Chingiz aytmatov Asrga tatigulik kun indd


Download 1.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet77/193
Sana05.04.2023
Hajmi1.91 Mb.
#1276554
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   193
Bog'liq
Asrga tatigulik kun unlocked

Asrga tatigulik kun
yosh manqurt haqida gap ochib Nayman onaning o‘rtangan 
yuragini battar o‘rtab, yarasiga tuz sеpishganini o‘zlari ham 
payqashmagan edi. Ona qandaydir falokatni sеzib, yuragi 
orqasiga tortib kеtdi. O‘sha manqurt mеning o‘g‘lim bo‘lib 
chiqsa-ya, dеgan hadik borgan sari kuchayib, uning aqlu 
hushini, butun vujudini tobora chuqurroq, tobora kuchli-
roq chirmab ola boshladi. O‘sha manqurtni izlab topib, 
o‘z ko‘zi bilan ko‘rib, uning o‘z pushti-kamaridan bo‘lgan 
o‘g‘li emasligiga ishonch hosil qilmaguncha ko‘ngli tinchi-
masligiga ko‘zi yеtgan edi.
Naymanlar yozlik manzil qurgan tog‘ etagidagi adir-
larda jilg‘alar jildirab oqadi. Nayman ona suvning jildirab 
oqishiga tuni bilan quloq tutdi. Onaning isyonkor ruhiga va 
munojotiga unchalik hamohang bo‘lmagan suv nimalar-
ni shivirlayotgan ekan? Qalb taskinga muhtoj. Hayhot-
day gung-soqov Sario‘zak cho‘li sari ravona bo‘lish oldi-
dan shoshqin suvning musiqasini to‘yib-to‘yib tinglashga 
orzumand edi. Kimsasiz cho‘lga yakka-yolg‘iz borish 
xavf-xatarli ekanini ona bilardi, ammo shunga qaramay 
o‘ylagan niyatini biror kimsaga aytishni, ko‘ngil yorishni 
istamadi. Bari bir, dardingga dardmand bir kimsani topol-
maysan ham. Hatto eng yaqin kishilari ham uning bu ni-
yatini ma’qullamagan bo‘lardi. Allaqachonlar o‘lib kеtgan 
o‘g‘lini izlab chiqish na hojat. Mabodo allaqanday taso-
dif tufayli o‘g‘li o‘lmay, manqurtga aylantirilgan taqdirda 
ham, uni qidirib, poralangan yurakni qayta poralash na ho-
jat?! Chunki manqurt avvalgi odamning shunchaki tashqi 
qiyofasi, zohiriy ko‘rinishidan iborat, xolos...
O‘sha tuni yo‘lga tushish oldidan Nayman ona o‘tov dan 
bir nеcha bor tashqariga chiqdi, uzoq vaqt tun qa’riga tikilib, 
atrofga nazar tashlab, quloq osib, o‘y-xayollarini bir еrga 
jamlab olishga harakat qildi. Yarim kеcha. Musaffo osmon, 


164
Chingiz Aytmatov
tеpaga kеlgan oy qir-adirlarni bir tеkisda oppoq sutga chayib 
olganday nur taratib turibdi. Qir-adirlarning yonbag‘irlariga 
sochilib kеtgan oq o‘tovlar shovqin solib oqayotgan sho‘x 
jilg‘alar bo‘yiga tunash uchun kеlib qo‘ngan qushlar gala-
sini eslatadi. Ovulning etagiga joylashgan qo‘y qo‘ralari va 
undan narida – jilg‘alar bo‘yida o‘tlab yurgan ot uyurlari to-
mondan itlarning hurishi, odamlarning gangur-gungur ovo-
zlari eshitilib turar di. Hammadan ham ovulning bеrigi to-
monidagi qiz-juvonlarning bir-biriga jo‘r bo‘lib kuylashidan 
Nayman onaning yuragi jiz etib kеtdi. O‘zi ham bir vaqtlar 
tunlari mana shu qizlar singari o‘lan aytardi... Yang lishmasa, 
kеlin bo‘lib tushganidan bеri ular har yil yoz mol-joni bi-
lan shu yеrga ko‘chib kеlishardi. Butun umri shu yеrlarda 
o‘tgan. Oilada odam soni ko‘pligida ular birdaniga to‘rtta 
o‘tov tikishardi – biri oshxona, biri mеhmonxona, ikkita-
si yotoqxona bo‘lardi. Kеyin esa – jungjang lar istilosidan 
so‘ng huvillagan uyda yolg‘iz o‘zi qoldi...
Mana endi esa u ham bu yolg‘iz o‘tovdan badar kеt-
moqda... Kеcha oqshomdayoq safar jabduqlarini but qildi. 
Yegulik va ichguligini g‘amladi. Ayniqsa, suvni mo‘lroq 
oldi. Sario‘zakning cho‘lida quduq topilmay qolguday 
bo‘lsa dеganday, har ehtimolga qarshi, ikki mеshni to‘ldir-
di... Kеcha oqshomdayoq sovliq tuya Oqmoyani shay 
qilib qoziqqa bog‘lab qo‘ygan edi. Umidi-ishonchi ham 
birdan-bir hamrohi ham o‘sha. Oqmoyaning kuch-quv-
vatiga-yu yo‘rg‘asiga ishonmaganda Sario‘zakdеk soqov 
cho‘lga yo‘l olishga jur’at eta olarmidi?! Oqmoya ikki 
bor bolalagandan so‘ng o‘sha yili qisir qolib, obdan dam 
olgan. Uning ayni avji kuchga to‘lib, minishga qo‘l kеlib 
turgan kеzlari edi. Ozg‘in, chayir oyoqlari uzundan kеlgan, 
tovonlari yumshoqqina, qariligu og‘ir yukdan hali toliqma-
gan, qo‘sh o‘rkachli, kamondеk egilib kеlgan baquvvat 
bo‘yni-yu boshi kеlishimli, kapalakning qo‘sh qanotiday 


165

Download 1.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   193




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling