Chi so’z turkumlari yordamchi so’z turkumlari


Download 46.38 Kb.
bet17/25
Sana28.12.2022
Hajmi46.38 Kb.
#1023638
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   25
Bog'liq
yordamchi so`zlar. ma`ruza matni

Diqqat!!! Bilan , deb , deya ko’makchi-bog’lovchilardir (ona tili 7 , 36-bet ; H.Ne’matov , 2003-yil).
Vazifadosh ko’makchilar yarim ko’makchilar deb ham atalgan (ona tili 7 , 35-bet ; H.Ne’matov , 2003-yil)
Ko’makchilar bilan birga birga kelgan so’zlarning shakllari
1. Bosh kelishikdagi ismlar bilan qo’llanuvchi ko’makchilar
Bilan , kabi , singari , yanglig’ , uchun , sari , tomon , haqida , sayin , bo’ylab , orqali , misli , haqida , to’g’risida , xususida , sababli , chog’li , tufayli , bo’yi , yo’sinda , chamasi , uzra , ichra kabi ko’makchilar bosh kelishik shaklidagi ismlarga qo’shiladi


2. Jo’nalish kelishigidagi ismlar bilan qo’llanuvchi ko’makchilar
Ko’ra , qaramay , yarasha , asosan , doir , muvofiq , tomon , oid , binoan , qadar , qarshi , qariyb , qaraganda , qaramasdan , qarata , nisbatan kabi ko’makchilar jo’nalish kelishigi shaklidagi ismlarga qo’shiladi


3. Chiqish kelishigidagi ismlar bilan qo’llanuvchi ko’makchilar
Keyin , so’ng , oldin , avval , burun , bo’lak , boshqa , o’zga , tashqari , buyon , boshlab , ko’ra , beri , nari , ilgari , tortib kabi ko’makchilar chiqish kelishigi shaklidagi ismlarga qo’shiladi


4. Qaratqish kelishigidagi ismlar bilan qo’llanuvchi ko’makchilar
Ost , ust , ich , ora , orqa , yon , old , qosh , tag , bosh , o’rta , bilan , uchun , kabi , singari kabi ko’makchilar qaratqich kelishigi shaklidagi ismlarga qo’shiladi .
Mazkur ko’makchilardan oldin qo’llanishi lozim bo’lgan qaratqish kelishigi ko’pincha tushib qoladi .
Diqqat!!! Avval , oldin , ilgari , burun , keyin , so’ng ravishlari chiqish kelishigidagi ismlar bilan qo’llansa va ular bilan bir ohang butunligiga ega bo’lsa , atash ma’nosini qisman yo’qotib ko’makchi vazifasida qo’llanadi .
a) ravish : Marraga avval Rustam , keyin Istam yetib keldi .
b) ko’makchi : Marraga Istam Rustamdan keyin yetib keldi
d) Ahmaddan keyin so’rayman—Ahmaddan keyin so’rayman ; Sendan avval shubhalanmaganman—sendan avval shubhalanmaganman

Download 46.38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling