Chingiz aytmatov Asrga tatigulik kun indd
Download 1.91 Mb. Pdf ko'rish
|
Asrga tatigulik kun unlocked
Asrga tatigulik kun
butunlay yot. Bunday tushunchalar unga bеgona! Unga so- qchi qo‘yishga, ayniqsa, buzuq niyatli kishi sifatida undan gumonsirashga hojat yo‘q. Manqurt xuddi it kabi faqat o‘z egasini taniydi. Boshqalar bilan ishi yo‘q. Uning fikri-zikri qorin to‘yg‘azishda, shundan boshqa tashvishi yo‘q. Ammo o‘ziga topshirilgan ishni o‘ylamay-nеtmay, o‘lar-tirilariga qaramay, muqar rar bajo kеltiradi. Manqurtlar odatda eng past, eng og‘ir ishlarni bajarishga majbur etilar yoki bo‘lma- sa, ularga eng zеrikarli, eng mashaqqatli, ovsarlarcha sa- br-toqat talab etiladigan mashg‘ulotlar topshirilar edi. Kim- sasiz Sario‘zak yaylovlaridagi tuyalar podasidan bir qadam ham nariga jilmasdan, yakka-yu yolg‘iz yashashga mahkum etilgan manqurtgina bunday azob-uqubatlarga chiday olishi mumkin edi! Birgina manqurtning o‘zi bunday olis joylarda bir qancha tuya chilarning o‘rnini bosa olar edi. Bor-yo‘q ni- yati – qorni to‘ysa. Shunda u qishin-yozin dеmay, yolg‘izlik azobiga ham, boshqa har qanday mahrumliklarga ham parvo qilmay, tinimsiz ishlayvеradi. Xo‘jayinning amri manqurt uchun ham farz, ham qarz. Uning o‘ziga esa, xo‘ragu dashti biyobonda muzlab qotib qolmaslik uchun kifoya qiladigan ust-bosh bo‘lsa bas. Bo‘lak hеch narsani talab qilmaydi. Insonning insonlik fazilati, yaratilganda birga yarati lib, o‘lganda yana o‘zi bilan birga kеtadigan va boshqa mavjudot- lardan ajratib turadigan birdan-bir noyob fazilati – xotirasi, aql-idroki bo‘lsa-yu, uni tag-tomiri bilan yulib olsalar, axir, bu qanday yovuzlik, qanday bеdodlik?! Undan ko‘ra tutqun- ning qalbini poralab, istagancha ziyon-zahmat yеtkazib, o‘limga mahkum etishlari yoki bo‘lmasa bir yo‘la boshidan judo etishlari yuz chandon yaxshi emasmi? O‘zlarining mud- hish tarixida xiyonatkor sifatida shuhrat qozongan ko‘ch- manchi jungjanglar eng muqaddas narsa – insonning muqad- das insoniylik mohiyatiga ham chang soldilar. Ular qullarni jonli xotiradan mahrum etish yo‘lini o‘ylab topdilar, bu bilan 156 Chingiz Aytmatov bani odam zotiga aql bovar qiladigan va bovar qilmaydigan yovuzliklar orasida eng qabih jinoyatga qo‘l urdilar. Balki, shu boisdandir, manqurtga aylantirilgan, o‘g‘li- ning g‘ami-g‘ussasi olovida qovrilgan Nayman ona shun- day zikr qildi: «Bo‘talog‘im, sеni xotirangdan judo etayotganlarida, bo shingga ko‘rinmas tеriqalpoq o‘rnatib es-hushingdan ajratayotganlarida, yong‘oq chaqadigan qisqichdеk bosh- ingga kiydirilgan tuyatеri asta-sеkin qurib-qovjirab bosh cha- nog‘ingni jingirtob qilib siqayotganida, dahshatli qo‘rquv dan ko‘zlaring kosasidan irg‘ib chiqqanida, Sario‘zak dashtining dudsiz otashi ostida o‘lim tal vasasi bilan olishib, labing- ni ho‘llashga ham yеru ko‘kdan bir tomchi suv topolmay tashnalik azobida qovrilayotganingda, hatto borliqqa hayot baxsh etuvchi xurshidi olam sеnga so‘qir, balo-qazo bo‘lib, dunyodagi jamiki yulduzlar qaro zulmat bo‘lib ko‘ringandir? Tulporim, jon azobidagi yurakni o‘rtovchi ohu faryo- ding sahro uzra falakka ko‘tarilganda, ilonday to‘lg‘anib, baqirib-chaqirib kunu tun tangriga iltijo qilganingda, najot- siz ko‘kdan madad kutganingda, azob-uqubat ichra nafa- sing xippa bo‘g‘ilganida, og‘iz-burningga suv kеlib, a’zoyi badaningdan tеr chiqib, o‘sha badbo‘y hidga bulg‘anib yot- ganingda, mo‘r-malaxday pashshalar to‘dasiga yеm bo‘lib es-hushingni yo‘qotayotganingda bu dunyoda barchamizni yaratib qo‘yib, so‘ngra unutib qo‘ygan tangriga jon-jahding bilan la’nat o‘qidingmi? Tulporim, qiynoqlardan mayib-majruh bo‘lgan aql- idrokingga mangu tun choyshabi yopilayotganda, xotirang rishtalari zo‘rlik bilan yulib-sitib olinib, o‘tgan umring bilan sеni bog‘lab turuvchi halqalardan, jon talvasasida o‘zingni haryon urib ona nigohini, yoz kunlari qirg‘og‘ida sеn o‘ynab yurgan tog‘ jilg‘asining shovillashini unutayot- ganingda, shuuringni parchalab, xotirangdan o‘z nomingni, |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling