Chirchiq – 2019 O‘quv fani o‘qitilishi bo‘yicha uslubiy ko‘rsatmalar
Download 1.44 Mb.
|
maruzalar-matni
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1. Din va falsafa.
Ellin madaniyati. Ellin davrining eng muhim merosi madaniyat bo`lib, bu madaniyat ellin dunyosining barcha hududlariga keng tarqalib, qadimda boshqa xalqlar, Rim madaniyati rivojlanishiga hamda o`rta asrlar manadiyatiga ulkan ta`sir ko`satdi. Ellin madaniyati bir xil bo`lmay, har bir hududda mahalliy barqaror madaniyat an`analari va boshqa madaniyatlar unsurlarining o`zaro qo`shilishi natijasida shakllandi. Ellin dunyosining ma’naviy shakllanishida Александр davlatиning ulkan hududlari, cheklanmagan podsho hokimiyatiningmavjudligi, shaharlarning amaldagi mustaqilligining yo`qolishi o`z ta’sirini o`tkazdi.
Bu davrda fan va texnika notekis rivojlandi. Davlat hokimiyati manfaatdor bo`lgan harbiy ish, kemasozlik, shaharlarni qamal qilish texnikasi va qurilish sohalarida eng katta yutuqlarga erishildi. 1. Din va falsafa. Ellinizm davrida yunon dunyosi Sharq diniy tasavvurlarini qabul qila boshladi. Misrda Kichik Osiyo xudosi Serapisga sig`inish avj oldi. Misr ma`budasi Isidani yunonlar Demetra sifatida qabul qildilar. Pergamda Frigiya ma’budasi (Kibela-yerning onasi) bosh ma`buda sifatida qabul qilina boshlandi. Ellinlashgan Sharq ilohlarining barchasi mistik va ekstatik edi. Ellin davlatlarida turli xudolar, turli xalqlarning diniy e’tiqodlari keng tarqaldi. Diniy tolerantlik shakllandi. Joylarda dinning universalligini namoyish qilishga intilib, barcha xudolarga atab ibodatxona-Panteon qurila boshlandi. Ana shunday PanteonIskandariyada qurildi. Yunonistonda yahudiy dini tarqala boshladi. Yunonlar bu monoteistik dinga ishonib, uni qabul qildilar. Yahudiy diniga yangi qabul qilinganlar “prozelitlar” deb ataldi. Turli hududlarda turli xudolarga e`tiqod qilish saqlanib qolsada, ayrim xudolarga e`tiqod qilish keng tarqaldi. Zevs, Dionis, Osiris hamda Kichik osiyo ma`budlari Sabaziy va Adonisga, ayol ma`budalardan Misr Isidasiga sig`inish keng yoyildi. Sharqda shakllangan sinkretik e`tiqodlar Kichik Osiyo, Yunoniston va Makedoniya, keyin esa, G`arbiy O`rtayer dengiziga kirib bordi. Ellin madaniyatining tarqalishidagi eng muhim omil an`anaviy va yangi paydo bo`lgan ko`plab bayramlar bo`ldi. Xudolar sharafiga o`tkaziladigan bayramlar bir qatorda homiy podsholar sharafiga diniy markazlar va poytaxtlarda o`tkaziladigan maxsus bayramlar paydo bo`ldi. Misol uchun, ana shunday bayramlardan biri er. avv. 165-yil poytaxt Antioxiya yaqinida Antiox IV tomonidan o`tkazilgan bayramni ko`rsatish mumkin. Bu bayramning ochilishida 50 mingga yaqin piyoda va otliq askarlar, jang aravalari va fillar, oltin gulchambar kiygan 800 o`smir va oltin va kumush billan bezalgan taxtiravonlarda o`tirgan 580 ayollar; xudolar va qahramonlarning son-sanoqsiz boy bezalgan haykallari miqdori; yuzlab qullar oltin va kumush buyumlar, fil suyagini olib borar edilar. Manbada 300 qurbonlik dasturxonlari va minglab boqilgan buqalar ko`rsatiladi. Bayram 30 kun davom etib, bayram davomida turli xil gimnastika o`yinlari, bellashuvlar, teatr tomoshalari, ming-bir yarim ming kishiga mo`ljallangan bazmlar, ov uyushtiriladi. Ptolemeylar Misrida qadimgi fir`avnlar davrida bo`lganidek, podsho hokimiyatining mavqei kuchayib ketdi va elin sharqidagi boshqa mamlakatlardagi kabi Misrda podsholarga sig`inish yana avj oldi. Ptolemey II Filadelf o`zi va o`z singlisi Arsinoyaga sig`inishga farmon berib, o`zi va singlisi sharafiga ibodatxonalar qurdirdi. Shuningdek, Misrda Ptolemey III va uning xotini Berenikaga sig`inish keng yoyildi. O`sha davr falsafasida inson shaxsini o`rganish muammosi birinchi o`ringa chiqa boshladi. Er. avv. V-IV asrlarda ikki falsafiy maktab: yangi stoik va epikur maktablari vujudga keldi. Ular inson, shaxs nima, baxt nima degan savollar ustida bosh qotira boshladilar. Afinada stoiklar maktabiga er. avv. 302-yil kelib chiqishi Kipr orolidan bo`lgan faylasuf Zenon (er. avv. 336-264-yillar) asos soldi. Bu maktabga ellin davrining ko`pgina taniqli faylasuflari va olimlari kirgan edi. Stoiklar Afinaning eng gavjum joyi bo`lmish agorada, naqshin peshayvon “stoya” ostida vaz aytib, o`z tinglovchilariga ta’lim berar edilar (Bu maktabning nomi ham shu so`zdan kelib chiqqan). Stoizm yunonva Sharq nazariyalarining sintezi edi. U keng tarqalgan va shu bilan birga, uzoq yashagan ellin falsafiy maktabi edi. Stoiklar hamma narsani, shu jumladan, fikr, so`z, olov va shu kabilarni ham jism deb atar edilar. Butun olamni stoiklar rivojlanib turadigan olov deb hisoblashar edi. Stoiklar barcha odamlar teng degan g`oyani ilgari surdilar. Ular insonlar tabiat bilan uyg`un holda yashab, baxt va ilohiylik topadi degan fikrni shakllantirdilar. Er. avv. IV asrda Afinada Epikur falsafa maktabi shakllandi. Faylasuf Epikurning bog`ida uning do`stlari va shogirdlari to`planib, falsafiy suhbatlar qurdilar. Bozorlar, maydonlar, odamlar ko`p bo`lgan joylarda o`z ta’limotlarini targ`ib qilgan stoiklardan farq qilgan holda Epikur tinch va sokin joyda tafakkur qilishni yo`lga qo`ydi. Epikurchilar “Baxtning mohiyati-azobning yo`qligidir”, “Kimda kam ehtiyoj bo`lsa, u kishida ko`p farog`at bo`ladi” tushunchalarni ilgari surdilar. Er. avv. III asrda yana bir falsafiy maktab-skeptiklar maktabi shakllandi. Bu maktabga Arastuning kichik zamondoshi Pirron asos soldi. Skeptiklar atrof dunyoni bilib bo`lmaydi, uning tabiati to`g`risidagi barcha nazariyalar xayol deb hisobladilar. Shuning uchun ular fizika bilan shug`ullanmadilar. Dunyoning bilish nazariyalarini yaratmadilar. Lekin boshqa maktablar yaratgan nazariyalar tanqidiga e’tibor berdilar. Ular: “Barcha narsalarni hech qachon bilib bo`lmaydi, ular haqida na haqiqatni, na yolg`onni aytishlarimumkin emas” deb hisobladilar. Skeptiklar falsafiy oqimi tibbiyotga ta’sir qildi. Tabiblar kasalliklarning sabablarini bilishlari mumkin emas, faqat bemor kasalligini kuzatish kerak, kasallikni kasalda dorilarni sinash bilan davolash zarur degan tushunchani ilgari surdilar. Er. avv. IV asrda falsafada yana bir maktab-kiniklar paydo bo`ldi. Bu maktab asoschisi Antisfen bo`lib, Diogen uning mashhur o`quvchisi edi. Kiniklar tabiatga qaytish qulayliklaridan voz kechishni talab qildilar. Insonning qonun-qoidalari tabiatga qarama-qarshidir deb, davlatni tan olmadilar. Ular ko`chlar, maydonlar va portlarda olomon oldida so`zga chiqib, mavjud tartib-qoidalarning noto`g`riligini asosladilar. Kambag`allikni nafaqat so`zda, balki o`z turmush tarzlari bilan targ`ib qildilar. Download 1.44 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling