Chirchiq – 2019 O‘quv fani o‘qitilishi bo‘yicha uslubiy ko‘rsatmalar
Download 1.44 Mb.
|
maruzalar-matni
5. Pergam. Attalidlar davlati. Er. avv. 287-yil Pergam Salavkiylar davlati tarkibiga kirdi. Er. avv. 240-yil Salavkiylar noibi Attal I Pergamni mustaqil deb e’lon qilib, podsholik tojini kiydi. Uning asosiy hududi Kichik Osiyoning shimoliy-g`arbiy qismi va Misiyaviloyatidan iborat edi. Attalidlar sulolasi hukmdorlarining faol tashqi siyosati hamda mohir diplomatiyasi sababli, Pergam davlatining hududi er. avv. II asr boshlarida G`arbiy Kichik Osiyoning Troada, Lidiya, Kariyava Likiyani qo`shib olinishi bilan kengaydi. Bu hududlarda qadimdan rivojlangan yunon polislari mavjud bo`lganligi sababli, rivojlangan iqtisodiyotga ega edi.
Attalidlar tashqi siyosatda sharqda Salavkiylar podsholigiga qarshi turib, g`arbda kuchli ittifoqchi sifatida Rim davlatiga tayandilar va bu amalda Pergamni Rim respublikasiga tobe bo`lishga olib keldi. Attal I (er. avv. 241-197-yillar) galatlar ustidan g`alaba qilib, Rim bilan ittifoq tuzdi. U I va II makedon urushlarida (er. avv. 215-205-yillar va 200-197-yillar) rimliklar tomonidan ishtirok etdi. Rimliklar homiyligi yordamida Pergam podsholigi Kichik Osiyodagi barcha Salavkiylar mulklarini egallab oldi va o`zining eng qudratli davriga kirdi. Ammo Pergamning yuksalishi uzoq davom etmadi. Attal II va Attal III hukmronligi davrida Rim Pergam jamiyatining hukmron tabaqalariga kuchli ta’sir o`tkazgan holda, podsholikning ichki va tashqi siyosatiga faol aralasha boshladi. Oqibatda Attalidlar sulolasining so`nggi podshosi er. avv. 133-yilda vafot etgan Attal III ning vorisi bo`lmaganligi sababli, o`z davlatini rimliklarga vasiyat qilishga majbur bo`ldi. Bunga javoban Pergam jamiyatining quyi tabaqalari podsho Yevmen II ning noqonuniy o`g`li Aristonik boshchiligida qo`zg`olon ko`tardilar. Qo`zg`olonni yunon shaharlari aholisi qo`llab-quvvatlamadi. Natijada qo`zg`olonchilar yengildi. Aristonik er. avv. 129-yilda rimliklar tomonidan qatl qilindi. Vasiyat qilingan podsholik o`rniga Rimning Osiyo provinsiyasi tashkil etildi. Pergam Ellin dunyosining iqtisodiy jihatdan rivojlangan markazlaridan biri edi. Qulay iqlim va tabiiy sharoit qishloq xo`jaligini uzluksiz rivojlanishiga imkoniyat yaratdi. Pergam O`rtayer dengizi hududi aholisi uchun qishloq xo`jaligi mahsulotlari yetkazib beradigan markazlardan biriga aylandi. Qul mehnatidan unumli foydalanildi. Pergam shaharlari dengiz savdosi yo`llarida turganligi uchun mamlakatning boy xomashyolari (metall, yog`och, smola, teri, jun), Pergam hunarmandchilik mahsulotlari, jumladan, pergament qog`ozi butun O`rtayer dengizi ehtiyojlarini qondirdi. Attalidlar sulolasi podsholari savdo-hunarmandchilikka homiylik qildilar. Yunon tipidagi yangi shaharlarga asos soldilar. Bu shaharlar eski shaharlar bilan bir qatorda tezda iqtisodiyot va madaniyat o`choqlariga aylandi. Attalidlar fan, adabiyot va san’atga faol homiylik ko`rsatdilar. Podsholik poytaxtida galatlar ustidan g`alaba sharafiga ulkan Zevs ibodatxonasi qurildi. EvmenII mashhur Pergam kutubxona binosini barpo qildi. Bu kutubxona antik mualliflar asarlari to`plami hamda filologiya maktabiga ega bo`lib, mashhur Iskandariya kutubxonasi bilan raqobat qildi. Download 1.44 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling