Balki ertalab o’ziga isitib berish uchun shunaqa deyayotgandir .
Diqqat!!! Balki so’zi nomutanosiblik , zidlik ma’nosini ifodalasa , aksincha , bil’aks , qaytanga so’zlari bilan erkin almashsa , bog’lovchi sanaladi .
Bo’rondan so’ng Olimjon brigadasidagi ishlar ozaymaydi , balki(aksincha) yana ko’payadi .
Yorning o’zi emas , balki(aksincha) guli keldi .
G’o’zani gullata bilish emas , balki(aksincha) undan mo’l hosil ola bilish muhim .
Ilm sarflaganing sayin ozaymaydi , balki(bil’aks) yana ko’payadi .
Bu jarang-jurung ovozlar uning g’ashini keltirmas , balki(qaytanga) xayolini chalg’itib , unga orom bag’ishlardi.
Xalqni qo’rqitgan emas , balki xalq dardiga sherik bo’lgan marddir .
Sobir nafaqat o’qishda , balki sportda ham eng faol o’quvchi .
Inson go’zalligi bilan emas , balki mehnati bilan kamol topadi .
***Yo’qchilik g’ayratli , ishchan odamning eshigidan mo’ralaydi-yu(ammo) , ichkari kira olmaydi .
Mashina jar yoqasiga kelib qoldi-da(ammo) , haydovchi hushyorlik qilib tormozni bosdi .
Ovozi bor-u(ammo) , o’zi yo’q .
Diqqat!!! Yozuvda zidlov bog’lovchilaridan oldin vergul qo’yiladi .
d) ayiruv bog’lovchilari
O’zi bog’lanayotgan bo’lak yoki gaplardan birini boshqasidan ayirib ko’rsatuvchi bog’lovchilar ayiruv bog’lovchilari hisoblanadi .
Ular yordamida ikki xil mazmuniy munosabat yuzaga chiqadi :
a) galma-gal takrorlanuvchanlik : dam…dam , goh…goh , ba’zan…ba’zan , goho…goho , bir…bir , bir qarasang…bir qarasang
Yo’lchi kechgacha dam u ekinda , dam bu ekinda ishladi . (Oybek)
Kampir ba’zan mudrar , ba’zan o’g’li bilan nimalarnidir gaplashar edi .(S.Zunnunova)
Bir qarasang yomg’ir yog’adi , biq qarasang qor yog’adi , bir qarasang quyosh chiqadi .
Odamlar goh koyib , goh tutdi yoqa , “O’g’lim yo’q”,—deb yana o’kinma , ona . (S.Zunnunova)
Bir kulgim qistaydi , bir jahlim chiqadi .
Gahe topdim falakdin notavonlig’ , Gahe ko’rdim zamonadin komronlig’. (Navoiy)
Do'stlaringiz bilan baham: |