Chi so’z turkumlari yordamchi so’z turkumlari


Download 46.38 Kb.
bet13/25
Sana28.12.2022
Hajmi46.38 Kb.
#1023638
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   25
Bog'liq
yordamchi so`zlar. ma`ruza matni

10. To’siqsizlik
Qaramay , qaramasdan , bilan
Gulnora yosh bo’lishiga qaramay fikrlari teran qiz edi .
Yordam so’raganim bilan foydasi bo’lmadi .
Odamlar mahsulotning qimmatligiga qaramasdan sotib olishyapti .
11. Payt
Avval , oldin , burun , ilgari , keyin , so’ng , bilan
Siz bilan hamsuhbat bo’lmasdan avval boshqacha xayolda edim .
Bu kitob qo’liga tushgandan keyin bosh ko’tarmay mutolaaga tushdi .
Asarni o’qishga kirishishingiz bilan ko’z o’ngizda rangin manzaralar paydo bo’ladi .
Tantanali qismdan so’ng menga so’z berildi .
Raisning fikriga hammadan burun Mas’udbek qarshi chiqdi .
Bir-ikki kun o’tganidan so’ng o’ziga keldi .
12. Davomlilik
Bo’yi , sayin , beri , buyon
Shundan beri inson tinmayin , Shu yer uzra ter to’kar hamon , Yerni go’zal qilgani sayin , Go’zal bo’lar o’zi ham inson .
Tun bo’yi yig’labdi bulbul g’uncha hajri dog’ida , Ko’z yoshi shabnam bo’lib qolmish uning yaprog’ida .
Kun sayin bemorning ahvoli og’irlashdi .
Shamol uch kundan beri tinmayapti .
Olti yildan buyon o’g’lini nega , nima maqsadda o’qitayotganini o’zi ham bilmaydi .
13. Ajratish
Boshqa , bo’lak , tashqari , o’zga
Bu taklifni sizdan boshqa hamma aytgan edi , aka .
Sizdan bo’lak kimim bor mening ?!
Shanba va yakshanbadan tashqari bo’sh vaqtim yo’q .
Tayanchim yo’q sendan o’zga , yupanchim yo’q sendan bo’lak .
14. Taqqoslash
Ko’ra , qaraganda , nisbatan
Po’lat temirga qaraganda mustahkam ma’dan sanaladi .
Tiz cho’kib yashagandan ko’ra , tik turib o’lmoq afzal .
Bo’yi menga nisbatan baland , ammo yoshi ancha kichik .
15. O’rin
Old , o’rta , yon , ich , ust , tepa , ost , tag , ora , orqa , ket , bosh , qosh , yoqa , uzra , bo’y
Barchasidan qovun soz , Paykal uzra dumalar .
Qulupnay pushtalari uzra suv yaltiraydi .
Yomonlarning qoshida yalinish yaxshilarning ishi emas .
Donolar oldida doim eshitguvchi bo’l .
Biz daryo bo’yiga bordik .
Bu jikkak chol butun qavm ustida o’z hukmini yuritar edi .
Hali ishning orqasidan nima chiqishini yaxshi bilmaymiz .
Daryoning yoqasida , Necha kunki borar jang .
Ko’chaning boshida ikki kishi ko’rindi .

Download 46.38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling