Chinordoshlar oilasi Kazuarinnamolar qabilasi


Download 41.9 Kb.
bet1/7
Sana18.06.2023
Hajmi41.9 Kb.
#1569447
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Gamamelidkabila kichik ajdodi hamamelididae


Gamamelidkabila kichik ajdodi hamamelididae

Reja:




  • Gamamelidnamolar qabilasi

  • Temirdaraxtdoshlar oilasi
  • Chinordoshlar oilasi

  • Kazuarinnamolar qabilasi


  • Kazuarindoshlar oilasi

  • Emannamolar qabilasi. Emandoshlar oilasi

  • Qayinnamolar qabilasi

  • Qayindoshlar oilasi

  • Yong`oqnamolar qabilasi

  • Yong`oqdoshlar oilasi

Daraxt yoki butalar, ba’zan yarimbutalar: barglari oddiy, patsimon, yonbargchali yoki yonbargchasiz, poyaga navbatlashib yoki qaramaqarshi o’rnashgan. Changchilari 2 hujayrali, 3 teshikchali. Urug’chisi apokarp yoki sinkarp. Mevasi yong’oqcha yoki ko’sakcha. Gamamelidkabilar magnoliyasimonlar ajdodining ancha qadimgisi bo’lib, magnoliyanamolardan kelib chiqqan bo’lishi mumkin. Ularning evolutsiya jarayonida entomofiliyadan anemofiliyaga o’tishi xarakterlidir.


Mavjud 17 ta qabila orasidagi eng qadimgilari Trixodendanamolar (Trichodenrtales), Sersidifillnamolar (Cercidiphyllales) va Evpteleyanamolar (Euptelcales) hisoblanadi. Hozirgi vaqtda ancha keng tarqalgan vakillari Gamamelidnamolar qabilasini tashkil etadi.

Gamamelidnamolar qabilasi – Gamamelidales


Bularga daraxt va butalar kiradi. Barglari oddiy, yonbargchali. Naychalari narvonsimon perforatsiyali. Gullari shingil, boshoq, boshchasimon to’pgullarda, ikki jinsli yoki bir jinsli, aktinomorf, aksariyat 2 qavat gulqo’rg’onli, ba’zan tojsiz yoki gulqo’rg’oni butunlay yo’q. Kosachalari 4-5 (10) ta, mayda, erkin yoki qisman tutash, tojbarglari 4-5 ta, changchilari (3) 4-5 (10) ta. Mevachilari 2-3 (8) mevachibargli, ustunchalari erkin, tumshuqchasi ustuncha bo’ylab joylashgan. Mevalari to’p yong’oqcha yoki to’p bargak (chinorda). Gamamelidnamolar Trixodedranamolar va Kazuarinnamolarni Buknamolar (Fagales) va unga yaqin boshqa qabilalar bilan bog’lovchi bo’g’in bo’lib xizmat qiladi. So’nggi klassifikatsiyalarga binoan bu qabilaga Temirdaraxtdoshlar, Rodoleyadoshlar, Altingiyadoshlar va Chinordoshlar oilalari kiradi.

Download 41.9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling