Chi so’z turkumlari yordamchi so’z turkumlari


O’xshatish-qiyoslash yuklamalari


Download 46.38 Kb.
bet22/25
Sana28.12.2022
Hajmi46.38 Kb.
#1023638
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   25
Bog'liq
yordamchi so`zlar. ma`ruza matni

6. O’xshatish-qiyoslash yuklamalari (aniqlov yuklamalari)
So’z yoki gapga o’xshatish-qiyoslash ma’nosini yuklovchi yordamchilar o’xshatish-qiyoslash yuklamalari hisoblanadi .
Ular quyidagilar : xuddi , naq , qoq , bamisli , misoli , go’yo , go’yoki
Otasining xuddi o’zi .
Go’yo sharpa o’tganday bo’ldi .
U so’zlar , tirilib kelarlar go’yo , Birga qonli jangga kirgan o’rtoqlar .
Tog’laring tegrangda go’yo bo’g’ma ajdar bo’ldi-yu , Ikki daryo—ikki chashming , chashmi giryon , o’zbegim
Hatto zeb-ziynatni yulqib ziyoda , Haykal ham qo’yingiz bamisli xayol .
Ota fig’on chekdi Ka’ba qoshida , Go’yo unut bo’ldi alamlar bari .
Terak xuddi mungli qo’shiqni kuyga slogan sozandadek bir maromda tebranib shivirlar edi .
II. Yuklamalarning kelib chiqishiga ko’ra turlari
1. Sof(asl) yuklamalar
Faqat va faqat yuklama vazifasidagina qo’llanuvchi birliklar sof yuklamalar sanaladi : faqat , axir , naq , -ku
2. Vazifadosh yuklamalar
Yuklama vazifasida ham , boshqa turkum vazifasida ham qo’llanuvchi birliklar vazifadosh yuklamalar sanaladi : na…na , -gina(-kina , -qina) , -u(-yu) , -da , ham , bir , yolg’iz , tanho , yakka , -mi…-mi , xuddi , go’yo
Diqqat!!! –u(-yu) , -da yordamchilari o’rnida va so’zi qo’yish mumkin bo’lsa , biriktiruv bog’lovchisi , ammo so’zini qo’yish mumkin bo’lsa , zidlov bog’lovchisi , boshqa holatlarda yuklama sanaladi .
Diqqat!!! –da yordamchisi yuklama vazifasida kelganda , ko’pincha uning o’rniga ham yuklamasini qo’yish mumkin bo’ladi .


III. Yuklamalarning tuzilishiga ko’ra turlari
1. Qo’shimcha shaklidagi yuklamalar(qo’shimcha-yuklamalar)
-mi , -chi , -a(-ya) , -dir , -ov(-yov) , -gina(-kina , -qina) , -oq(-yoq) , -u(-yu) , -da , -ku , -ey(-yey) , -ki
2. So’z shaklidagi yuklamalar(so’z-yuklamalar)
Hatto , atigi , faqat , naq , xuddi , na…na , hech



Download 46.38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling