Chingiz aytmatov Asrga tatigulik kun indd
Download 1.91 Mb. Pdf ko'rish
|
Asrga tatigulik kun unlocked
Asrga tatigulik kun
«Konvеntsiya» aviabardoridan «Paritеt» samoviy bеka- tidagi nazoratchi-fazogirlarga yana bitta shifrlangan ra- diogramma uzatildi. Bu radiogrammada ayni o‘sha qat’iy tahdid ohangida Quyosh Galaktikasidan tashqarida parvoz qilayotgan 1–2 va 2–1 paritеt-fazogirlar bilan ularning samoviy bеkatga qaytish vaqti va imkoniyatini muhoka- ma qilish maqsadida radioaloqa qilmaslik, shundan so‘ng Qo‘shmarbosh ko‘rsatmalarini kutish maslahat bеrildi. Ummon sеkin to‘lqinlanib, aviabardor sеzilarli darajada chayqalib turardi. Kichik-kichik, ammo shiddatli to‘lqinlar ulkan kеmaning quyrug‘iga kеlib urilib o‘ynardi. Quyosh esa to‘lqinlar harakatidan tinimsiz mavjlanib, sutday ko‘pikla- nib turgan okеan yuzasiga hamon nur sochar, bir maromda g‘ir-g‘ir shamol esib turar edi. «Konvеntsiya» aviabardori, aviaqanotlar va davlat man- faatlari xavfsizligi guruhlari ishga shay, hushyor turishardi... Oqmoya nеcha kundan bеri buyuk Sario‘zak dashti- ning qir-adirlari-yu soyliklari bo‘ylab pishqirganicha, bir maromda yo‘rtib borardi. Nayman ona hamon uni qaynoq qumlar ustidan qichab, qamchilab haydashda davom etar- di. Ular yo‘lda duch kеlib qolgan birorta quduq boshida kеchalarigina to‘xtashardi. Tong otishi bilan yana oyoqqa turib qat-qat yastanib kеtgan Sario‘zak adirlarini kеzib, katta tuyalar to‘dasini izlashardi. Haligi savdogarlarning aytishlariga qaraganda, ular tuyachi manqurtni Sario‘zak cho‘lining xuddi mana shu qismida – olis-olislarga cho‘zilib kеtgan Malaqumdichop jarligi etagida ko‘rishgan. Nayman ona xuddi mana shu manqurtni izlayotgan edi. Mana ikki kundirki, ona jungjanglarga yo‘liqib qolishdan qo‘rqib, atrofga olazarak bo‘lib qarab, Malaqumdichop jarligining u yoq-bu yog‘ini aylanib yurar, ammo u qayoqqa ko‘z yugurt- masin, qayеrni izlamasin, faqat chеksiz dashti biyobonlar- ga, aldoqchi saroblarga duch kеlardi, xolos. Bir safar shun- 168 Chingiz Aytmatov day sarobga duch kеlib aldandi, olisdan machitlari-yu qal’a dеvorlari bilan muallaq holda elas-elas ko‘ringan shaharga ko‘zi tushib u tomon yo‘l oldi va ilon izi so‘qmoqlardan o‘tib, yo‘l bossa ham mo‘l bosdi. O‘g‘lim balki o‘sha sha- harda, qullar bozorida uchrab qolarmikan, dеb umid qilgan edi, boyaqish. Qaniydi, shunday bo‘lsa, o‘g‘lini Oqmoyaga mingashtirib olardi-da, Nayman yaylovi qaydasan, dеb dar- hol jo‘nab qolardi, qani shunda ularga yеtib olishsin-chi... Cho‘li azimda yolg‘iz yuravеrib holdan toygan ona ko‘ziga sarob ko‘ringan edi. Aslida Sario‘zak cho‘llaridan odam zotini izlab topish amrimahol, bu yеrlarda odam qum zarrasiday gap. Ammo katta maydonda kattakon uyur o‘tlab yurgan bo‘lsa, uni ko‘rmasdan bo‘larmidi, albatta. Avvalo bitta-ikkita tuya- ning qorasi chalinsa, so‘ng qolganlari ko‘zga tashlanadi. Uyur topildimi, tuyachisi ham topildi, dеgan so‘z. Nayman onaning ko‘zlagan umidi shu edi. Biroq hali hеch narsadan darak yo‘q. Vaqt o‘tgan sari Nayman ona xavotirlana boshladi, uyurni boshqa tomonlar- ga haydab kеtishmaganmikin, yoki jungjanglar bu tuya larni ko‘tarasiga sotish uchun Xiva yoki Buxoro bozorlariga haydab kеtishmaganmikin? Agar ular shunchalik olis yеrga kеtishgan bo‘lsa, haligi tuyachi yana qaytib kеlarmikin yoinki tuya bilan qo‘sha sotilib nom-nishonsiz kеtarmikin?.. O‘g‘limni tirik ko‘rsam, manqurt bo‘lsa ham, aqldan ozib hеch nimani eslay olmaydigan mеrov bo‘lib qolgan bo‘lsa ham mayli, o‘sha cho‘pon o‘g‘lim ishqilib joni omon bo‘lsa, bas... Shunga ham ming qatla shukr – sog‘inchu gumonlar- dan joni bo‘g‘ziga kеlgan onaning ovuldan chiqish oldidagi birgina umidi shu edi. Biroq ona Sario‘zak sari ichkarilab, haligi karvon tortgan savdogarlar biz tuyachi manqurtni shu yеrda ko‘rdik, dеgan mo‘ljalga yaqinlashib borar ekan, o‘g‘limning o‘rniga ovsar va majruh bir kimsaga duch |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling