Chinordoshlar oilasi Kazuarinnamolar qabilasi
Yong’oqnamolar qabilasi – Juglandales
Download 41.9 Kb.
|
Gamamelidkabila kichik ajdodi hamamelididae
- Bu sahifa navigatsiya:
- Yong’oqdoshIar oilasi – Juglandaceae
Yong’oqnamolar qabilasi – JuglandalesDaraxtlar, qisman butalardan iborat. Barglari toq patsimon yoki uchtalik murakkab, yonbargchasiz, efir moylari ajratadi. Yog’ochlik naylari oddiy yoki narvonsimon perforatsiyali. Gullari mayda, ko’rimsiz, bir jinsli, tojbargsiz. Changchili to’pgullari osilib turadigan kuchalalar, urug’chi gullari esa bir nechtadan, serbarg novdaning uchida o’rnashadi. Mevasi - yong’oq meva. Qabilaning bitla oilasi bor. Yong’oqdoshIar oilasi – JuglandaceaeBir uyli ayrim jinsli daraxtlar, barglari toq patsimon murakkab, efir moyi ajratuvchi bezlari bor. Bahorda barg chiqarish bilan bir vaqtda gullaydi. Changchili kuchalasi o’tgan yilgi tushib ketgan barg qo’ltig’ida hosil bo’ladi va osilib turadi. Gulqo’rg’on bargchalari 2-4 ta, changchilari 5-4 ta. Changchi gulda ba’zan rudiment ginetscyni ko’rish mumkin. Ginetsey yosh novdalarning uchida 1-5 (10-12) tadan bo’lib joylashadi, 2-3 mevachibargdan hosil bo’lgan. Tuguni ostki, 2(3)-4(8) uyachali. Gul formulasi: P2,4A5-4,8-10G0; P4 A0G(2). 38-Rasm. A. Berula pendula, Б. Alnus glutinosa. 1,2,8,9 – gul tuzilishi, 3changchili to’pguli, 4-urug’chili to’pguli, 6,7-gul diagrammasi, 10-changchi to’pgulli novdasi, 11-urug’I to’kilgan so’ng urug’chi qubbasi 39-rasm. Qayindoshlar: 1. So’galli qayin (Betula pendula), 2. O’rmon yong’og’i (Corylus) 40-rasm. Qora yong’oq (Juglans fallax) Mevasi soxta yong’oq, urug’i endospermasiz. Hozirgi vaqtda yong’oqdoshlarning 7 turkumi va 58 ta turi mavjud. Barcha turlari Shimoliy yarimshaming subtropik va mo’tadil iqlimli mintaqalarida, ba’zi turlari Janubiy Amerikaning g’arbiy sohillarigacha, Malayziya va Yangi Gvineyada ham tarqalgan. Manning (1987) klassifikatsiyasiga ko’ra, yong’oqdoshlar oilasi 7 turkumni birlashtiradigan ikkita kichik oilaga ajratiladi: Yong’oqdoshchalar (Juglandoideae) - 6 turkum, Platikariyadoshchalar (Platycaryoideae) 1 turkumni o’z ichiga oladi. Download 41.9 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling