Chi so’z turkumlari yordamchi so’z turkumlari
Ergashtiruvchi bog’lovchilar
Download 46.38 Kb.
|
yordamchi so`zlar. ma`ruza matni
2. Ergashtiruvchi bog’lovchilar
O’zaro tobe munosabatda bo’lgan gap bo’laklari va gaplarni bog’laydi hamda ular orasida quyidagi mazmuniy munosabatlarni yuzaga chiqaradi : a) sabab bog’lovchilari : chunki , negaki , zero , zotan , deb , deya (shuning uchun , shu bois , shu sababli) Suvni isrof qilmang , zero hech narsa bitmas-tuganmas emas . Qo’rqoq do’st dushmandan xavfli , chunki dushmandan ehtiyot bo’lasan , ammo do’stga ishonasan . Diqqat!!! Yozuvda sabab bog’lovhcilaridan oldin vergul qo’yiladi . b) Shart(to’siqsizlik) bog’lovchilari : agar(gar) , mabodo , basharti , bordiyu(dialekt) , modomiki , garchi , garchand , agarda Agar ildiz oziq bermasa , novda ko’karmas . Agar yana ayb qilsam , har qanday jazoga roziman . Shundaylar bo’lmasa agar dunyoda , Bu qadar muhtaram bo’lmasdi ayol . (A.Oripov) Aniq , toj garchi yoqut , garchi zardur , Xaloyiq boshiga bitgan zarardur . Gar shul eshitganim bo’lmasa ro’yo , Sen ona emassan , dorsan , tabiat… d) aniqlov bog’lovchisi : ya’ni , (-ki , -kim) Atorud , ya’ni Merkuriy sayyorasi Sharqda shoirlar homiysi , ilhom parisi sanalgan . “Shu’lafizo” shu’la orttiruvchi , ya’ni kuchli shu’la hosil qiluvchi degani . Vatanimiz poytaxtida , ya’ni Toshkentda diqqatga sazovor joylar ko’p . Shunisi qiziqki , uyquda ham miya o’z faoliyatini to’xtatmas ekan . Shuni bilki , seni vatan kutadi . Shunday yashaki , hamma havas qilsin . Shunday odamlar borki , suhbatidan olam-olam zavq olasan . Istagim shuki , doimo tinchlik bo’lsin . Diqqat!!! Yozuvda aniqlov bog’lovchisidan oldin vergul qo’yiladi . e) maqsad bog’lovchilari : toki , deb , deya Sevgan elimda dushman qolmasin deb , Sen otash ichida javlon urasan . Bu masalani sinfda keng muhokama qilamiz , toki boshqa qaytarilmasin . Mehmonlar keladi deya (deb) , Anzirat xola dasturxon tuzatishga tushdi . Diqqat!!! Deb va deya bog’lovchilari o’tgan zamon shaklidagi fe’llar bilan qo’llansa sabab ma’nosi , kelasi zamon shaklidagi fe’l yoki buyruq-istak maylidagi fe’l bilan qo’llansa , maqsad ma’nosi anglashiladi .
Download 46.38 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling