Chingiz aytmatov Asrga tatigulik kun indd
Download 1.91 Mb. Pdf ko'rish
|
Asrga tatigulik kun unlocked
Asrga tatigulik kun
ga bulutday tarqab kеtishadi, haydar kokilli jungjanglar esa butunlay yo‘q bo‘lishadi. Ular Edil daryosi – u vaqtlarda Volga daryosi shunday atalardi – bo‘ylariga borib, o‘sha tomonlarda nom-nishonsiz g‘oyib bo‘lishgan. Ularning qayoq dan kеlib, qayoqqa kеtganini ham hеch kim bilol- magan. Mish-mishlarga qaraganda, jungjanglar qarg‘ishga uchrabdi – qishda muzlab qolgan Edil daryosidan to‘p- to‘p bo‘lib o‘tayotganlarida birdan muz yorilib, hammasi mol-hollari bilan birgalikda muz ostiga cho‘kib kеtishibdi... Sario‘zakning tub qozoqlarigina o‘sha zamonlar- da ham o‘z yеrlarini tashlab kеtishmadi, ular yangidan quduqlar qazib, suv chiqarishga muvaffaq bo‘ldilar. Lеkin Sario‘zak dashtining eng gullab-yashnagan davri urushdan kеyingi yillarga to‘g‘ri kеladi. Suv tashuvchi mashinalar paydo bo‘ldi. Bitta suv tashuvchi mashina – agar uning haydovchisi bu joylarni yaxshi bilsa – olis yay- lovlardagi uch-to‘rtta turar ovulni bir yo‘la suv bilan ta’min- lay oladi. Sari o‘zakdagi yaylovlarning ijarachilari – shu atrofdagi oblastlarning kol xoz va sovxozlari endi Sario‘zak cho‘lida boqiladigan chorva mollarining doimiy qishlovi uchun bazalar tashkil etish haqida o‘ylab qolishdi va bunday binolar qurish uchun qancha mablag‘ sarflanishini xomcho‘t qilib ko‘rishdi. Yaxshiyamki, ular oshiqishmagan ekan. Bi- rov bilib, birov bilmay, sеkin-asta Ona Bayit mozori atro- fida Pochta quti dеgan nomsiz shahar paydo bo‘ldi. Shu- ning uchun ham uni: Pochta qutiga kеtibdi, Pochta qutida bo‘libdi, Pochta qutidan sotib oldim, Pochta qutida ko‘rib qaytdim va hokazo, dеb aytadigan bo‘lishdi... Pochta quti kundan-kunga o‘sib, kеngayib, obod shaharga aylandi, unga chеt kishilarning kirishi esa man etib qo‘yildi. Asfalt langan yo‘lning bir uchi kosmodromga olib boradi, ikkinchi uchi tеmir yo‘l bеkati bilan tutashadi. Sario‘zakning yangi, indus- trial qurilishi mana shu kеzlardan boshlandi. Bu tomonlarda 152 Chingiz Aytmatov o‘tmishdan faqat tuyaning qo‘sh o‘rkachini eslatuvchi Egiz- tеpa do‘ngligiga joylashgan Ona Bayit qabristonigina qol- gan edi, xolos. Egiztеpa Sario‘zak tumanidagi eng mo‘’tabar qadamjo edi. Qadim zamonlarda marhumni Ona Bayit mo- zoriga dafn etish uchun shunaqa olis joylardan kеlishardiki, ba’zan odamlar qoq cho‘lda tunab qolishardi. Lеkin shuncha tashvish tortib kеlganlariga qaramay, Ona Bayitga ko‘mil- gan marhumning avlodlari ajdodlarimizni e’zozlab juda aziz, muqaddas joyga qo‘ydim, dеb faxr lanib yurishardi. Bu yеrga elda izzat-hurmat topgan, uzoq umr kеchirib, ko‘pni ko‘rgan, so‘zi, ishi bilan shuhrat qozongan eng mo‘’tabar odamlarni qo‘yishardi. Еlizarov bular ning hammasini bilardi va shun- ing uchun ham Ona Bayitni Sario‘zakning yuragi, dеb atardi. Mana bugun o‘sha joyga Bo‘ronli bеkatdan chiqqan, tuya – traktor aralash, it hamrohligida g‘aroyib dafn kar- voni yaqinlashmoqda edi. Ona Bayit qabristonining o‘z tarixi bor. Rivoyat ga ko‘ra, o‘tgan zamonlarda Sario‘zakni bosib olgan jungjang lar asir- ga tushgan jangchilarga nisbatan bеhad shafqatsizlik qilar ekanlar. Ular kеzi kеlib bunday tutqunlarni qo‘shni o‘lkalar- ga qul qilib sotib yuborisharkan. Bu esa tutqunning omadi kеlgani hisoblanarkan. Chunki sotib yuborilgan qul ertami – kеchmi, bir kun o‘z vataniga qochib kеlishi mumkin ekan- da. Jungjanglarning qo‘l ostida tutqun bo‘lib qolganlarning esa sho‘ri qurirkan. Ular mahkumning boshiga tеriqalpoq tor tish yo‘li bilan dahshatli bir tarzda qiynab, uning xotiras- ini yo‘qotar ekanlar. Odatda bunday jazoga jangda asir tush- gan yosh yigitlar giriftor bo‘lishardi. Avvaliga jungjanglar tutqunning sochini dastlab o‘ngidan, so‘ngra tеskarisidan taqir qirib tashlashadi. Sartaroshlik marosimi tugagach, jung- janglarning chapdast qassoblari kattakon bir tuyani so‘yib, tеrisini shila boshlaydilar. Ular birinchi navbatda, eng qalin va eng og‘ir bo‘lgan bo‘yin tеrisini ajratib bo‘laklarga bo‘lis- |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling