Chi so’z turkumlari yordamchi so’z turkumlari


Download 46.38 Kb.
bet8/25
Sana28.12.2022
Hajmi46.38 Kb.
#1023638
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   25
Bog'liq
yordamchi so`zlar. ma`ruza matni

2. Vazifadosh bog’lovchilar
Ham bog’lovchi , ham boshqa so’z turkumi vazifasida qo’llanuvchi birliklar vazifadosh bog’lovchilar deyiladi .
Bir o’rinda bog’lovchi , boshqa bir o’rinda ko’makchi , yuklama yoki modal so’z vazifasida keluvchi yordamchilar vazifadosh bog’lovchilar sanaladi .
Bilan—ko’makchi va bog’lovchi ; ham , na…na—bog’lovchi va yuklama ; balki—bog’lovchi va modal so’z ; -u(-yu) , -da , -mi…-mi—yuklama va bog’lovchi
Diqqat!!! Ba’zan , goho ravishi , bir soni , dam oti takror holda qo’llanib , galma-gallikni ifodalasa , ayiruv bog’lovchisi sanaladi
Diqqat!!! Deb va deya fe’llari maqsad yoki sabab ma’nosini anglatib , ergash va bosh gapni biriktirsa , bog’lovchi sanaladi
1. Yaxshilik bilan yomonlik yonma-yon yuradi(bog’lovchi) ; Do’st bilan obod uying (ko’makchi) .
2. U tinmadi yoz ham qish (bog’lovchi) ; Men ham kichik paxtakor (yuklama) .
3. Kovush tikishga na charm bor , na mix , na sirach , na lok (bog’lovchi) ; Bozorvoy ming qo’yli boylar sirasiga kirsa-da , na uyida tayinli qozon qaynamas , na eshigidan birov kirib chiqmas edi(yuklama)
4. Yolg’on gapirgani uchun onasi urishmadi , balki yolg’on gapirish odobli bolaning ishi emasligini aytdi (bog’lovchi) ; Balki kutar meni bir qiz , Ko’z yoshlari oqizoq(modal so’z) .
5. Gazetami , jurnalmi keltirib ber(bog’lovchi) ; Qo’lidagi gazetami , jurnalmi ? (yuklama)
6. Omad siz-u bizni hech qachon tark etmasin (bog’lovchi) ; Narxi qimmat-u !
7. Eshik qo’qqisdan ochildi-da , ostonada Eltoyev paydo bo’ldi (bog’lovchi) ; Oydan-da go’zaldir , kundan-da go’zal (yuklama)
8. U anchadan keyin o’ziga keldi-yu , tepasida xotini turganini …payqadi (bog’lovchi) ; Hammalari menga qarshi-yu , ko’rmadingizmi ? (yuklama)
III. Tuzilishiga ko’ra turlari
1. Qo’shimcha shaklidagi bog’lovchilar : -u(-yu) , -da , -mi…-mi , -ki
2. So’z shaklidagi bog’lovchilar : va , yo , a , na…na , gar , ila , lek

Download 46.38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling