -dir yuklamasi esa barcha shaxsda ham ifodalanishi mumkin .
G’afur aka bugun va’da qilgan she’rini yozayotgandir .
O’lsa o’lgandir , bung anima janjal !
Urug’ingdir , aymog’ingdir , Biror og’zi maymog’ingdir .
Karvon allaqachon yetib kelgandir .
O’g’limizga ta’til berishdi-yov .
Havo ayniyapti , yana qor yog’adi-yov .
Ular boshqa yo’ldan ketishgan-ov .
Diqqat!!! –dir orttirma nisbat qo’shimchasi , -dir bog’lamasi , -dir gumon olmoshi yasovchisi va –dir gumon yuklamasi o’zaro shakldoshdir . Quyidagi misollarga e’tibor bering :
1.Gumon olmoshi yasovchi : Eshikni kim+dir(allakim) taqillatdi .
2. Orttirma nisbat qo’shimchasi : Xatni singlingga yoz+dir .
3. Kesimlik shakli(bog’lama) : Jonajon Vatanimizning poytaxti—Toshkent+dir(sanaladi)
4. Gumon yuklamasi : Ular boshqa yo’ldan ketishgan+dir(ketishgan bo’lsa kerak)
Diqqat!!! –dir gumon yuklamasi bo’lsa kerak , balki , aftidan , shekilli , ehtimol , balki , chog’i , hoynahoy kabi so’zlar bilan umumiy ma’no ifodalaydi : Karim rostdan ham aybsiz+dir—Karim rostdan ham aybsiz+bo’lsa kerak


4. Ayiruv-chegaralov yuklamalari
O’zi qo’shilayotgan so’zning ma’nosini ayirib-chegaralab keluvchi yordamchilar ayiruv-chegaralov yuklamalari hisoblanadi .
Ular quyidagilar : faqat , bir , yakka , yolg’iz , tanho , atigi , xolos , -gina(-kina , -qina)
Faqat daraxtlar , ariqlar , ko’priklargina tanish , xolos .
Bizni porloq kelajakka mustaqillik yo’ligina eltadi .
Ulardan faqat birga oldirgan suratgina yodgor qoldi , xolos .
Diqqat!!! Bir soni , yakka , yolg’iz , tanho ravishlari faqat so’zi bilan erkin almashib , ayiruv-chegaralov yuklamasi vazifasida qo’llanishi mumkin :
1. Hamma testni yaxshi ishladi , bir(faqat) Salimbekning natijasi yaxshi bo’lmadi
2. Bahor ham , umr ham o’tar , ehtimol , Tanho(faqat) sen dunyoda mangu qolursan .
3. Yolg’iz(faqat) o’zimizga ayon sirimiz .
4. Bu gapdan yakka(faqat) men bexabar qolibman-da ?
Diqqat!!! –gina(-kina , -qina) ayiruv-chegaralov yuklamasini erkalash-achinish shaklidan farqlash uchun qiyidagi jadvalga qarang :


Download 46.38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling