Chinordoshlar oilasi Kazuarinnamolar qabilasi


Emandoshlar oilasi – Fagaceae


Download 41.9 Kb.
bet4/7
Sana18.06.2023
Hajmi41.9 Kb.
#1569447
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Gamamelidkabila kichik ajdodi hamamelididae

Emannamolar qabilasi – Fagales

Emandoshlar oilasi – Fagaceae


Emandoshlar oilasining 18 turkumga munosib 900 ga yaqin turlari bor. Ular asosan bargini tukadigan yoki doim yashil daraxt va ayrim butalardan iborat.
Eman – Quercus turkumi asosan Shimoliy Yarim sharda keng tarqalgan, qisman ular janubiy ekvatorda o’sadi. Emanlarning ko’pchilik turlari juda yirik daraxtlar bo’lib, balandligi 35-40 m ga etadi. Barglari oddiy navbatlashib joylashgan. Gullari ayrim jinsli, gulqo’rg’oni oddiy, tugunchasi ustki, tup guli kuchala yoki kallakchadan iborat. Mevasi bir urug’li yong’oqcha (37-rasm).

36-rasm. Kazuarin (Casuarina). Guli, novdalari va mevasining tuzilishi

37-rasm. Emandoshlar: Griffit emani (Quercus griffithii), Virginiya emani (Q. virginiana). Novdalari, gulari va mevalarining tuzilishi
Emandoshlar oilasiga mansub o’simliklarning xo’jalikdagi ahamiyati juda katta. Ulardan qimmatbaho yog’och mahsulotlari olinadi. Po’stlog’i esa oshlovchi moddalar tayyorlashda ishlatiladi. Eman manzarali o’simlik sifatida ko’plab ekiladi. O’zbekistonda uning 7 ta turi ekiladi.
Qo’ng’ir eman (Quercus robur) mevasi yong’oq meva, kuzda pishib to’kiladi. Qoya emani (Q. petraja) Kavkazda va MDH ning Yevropa qismi janubida o’rmonlar hosil qiladi.

Qayinnamolar qabilasi – Betulales


Qabila daraxt va butalardan iborat. Barglari oddiy, chetlari tishchali, navbatlashib joylashgan. Gullari mayda, ko’rimsiz, tojsiz, bir jinsli. Changchili to’pgullari kuchalasimon, osilib turadi; urug’chili to’pgullari tik, boshchasimon, qubbasimon. To’pgullari murakkab, reduksiyalangan dixaziylar to’plamidan iborat. Mevalari qanotchali yong’oqcha. Qabilaning bitta oilasi (qayindoshlar) mavjud. Kelib chiqishiga ko’ra u bukdoshlarga yaqin, shu sababdan ular ko’pchilik hollarda bitta oilaga birlashtiriladi.

Qayindoshlar oilasi – Betulaceae


Bu oilaga oddiy bargli daraxt va butalar kiradi. To’pgullari 1-3 gulli kuchalalardan iborat. Changchilari 2-12 ta, urug’chi guli 2 mevabargli, 2 uyali, tugunchasi ostki. Gul formulasi: P2A2G0; P0A0G(2). Mevalari 2-3 tadan bo’lib, tangachalar qo’ltig’ida joylashgan.
Oilaning Yer sharida 6 turkum 150 ta turi mavjud bo’lib, asosan Shimoliy yarimshaming o’rta mintaqalarida tarqalgan. Ammo olxa (Alnus) turkumi ayrim turlarining arcali Chili va Argentinagacha boradi. Barcha turkumlari 3 ta kichik oilaga birlashtiriladi: Qayindoshchalar (Betuloideae) 2 turkum, Grabdoshchalar (Carpinoideae) 3 turkum, O’rmon yong’oqdoshchalar (Coryloideae) 1 turkumdan iborat.
O’zbekistonda Qayin - Betula turkumi tarqalgan (30-rasm). Barchasi daraxt va butalar. Changchili kuchalalari (1) 2-4 tadan bo’lib, kuzdan shakllana boshlaydi, urug’chili kuchalalari bahorda hosil bo’ladi
(38,39-rasm). Qayinlarning 120 turi bor, shundan 2 tasi O’zbekistonnning tog’li hududlarida daryo va soy bo’ylarida o’sadi. Ba’zi turlari shahar ko’chalarida, istirohat bog’larida manzarali daraxt sifatida o’stiriladi. Qayindan boshqa oilaning Grab (Carpinus 20 tur), O’rmon yong’og’i (Corylus, 30 tur), Olxa (Alnus, 30 tur) kabi turkumlari ham mavjud (38-rasm). Bu turkumlarning birorta ham turi O’zbekistonda tabiiy holda uchramaydi.
Qayindoshlarning barchasiga xos xususiyatlaridan biri po’stloqlarida oshlovchi va bo’yoq moddalaming bo’lishidir. Bundan tashqari, qayin kamforasi, betulin va ayrim efir moylari bor, lanasidan bahorda ajraladigan shirasida 1% gacha shakar bo’ladi. Olxalarning po’stlog’ida 10% gacha oshlovchi moddalar bor. O’rmon yong’og’i mevasi uchun ekiladi. Ko’pchiligi ajoyib manzarali daraxtlardir. Qayin yog’ochidan chizmachilikda ishlatiladigan ko’mir olinadi.
Qayindoshlar bukdoshlar bilan bitta umumiy ajdoddan kelib chiqqan bo’lsa kerak. Qazilma holda uchlamchi davrdan ma’lum. Qayinnamolar ancha qadimiy qabila, ularning tuzilishidagi soddalikni ayrim olimlar (P. Vettshteyn, N. Kuznetsov, N. Bush) birlamchi deb hisoblashadi va qadimgiroq gulli o’simliklar orasiga qo’yadilar, boshqalari esa bu soddalikni ikkilamchi, ular murakkabroq guruhlardan kelib chiqqan deb hisoblashadi (G. Gallir, A. Taxtadjyan).

Download 41.9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling