Chi so’z turkumlari yordamchi so’z turkumlari
Download 46.38 Kb.
|
yordamchi so`zlar. ma`ruza matni
- Bu sahifa navigatsiya:
- 12. Davomlilik
- 13. Ajratish
- 14. Taqqoslash
10. To’siqsizlik
Qaramay , qaramasdan , bilan Gulnora yosh bo’lishiga qaramay fikrlari teran qiz edi . Yordam so’raganim bilan foydasi bo’lmadi . Odamlar mahsulotning qimmatligiga qaramasdan sotib olishyapti . 11. Payt Avval , oldin , burun , ilgari , keyin , so’ng , bilan Siz bilan hamsuhbat bo’lmasdan avval boshqacha xayolda edim . Bu kitob qo’liga tushgandan keyin bosh ko’tarmay mutolaaga tushdi . Asarni o’qishga kirishishingiz bilan ko’z o’ngizda rangin manzaralar paydo bo’ladi . Tantanali qismdan so’ng menga so’z berildi . Raisning fikriga hammadan burun Mas’udbek qarshi chiqdi . Bir-ikki kun o’tganidan so’ng o’ziga keldi . 12. Davomlilik Bo’yi , sayin , beri , buyon Shundan beri inson tinmayin , Shu yer uzra ter to’kar hamon , Yerni go’zal qilgani sayin , Go’zal bo’lar o’zi ham inson . Tun bo’yi yig’labdi bulbul g’uncha hajri dog’ida , Ko’z yoshi shabnam bo’lib qolmish uning yaprog’ida . Kun sayin bemorning ahvoli og’irlashdi . Shamol uch kundan beri tinmayapti . Olti yildan buyon o’g’lini nega , nima maqsadda o’qitayotganini o’zi ham bilmaydi . 13. Ajratish Boshqa , bo’lak , tashqari , o’zga Bu taklifni sizdan boshqa hamma aytgan edi , aka . Sizdan bo’lak kimim bor mening ?! Shanba va yakshanbadan tashqari bo’sh vaqtim yo’q . Tayanchim yo’q sendan o’zga , yupanchim yo’q sendan bo’lak . 14. Taqqoslash Ko’ra , qaraganda , nisbatan Po’lat temirga qaraganda mustahkam ma’dan sanaladi . Tiz cho’kib yashagandan ko’ra , tik turib o’lmoq afzal . Bo’yi menga nisbatan baland , ammo yoshi ancha kichik . 15. O’rin Old , o’rta , yon , ich , ust , tepa , ost , tag , ora , orqa , ket , bosh , qosh , yoqa , uzra , bo’y Barchasidan qovun soz , Paykal uzra dumalar . Qulupnay pushtalari uzra suv yaltiraydi . Yomonlarning qoshida yalinish yaxshilarning ishi emas . Donolar oldida doim eshitguvchi bo’l . Biz daryo bo’yiga bordik . Bu jikkak chol butun qavm ustida o’z hukmini yuritar edi . Hali ishning orqasidan nima chiqishini yaxshi bilmaymiz . Daryoning yoqasida , Necha kunki borar jang . Ko’chaning boshida ikki kishi ko’rindi . Download 46.38 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling