Chi so’z turkumlari yordamchi so’z turkumlari


b) tushuncha yoki hodisalardan birini ayirib ko’rsatish : yo , yo…yo , yoki , yoxud , yoinki , xoh…xoh , -mi…-mi


Download 46.38 Kb.
bet5/25
Sana28.12.2022
Hajmi46.38 Kb.
#1023638
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25
Bog'liq
yordamchi so`zlar. ma`ruza matni

b) tushuncha yoki hodisalardan birini ayirib ko’rsatish : yo , yo…yo , yoki , yoxud , yoinki , xoh…xoh , -mi…-mi
Savobdir jilg’aga , soysan , deb aytsang Yo xunuk ayolga , oysan , deb aytsang . (A.Oripov)
Yolg’on yo farzandga urar , yo davlatga urar .
Sensan sevarim , xoh inon , xoh inonma . (Lutfiy)
G’animurod , bolam , gazeta+mi , jurnal+mi keltirib ber . (gazeta yoki jurnal)
Diqqat!!!Takror qo’llanuvchi ayiruv bog’lovchilaridan oldin yozuvda vergul qo’yiladi .
e) inkor bog’lovchisi
Uyushiq bo’lak va gaplarni inkor ma’nosini yuklagan holda bo’g’lovchi na…na so’zi inkor bog’lovchisi sanaladi.
Na uyquga to’ygan va na kulguga , Ko’rsa ko’z kuygundek kelinchak edim . (S.Zunnunova)
Na kampirning , na Qoratoyning yupatishlari kor qildi . (Oybek)
Bu yerda na ofat , na kulfat , na g’am …(G’.G’ulom)
Ot juda charchadi : na yuradi , na yurmaydi .
Sen na boy erursan va na kambag’al , yashaysan bir-biring aldab galma-gal . (A.Oripov)
Ko’kda na yulduz bor , na bir tabassum , Tabiat ingrardi , yig’lardi yum-yum . (Ramz Bobojon)
Na sen nazar qilding holimga bir bor , Na men ayta bildim senga biror so’z . (A.Oripov)
Diqqat!!! Na…na yordamchisi qatnashgan gapning kesimi tasdiq shaklida bo’ladi .
Karimjon o’qidi va yozdi—Karimjon na o’qidi va na yozdi
Diqqat!!! Na…na yordamchisi qatnashgan gapning kesimi inkor shaklida bo’lsa , inkor yuklamasi sanaladi : Savolimga Karimjon va ukasi javob bera olmadi—Savolimga na Karimjon va na ukasi javob bera olmadi .
Bepoyon dasht bag’rida yashiringan chashmani na Qahramon , na Bahrom topa olmadi .
Diqqat!!! Na…na bog’lovchisi tasdiq gapni inkor gapga aylantiradi , na…na yuklamasi esa inkor gapga inkor ma’nosini yuklaydi :
Eshik va derazalar o’rnatildi—Na eshik , na derazalar o’rnatildi ;
Topishmoqning javobini Manzura ham , Nazira ham topa olmadi—Topishmoqning javobini na Manzura , na Nazira topa olmadi

Download 46.38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling