Chi so’z turkumlari yordamchi so’z turkumlari
Download 46.38 Kb.
|
yordamchi so`zlar. ma`ruza matni
IV . Qo’llanishiga ko’ra
1. Takror qo’llanuvchi bog’lovchilar : ham…ham , bir…bir , goh…goh , dam…dam , yo…yo , ba’zan…ba’zan , xoh…xoh , goho…goho , na…na , bir qarasang…bir qarasang , -mi…-mi 2. Yakka qo’llanuvchi bog’lovchilar : va , ammo , yoki , negaki , toki , mabodo , ya’ni , go’yo , yo , ham Diqqat!!! Yo ayiruv bog’lovchisi , ham biriktiruv bog’lovchisi yakka holda ham , takror holda ham qo’llanadi . KO’MAKCHI
So’zlarning o’zaro grammatik va mazmuniy munosabatini ifodalash uchun ishlatiladigan yordamchi so’zlarga ko’makchilar deyiladi . Ot , olmosh , harakat nomi va sifatdosh ( otlashgan so’zlar)dan keyin qo’llanib , ularni hokim so’zga bog’lash uchun xizmat qiluvchi so’zlar ko’makchi hisoblanadi . 1. U telefon raqamimni qalam bilan yozib oldi . 2. Qol , sen uchun ikki etak paxta terib beraman . 3. Bolalar o’qi+sh haqida gaplashishdi 4. Jamoa puxta tayyorlan+gan+i bois g’alaba qozondi 5. Yaxshi (odam) bilan yurdim , yetdim murodga 6. Ikkinchi(farzand)si to’g’risida umuman gapirmadi 7. Hamma(odam) kabi yashash qolipga tushib qolishdek gap 8. Piyoda(askar)lar uchun joy hozirlandi Diqqat!!! Ko’makchilar o’zidan oldingi so’z bilan bitta so’roqqa javob bo’ladi , bitta sintaktik vazifa bajaradi , bitta umumiy urg’u oladi , bir butun ohangga ega bo’ladi : Yigitlar maktab sari yo’l olishdi . Ko’makchilar urg’u olmaydi , urg’u ko’makchi bilan qo’llangan so’zning , asosan , oxirgi bo’g’iniga tushadi : opam bilan , fizikaga oid , antenna uchun , osmon uzra , astronomiya haqida , prezident kabi , bolalar tufayli Diqqat!!! Ko’makchi ko’pincha to’ldiruvchi va holni , qisman aniqlovchi va kesimni shakllantiradi : a) to’ldiruvchi : Atrofni durbin bilan kuzatdik b) hol : Atrofni diqqat bilan kuzatdik d) aniqlovchi : Vatan ona kabi muqaddasdir e) kesim :Hamma sovg’alarimiz siz uchun Diqqat!!! Ko’makchilar mohiyatan rus tilidagi predloglarga , ingliz tilidagi “prepositions”ga yaqin turadi . *****Ko’makchilar tarixan mustaqil so’zlar bo’lib , hozirgi kunda leksik(atash) ma’nosini yo’qotgan va grammatik ma’no ifodalashga o’tgan so’zlardir . Download 46.38 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling