Chinordoshlar oilasi Kazuarinnamolar qabilasi


Temirdaraxtdoshlar oilasi – Gamamelidaceae


Download 41.9 Kb.
bet2/7
Sana18.06.2023
Hajmi41.9 Kb.
#1569447
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Gamamelidkabila kichik ajdodi hamamelididae

Temirdaraxtdoshlar oilasi – Gamamelidaceae


Bu oila 26 turkumga mansub 100-130 turni o’z ichiga oladi. Chinordoshlarga yaqin turuvchi bu oilaning vakillari Amerika, Janubiy Afrika, Madagaskar oroli, Janubi-Sharqiy Osiyo va Avstraliyada tarqalgan. Oila 5 oilachaga bo’linadi. O’zbekistonda bitta temirdaraxt (Parrotia persica) nomli tur manzarali daraxt sifatida ekiladi.

Chinordoshlar oilasi – Platanaceae


Yirik daraxtlar, barglari oddiy, panjasimon bo’lakli, yon bargchali, navbatlashib joylashgan, namatsimon tuklar bilan qoplangan. Gullari bir jinsli (ba’zan ikkinchi jins boshlang’ichi rudiment holda saqlangan), gulqo’rg’oni ikki qavat, ko’rimsiz. Changchilari 2-8 ta, urug’chilari 3-8 ta, urug’chibarglardan iborat, apokarp. Urug’chili va changchili gullari alohida sharsimon to’pgullarda o’rnashgan. Gul formulasi: Ca4,3-6 Co4,3-6
A3-8 G0; Ca3-4 Co3-4 A0 G4,3-8. Mevasi yong’oqcha.
Chinordoshlar oilasining Chinor - Platanus turkumiga mansub 10 turi mavjud. Ular Bolqon yarimorollaridan to G’arbiy Himolay tog’lari, Hindixitoy va Amerikada, Kanadadan Meksikagacha juda keng tarqalgan. Markaziy Osiyoda chinorning bitta turi madaniy holda o’sadi, ba’zan yovvoiylashgan tuplarini ham uchratish mumkin.
Sharq chinori (P. orientalis) (35-rasm) madaniy holda mamlakatimizda juda qadimdan ekiladi. Vodilda (Farg’ona), Sayrobda (Qashqadaryo), Urgutda, Dahbeddagi (Samarqand) 800-1000 yoshli chinorlar botanik yodgorliklardandir. Dunyodagi eng keksa chinor Egey dengizidagi Kos orolida bo’lib, uning yoshi 2300 yildan ko’proq, tana aylanasi 18 metr keladi. Chinorlar o’ta sersoya va tez o’suvchi manzarali daraxtlardir. Ularni urug’idan, novda qalamchalaridan ko’paytirish mumkin, ba’zan ildiz bachkilaridan ham ko’payadi.
Chinordoshlar kelib chiqishiga ko’ra altingiyadoshlar (Altingiaceae) ga yaqin turadi, ayniqsa, urug’kurtagi, urug’chi tumshuqchasining tuzilishi, changchili gullarida staminodiylarning bo’lishi, boshchasimon to’pgullarning hosil bo’lishi ularning filogenetik jihatdan yaqinligini ko’rsatadi. Ginetseyning tuzilishiga ko’ra chinordoshlar hatto gamameliddoshlardan ham qadimgiroq hisoblanadi.


Download 41.9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling