Chinordoshlar oilasi Kazuarinnamolar qabilasi


Download 41.9 Kb.
bet6/7
Sana18.06.2023
Hajmi41.9 Kb.
#1569447
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Gamamelidkabila kichik ajdodi hamamelididae

Yong’oq - Juglans turkumining 15 turi bor, barchasi yirik daraxtlar. Markaziy Osiyoda Rosmana yong’oq deb ataladigan bitta turi (J. regia) tabiiy holda uchraydi, ba’zan qalin o’rmonzorlar hosil qiladi. Yong’oq bo’yi 30-45 m, diametri 2 metrgacha yetadigan yirik daraxt. Barglari 3-5 (7) juft bargchali. Mevasi uchun ekiladi, tabiatda mevasining shakli, kattaligi, yong’oq po’chog’ining tuzilishiga ko’ra juda xilma-xil shakllarini topish mumkin.
Tabiiy holda Farg’ona vodiysida, Toshkent, Samarqand (Nurota tog’lari), Surxondaryo viloyatlarining tog’li tumanlarida tarqalgan. Bundan tashqari manzarali daraxtlar sifatida Manchjuriya yong’og’i (J. manschurica), Qora yong’oq (J. nigra) (40-rasm) (vatani Amerika), Kulrang yong’oq (J. cinerea) ham ekiladi. Ularning barchasi 30-40 metrgacha yetadigan xushmanzara daraxtlar.
Yong’oqlar har jihatdan juda foydali. Yong’og’i to’yimli, yog’ (75%) va oqsilga boy, yog’ochi o’ziga xos jilo berib silliqlanadi va qadimdan ro’zg’or buyumlari yasashda va hunarmandchilikning turli sohalarida foydalaniladi. Bargidan, po’stlog’idan to’q jigarrang bo’yoq olinadi. Xom mevasining etidan vitaminlar olinadi.
Yong’oq tog’ yonbag’irlarini ihotalovchi va manzarali ajoyib daraxt. Markaziy Osiyo hududida yovvoyi yong’oqzorlar 75 ming gektardan ko’proq maydonni egalaydi. Yong’oqdoshlar oilasi Sapindanamolar (Sapindales) qabilasining Pistadoshlar (Anacardiaceae) va boshqa oilalari bilan yaqin deb e’tirof etiladi. Ammo yong’oqdoshlar ulardan ginetseyning tuzilishi, changlarining teshikchali (pora) bo’lishi, yog’ochligida mum yo’llarining bo’lmasligi bilan farq qiladi.
Shu bilan birga yong’oqdoshlar barg og’izchalarining tuzilishi, tuklarining o’xshashligi, floemada tolalarining borligi bilan Bukdoshlar (Fagaceae) va Qayindoshlar (Betulaceae) ga yaqin turadi. Yong’oqdoshlar uchlamchi davrda juda rivojlangan va butun Shimoliy yarimsharda, Yevrosiyoda keng tarqalgan. Hozir esa ularning turlari ancha kamaygan, areallarining qisqarishi davom etmoqda.


Download 41.9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling