Chirchiq – 2019 O‘quv fani o‘qitilishi bo‘yicha uslubiy ko‘rsatmalar
Download 1.44 Mb.
|
maruzalar-matni
3. Adabiyot va san’at. Bu davrda Sharq va yunon ma’daniyatining o`zaro ta’sirida Bobil va Misrda tarixshunoslikning rivoji ko`zga tashlanadi. Er. avv. III asrning I yarmida bobillik kohin Beroesning “Xaldeya tarixi” va misrlik kohin Manefonning “Misr tarixi” nomli asarlari yaratildi. Har ikkala asar ham yunon tilida bo`lsa-da, mahalliy manbalar asosida yozilgan edi. Afsuski, ikkala asardan ham bizgacha faqat ayrim parchalar yetib kelgan. Manefon asarida fir’avnlarning eng qadimgi zamonlardan to Iskandargacha bo`lgan podsho sulolalarining xronologik ro`yxati berilgan. Tarixchi Apollodor keyinchalik parfiyaliklar tarixini yozdi.
Ellin davri tarixiy va falsafiy to`plamlarida insonning jamiyatga, o`z davrining siyosiy-ijtimoiy muammolarga munosabati ochib beriladi. Tarixiy asarlarning syujetlari bo`lib yaqin o`tmish voqealari xizmat qildi. Ko`pincha tarixchilar o`z asarlarini bariiy adabiyot chegarasida shakllantirdilar: bayon qilish mohirona fojialashtirildi, kuchli hissiy tuyg`uga qaratilgan ritorik usullar ishlatildi. Ana shunday usulda Kallisfen (ere. avv. IV asr oxiri) va iskandariyalik Klitarx (er. avv. III asr o`rtalari) makedoniyalik Iskandar tarixini, Timey (er. avv. III asr o`rtalari) Yunoniston tarixini er. avv. 280-yildan-219-yilgacha, Kleomen islohotlari tarafdori Filarx (er. avv. III asr oxiri) ana shunday usulda bayon qildilar. Bu usuldan farq qilgan holda boshqa tarixchilardan Ptolemey I (er. avv. 301-yildan keyin) tomonidan yozilgan Iskandar yurishlari tarixi, kardiylik Gieronim (er. avv. III asr o`rtalari) diadoxlar urushlari davri tarixini faqat quruq dalillarni qat`iy bayon qilish usulini qo`lladilar. Ellin davrida fan sifatida adabiyotshunoslik kurtaklaridan filologik tanqid Gomerdan boshlab klassik mualliflar asarlarini asl nusxalarini qayta tiklash va sharhlash shaklida yuzaga keladi. Filologlar mantiqiy asosda yunon grammatika tizimini ishlab chiqdilar. Iskandariya Museyoniyunon adabiyotining muhim markazi bo`lib qoldi. Bu yerda va boshqa joylarda rivoj topgan adabiy oqim “Iskandariya adabiy oqimi” deb nom olgan. Bu ellinjamiyati yuqori tabaqasining kayfiyatini ifodalagan poeziya edi. Iskandariya shoirlarining boshlig`i Kallimax edi. U Museyon kutubxonasining mudiri va taxt vorisining tarbiyachisi edi. Kalllimax kutubxona katalogini tuzdi. Shu bilan birga, Kallimax mifologik, tarixiy va adabiy mavzularda yozilgan, hajmi jihatidan kichik-kichik she’rlar muallifidir. Kallimaxning kichik zamondoshi Feokrit Iskandariyadagi eng taniqli shoir edi. U kichik-kichik lirik-dramatik poema va g`oyalar muallifi bo`lib tarixga kirdi. Kallimax o`z asarlarida qishloq va shahar hayotining tinch manzaralarini ideallashtirgan, cho`ponlar hamda shaharlik erkak va ayollarning hissiy kechinmalarini madh etuvchi nozik lirikdir. Iskandariya poeziyasidan tashqari, ellin davrida yangi Attika komediyasi katta ahamiyat kasb etdi. Bu davrdagi Attika komediyaning asosiy vakili Menandr edi. Misrdan topilgan papirus o`ramlari tufayli uning komediyalari bizga ma’lum bo`ldi. Menandr komediyalari syujeti oilaviy, maishiy dramalardan iborat. Menandr komediyalari baxtiyorlik bilan tamomlanadi. Ellin davridatasviriy san’at ajoyib yutuqlarga erishdi. Bu davrda Sharq va yunon an’analari bilan qo`shilgan anchagina me`morchilik yodgorliklari bunyod etilgan. Hashamat va ulug`vorlikka intilish ularning ko`plari uchun xos bo`lgan xususiyatdir. Haykaltaroshlik san’ati bu davrda ancha ravnaq topgan edi. Ammo uning mazmuni klassik davr an’analaridan farq qildi. Ma’budalar va qahramonlarning ideallashtirilgan va umumlashtirilgan haykallari orqaga surilib, tabiiy tarzda gavdalantirilgan va tasvirlangan shaxsning individualligi yaqqol ko`rsatilgan portretlar oldingi qatorga chiqdi. Ellin davrning haykaltaroshlari yaratgan yakka va guruh tarzidagi haykallarda jismoniy va ruhiy azob, kurash, g`alaba, o`lim tasvirlab ko`rsatilar edi. Peyzajni mutaqil tasvirlab, unda yoki uning o`rtasida asosiy syujetni aks ettirish haykaltaroshlikda yangilik edi. Bu usul klassikada ma’lum emas edi. Shu bilan bir qatorda haykaltaroshlikda dabdabali yo`nalish mavjud bo`lib, u ellin hukmdorlarining haykallari soyasida namoyon bo`ldi. Ellin haykaltaroshligida er. avv. IV asrning mohir ustalariga borib taqaladigan bir necha yo`nalishni ko`rish mumkin. Afina va Iskandariyada Praksitelga borib taqaladigan san’at asarlarini tomosha qilish uchun kiruvchi o`ziga to`q kishilarning didiga mo`ljallangan san’at asarlarini ko`rishi mumkin edi. Download 1.44 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling